M u’taziliylar Q ur’oni K arim ning azaldan mavjudligi
to‘g‘risidagi flkr-mulohazalami ham rad etdilar,
uni Olloh ijodi-
ning natijasi, deb e’lon qildilar. Inson o'zining faolligi bilan
Qur’oni Karimda bayon qilingan fikr-mulohazalardan o'zib ketishi
ham mumkin, degan g‘oyani o‘rtaga tashladilar1.
Islom asoschisi
Muhammad payg‘ambaiga so‘zsiz itoat qilish g'oyasiga ham qarshi
chiqdilar2.
Shu kabi fikr-mulohazalar musulmon falsafasida hurfikrli-
lik tendensiyalarining vujudga kelishi va rivojlanishiga turtki
bo‘ldi.
Boshqacha qilib aytganimizda, mu’taziliylik ta ’limoti
musulmon hurfikrliligining g'oyaviy-nazariy asosi vazifasini
bajardi.
Ocrta asrlar musulmon falsafasi, odamlarni erkin fikrlashga
da’vat etganligi bilan qadimgi Eron
va Turon falsafasidan farq
qilar edi. Musulmon falsafasida erkin fikr yuritish g'oyalarini
rivojlantirishda o‘rta asrning yirik faylasuflaridan biri Mansur
Hallojning (857-922-y.)3 xizmatlari katta bo'ldi. Insonning erkin
fikrlashi to ‘g‘risidagi Mansur Halloj qarashlarining shakllanishi-
da
nafaqat neoplatonizm, balki monixeizm, buddizm, hinduizm
kabi Yevropa va Osiyoda o‘sha kezlari keng tarqalgan diniy-
falsafiy ta ’limotlarining ta ’siri katta bo‘ldi. Uning ta’limotiga
muvofiq,
mustaqil, erkin fikr yuritish qobiliyatiga ega bo'lgan
inson komillik, oriflik da’vosini qilishi mumkin. Mustaqil fikr
lash madaniyatiga ega bo'lgan barkamol inson bo'lishni orzu
qilgan kishi, Xudo vasliga yetishi uchun bu dunyoning lazzat-
laridan voz kechib, o‘z borlig'ini unutib, o'zini
Xudo ixtiyoriga
topshirmog'i lozim. Inson sof e’tiqodi, chin yurakdan samimiy
ishonchi tufayli mustaqil fikr yurita oladigan orifiy kamolotga
Dostları ilə paylaş: