daviy, Abu Hafs Umar an-Nasafly, Umar at-Taftazoniylar
salmoqli hissa qo‘shdilar.
Mutakallimlar o‘z ta’limotlarini shakllantirishda, nafaqat ka
lom ilmi, balki Yevropa mamlakatlarida VIII asrning oxiri IX
asrning boshlarida keng tarqalgan aristotelizm falsafasi yutuq-
laridan ham ustakorlik bilan foydalanganliklarini unutmaslik
darkor.
Yuqorida eslatib o'tganim izdek, sunniylik tarkibida VII
asrning oxiri V III asrning b o shlarida vujudga kelgan
ta ’limotlardan biri m u’taziliylik edi. M u’taziliylik tushuncha-
sining asosida «mu’tazila» so'zi yotadi. «Mu’tazila», Sharq-
ning buyuk musulmon allomalaridan biri Jaloliddin Rumiy
yozganidek, arabcha so‘z bo'lib, «bir tom onini tutgan»,
degan m a’noni bildiradi1.
M u’taziliylik ta’limotining shakllanishiga mashhur musulmon
ilohiyotchi olimi Hasan Basriy (642—728-y.) asos solgan. H a
san Basriy ushbu ta ’limotni yaratishda musulmonlarning urf-
odatlari, rasm-rusumlariga tayanadi. Qur’oni Karim qoidalari,
Hadisi Sharif talablarini fuqarolar turmush tarziga singdirish
muammolarini tahlil qilganda aql-idrok, mantiq imkoniyatlari-
dan kengroq foydalanadi. Hasan Basriy asos solgan mu’taziliylik
rivojida uning izdoshlari Vosil ibn Ato (699—748) va Amir ibn
Ubayd (vafoti 761-y.)larning hissasi sezilarli bo‘ldi2.
M u’taziliylik Qur’on qoidalarining abadiyligini rad qiladi. In
son aqlini, uning olamni o‘zgartirish borasidagi faoliyatini yuqori
baholaydi. Insoning Xudoga butunlay bog'liqligi to ‘g‘risidagi
ta ’limotga qarshi borib, inson o‘z faoliyatida erkin bo‘lmog‘i
lozim, degan g‘oyani olg‘a suradi. Inson faoliyati peshanasiga
yozilgan taqdir bilan bog‘liqligi haqidagi aqidani rad etadi.
Mu’taziliylar Xudo insonga o‘xshash, deb tushuntiradilar.
Lekin unda insonga xos barcha xususiyatlar, xislatlar, fazilatlar
mavjudligi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarni inkor etdilar. Xudoni
sof, jismsiz, ko‘rinmas ruh, deb e ’lon qildilar. Shu g‘oya
Xudoning obro'-e’tiboriga putur yetkazdi, mavhumlashtirishga
olib keldi.
Dostları ilə paylaş: