ni, Ka’baga hurmatsizlik qilgani, qarmatiylarni qo‘llab-quwat-
lab, uni buzib tashlashga da’vat etgani, Arab xalifaligiga qarshi
bo‘lgan zanjilar qo‘zg‘aloniga yordam ko'rsatgani, haj ziyorati
o‘rniga dil Ka’basini ziyorat qilishning o‘zi kifoya, degani uchun
musulmon qozilarining fatvosi bilan Hallojning qo‘llari, bo'yni
chopib tashlandi. Tanasi to ‘rt nimta qilinib, qora moy sepib,
yoqib yuborildi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, uning qarash
larini iste’dodli shogirdi Abubakr Shibliy (859-964-y.) yanada
rivojlantirdi. 0 ‘z navbatida, Mansur Halloj asos solgan erkin
fikr yuritish madaniyati o‘rta asr musulmon faylasuflarining
inson to ‘g‘risidagi qarashlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Erkin fikr yuritish, ya’ni xurfikrlilik g‘oyalaridan ilhomlan-
gan o‘rta asr musulmon faylasuflari: Abu Nasr Forobiy, Ab-
dullo Rudakiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ibn
Rushd inson borlig‘i, xususan, uning tanasi bilan joni, jismi
bilan uning insoniyligi, insoniyligi bilan u yashayotgan jam i
yat o‘rtasidagi o ‘zaro aloqadorlik, insonning insoniyligini
namoyon qiluvchi fazilatlar, xislatlar va ularning shakllanish
jarayoni muammolarini nazariy jihatdan yechib berishga ha-
rakat qildilar.
Jon va tananing o‘zaro aloqadorligi muammolari haqida fikr
yuritgan Abu Nasr Forobiy1 qadimgi yunon faylasufi Platon-
ning jonning ko‘chib yurishi haqidagi ta’limotiga qarshi chiqdi.
0 ‘zining «Masalalaming mohiyati» («Uyunul masail») risolasida
jon tanadan oldin mavjud bo‘lmasligi, bir tanadan boshqa tanaga
ko‘chib o‘ta olmasligi haqidagi g‘oyani olg‘a surdi.
Abu Nasr Forobiyning fikriga asosan, odamlarning tanasi
paydo bo‘lishi bilan uni «oziqlantiruvchi quwat» vujudga keladi.
0 ‘sha quwat yordamida inson tanasi hamisha oziqlanib turadi va
shu jarayonda insonda sezgi organlari paydo bo'ladi. Sezgi or-
ganlari tufayli insonda his, tasawur, xotira birlashib, xayol hosil
Dostları ilə paylaş: