O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


ф 1 Abu N asr Forobiy. Risolalar (M as’ul muharrir M.M.Xayrullayev). Toshkent



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

ф
1 Abu N asr Forobiy. Risolalar (M as’ul muharrir M.M.Xayrullayev). Toshkent,
1975, 114—117-betlar.
2 Qarang: Abu N asr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent, 1993, 159—164-
betlar.
149


latni idora etishlari zarur, deydi. Shunday qilib, Forobiy ha- 
qiqatparvarlik, insonparvarlikka asoslangan erkin «ideal davlat»ning 
o ‘matilishini orzu qiladi, unga erishish manbai — ilm-fanda 
ekanligini ta ’kidlaydi.
0 ‘rta asr sharoitida insonning insoniy fazilatlari, xislatlarini 
aniqlashda3 Forobiy zamondosh olimlaridan ancha ilgarilab ket- 
gan edi. Forobiyning fikricha, insondagi insoniylikning holatini 
uning «kamolotiga sabab bo‘lgan, unga erishish uchun yordami 
tekkan barcha narsalarni» (obyektiv shart-sharoit va subyektiv 
omillar nazarda tutilayotir. — A.Ch.) tahlil qilishdan boshlashni 
taklif etdi.
Mashhur mutafakkir inson m a’naviy qiyofasini har to ­
monlama o‘rganmoq uchun unda mavjud bo'lgan jamiki yaxshi 
va yomon ijtimoiy fazilatlar, xislatlarni tahlil etdi. Inson ijti­
moiy qiyofasini ifodalovchi mezonlarni, uning yaxshi-yomon 
odatlari, qiliqlarini aniqlamasdan turib, shaxsda insoniylikning 
shakllanganligi darajasi, holatini bilish mumkin emasligini is- 
botlab berdi.
Insonning ma’naviy qiyofasi haqida fikr-mulohaza yuritgan 
Abu Nasr Forobiy, chinakam m a’naviy yetuk kishi qiyofasida 
bilim, axloqiylik bilan uyg‘unlashib bormog‘i zarur, deydi. 
Bilim, ilm hodisa va voqealarning mohiyatini, o ‘zgarib turi- 
shining ichki sabablarini bilish uchun real imkoniyat yaratsa, 
axloqiylik insonni yaxshilikka, ezgulikka, yaxshilarning yaxshi 
fazilatlarini, xislatlarini o'rganishga da’vat etadi. Ma’naviy yetuklik 
— bu amaliy donishmandlikdir. Insonni insoniylik xususiyat- 
larini, xislatlarini bilish va ularga erishishning amaliy vosita- 
larini anglashdir.
Forobiyning ta’kidlashicha, inson ma’naviy qiyofasida xuddi 
uning vujudiga o‘xshash sog'lik va xastalik mavjud bo‘ladi. In­
sondagi m a’naviy sog‘lomlik, uning ichki dunyosidagi turli

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin