O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent, 1994, 24-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent, 1994, 24-bet.
2 0 ‘sha asar, 25-bet.
’ 0 ‘sha asar, 29-bet.
168


yaxshilik qilib turmoqlari darkor. «Yaxshilik qilishni tark qilma va 
hamma vaqt xaloyiqqa yaxshilik qil, yaxshilikka teskari ish qil­
ma... Lekin Kaykovusning fikriga ko‘ra, yaxshilikni ham bilib 
qilmoqlik zarur, uning me’yori, chegarasini bilish darkor. Yax­
shilikni qadriga yetgan kishiga qilish lozim. Xuddi shuning uchun 
ham muallif, yaxshilikning qadriga yetmagan kishini tuzi yuzaga 
qalqib chiqqan sho‘r yer parchasiga o‘xshatadi.
«Qobusnoma»da aytilishicha, insonning insoniy xususiyatlari- 
dan biri — hamma ishda adolatli bo‘lishdir. «Hamma ishda adolatli 
bo‘l. Har kishi adolatli bo‘lsa, unga qozining keragi yo‘q»2. 
Adolatdan yiroq insonda na himmat va na saxovat belgilari 
bo‘lmaydi. Adolatni o‘zining insoniy burchiga aylantirgan kishi 
bag‘ri keng, nazar-u himmati baland, jamiyatda o‘rnatilgan tar- 
tib-intizomga rioya qiladi.
Kaykovusning fikriga ko‘ra, insonning axloqiy yetukligini ifo­
dalovchi muhim ko'rsatkichlardan biri imonlilikdir. Imonlilik, 
eng avvalo, uyatchanlikda yaqqol namoyon bo‘ladi. Uyatchan- 
lik, o‘z navbatida, sharm-hayo bilan bog‘liq bo‘ladi. Kaykovus 
ta’kidlaganidek, sharm-hayoning chegarasi bor. Inson «qayerda 
sharm-hayo qilishni, qayerda sharm-hayo qilmaslikni bilishi lozim. 
Qaysi biri yaxshi bo‘lsa shuni qilishi zarur»3. Agar sharm-hayo- 
dan ustakorlik bilan foydalanishni bilmasa, unda u, shubhasiz, 
insonga zarar yetkazadi. Chunki ayrim hollarda besharmlik bilan 
maqsad hosil bo‘ladi4.
Kaykovusning ta’kidlashicha, insonning axloqiy tubanlashu- 
vining muhim alomatlaridan biri — qing‘irlik, yolg‘onchilikdir. 
Xuddi shuning uchun ham, qing‘irlik, yolg‘onchilikni o‘ziga 
odat qilib olgan kishining oldiga bormaslik, uning suhbatida 
bo‘lmaslikni maslahat beradi. Chunki qing‘ir, yolg‘onchi odam 
hech qachon rost so‘zlamaydi. Bunday odamni faqat zo‘rlik 
bilan yo‘qotmoq zarur. «Nedinkim bir daraxt egri bo‘lsa, to 
uni chopib yo‘nmaguncha u to ‘g‘ri bo‘lmas»5, deb yozadi, 
«Qobusnoma» muallifi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin