qobiliyati yotmog‘i darkor. Xuddi o‘sha oraliq yo‘l, turli muno-
zaralarda, bahslarda (masalan: vahiy va aql, Olloh va inson,
Olloh va olam va hokazo) qandaydir bir mantiqiy mutanosiblik
bo‘lishini taqozo etadi.
Mantiqiy mutanosiblik usulini musulmon falsafasida dastlab
hanafiylar tatbiq etgan edilar. Hanafi’ya sunniylikning yirik oqim-
laridan biriga aylangach, ushbu usulni nafaqat Xudoning, balki
insonning xulq-atvorini o ‘rganish jarayoniga ham tatbiq etdi.
Ushbu usulni fikrlash madaniyatining o‘ziga xos xususiyati
darajasiga ko‘tardi. Shuningdek, al-Moturidiyning fikriga ko‘ra,
mantiqiy mutanosiblik bilish jarayonida hissiy idrok, naql va aql
usullarining birining ikkinchisi bilan tengligini, o‘zaro aloqa-
dorligini ifodalaydi.
Al-Moturidiy olamning yaxlit, bir butunligini tavsiflashda
olamdagi har bir jism nisbiy mustaqil ekanligi, o‘sha jismlar-
ning o'ziga xos xususiyatlari borligini isbotlashga urindi. Olam
ning yaratuvchisi bilan u yaratgan mavjudot o'rtasidagi o‘zaro
aloqadorlikni aniqlab berish maqsadida, inson xatti-harakatining
ikki xil andozasini ishlab chiqdi. Samarqandlik allomaning fikriga
muvoflq, Xudo borlig‘ining eng muhim xususiyati shundaki,
birinchidan, u mustaqil va hech kimga tobe emas, ikkinchidan,
mu’taziliylar aytganidek, uni aql bilan anglab olsa bo‘ladi'.
Shunday qilib, al-Moturidiy musulmonlarning muqaddas ki
tobi Qur’oni Karim g'oyalarining kishilar e’tiqodiga aylanishida
fikrlash madaniyatining mantiqiy mutanosiblik usulining ahami-
yatini aniqlab berdi. Ilohiy g‘oyalarning inson e’tiqodiga aylan-
ish jarayonini aql chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qildi. Xuddi
shuning uchun ham moturidiya Kalomning (Qur’oni Karim-
ning) mazmun mohiyatini yanada chuqurroq bilishga xizmat
qiladi. U musulmon e’tiqodining mag‘zini tashkil etgan, sun
niylikning asosi bo‘lgan hanafi’ya ta’limotining rivojlanish bos-
qichlarini aniqroq tushunib olishga ko‘mak beradi.
Moturidiya ta ’limotini yanada rivojlantirishda Abu al-Mu’yin
an-Nasafiy, Ahmad as-Samarqandiy, Abu al-Hasan al-Poz-
Dostları ilə paylaş: