ulug‘langanligi uchun ham ismoilizm erkin fikrlovchi ziyolilar
orasida keng tarqaldi.
IX
asr oxirida ismoilizm tarkibida qarmatlik ta’limoti paydo
bo'ldi. Qarmatlikning asosida fuqarolami
barcha zulmlardan ozod
etuvchi «Yashirm imom» g‘oyasi yotar edi. Ular islom dini va
shariati qonunlari, qoidalarini bajarishni istamadilar. Fuqaro-
larning tengligi va ijtimoiy adolat g‘oyalarini
har tomonlama
qo‘llab-quwatladi lar1.
Shiizm tarkibida VII—IX asrlarda shakllangan: xorijizm, is
moilizm, qarmatlik ta’limotlarida shubhasiz islomgacha bo‘lgan
zardushtiylik, moniylik, mazdakizm ta’limotlarining ham ta’siri
bor edi. Bu ta’limotlarda zulm va tengsizlikka qarshi kurash,
umuminsoniy axloq, ijtimoiy adolat
normalari va prinsiplariga
asoslangan farovon turmush to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarda umu-
miylik, o‘xshashlik ham mavjud edi.
M a’lumki, sunniylik VIII asrning ikkinchi yarmida Arabis-
tonda vujudga kelgan edi. VIII asrga kelib arab xalifaligi Sharq-
dagi kuchli rivojlangan imperiyaga
aylanishi bilan sunniylikka
e’tiqod qiluvchi kishilar soni uzluksiz ortib bordi. Sunniylikning
g'oyaviy ta ’sir doirasini kengayib borishi bilan uning tarkibida
to‘rtta asosiy maktab (mazhab): hanafi’ya, hanbali’ya, shofi’ya,
maliki’ya vujudga keldi. 0 ‘sha to ‘rt asosiy maktab namoyandalari
orasida sunniylikning g‘oyaviy-nazariy asoslari hisoblangan Qur’oni
Karim
qoidalari, Hadisu Sharif talablarini amaliyotga tatbiq etish
borasida erkin fikrlash masalalari yuzasidan bahs va munozaralai
avj olib ketdi. Chunonehi, ibn-Hanbal asos solgan hanbali’ya
maktabi tarafdorlari Qur’oni
Karim qoidalari, Hadisi Sharif
talablari, shariat norirtalarini har bir musulmon bandasi so'zsiz
bajarishi zarur. Ushbu masalalar yuzasidan erkin fikr yuritishni
qoraladilar.
Malik ibn-Onas Abu-Abdulloh (721—795-y.) asos solgan
maliki’ya maktabining tinglovchilari Qur’onh Karim qoidalari,
Hadisi Sharif talablarini
ratsionalistik asosda, ya’ni aql im-
Dostları ilə paylaş: