Bunday yangi odamlar eski jamiyatning barcha illatlaridan xoli
bo‘ladilar.1
Kampanella bunyod etmoqchi bo‘lgan jamiyatda yoshlar tar-
biyasiga katta e’tibor beriladi. Chunonchi, bolalarni o‘qitish va
tarbiyalash ishlariga g‘amxo‘rlikni jamiyat o‘z zimmasiga oladi.
Mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi. Bolalar foydali
mehnatda uzluksiz ishtirok etadilar. Har qanday og‘ir mehnat
bolalar uchun kamsitish yoki haqorat hisoblanmaydi. Jamiyat
bolalarning jismoniy tarbiyasiga, ayniqsa, talantli, iste’dodli bola
larni o‘qitishga alohida e’tibor beradi. Quyosh shahrida ta’lim va
tarbiya jarayonini tashkil etish ixtiyoriylikka asoslaniladi va sayo-
hatga chiqish, turli o‘yinlarni uyushtirish, jismoniy mashqlarni
bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Fan, madaniyat ishlari bilan
shug‘ullanish har tomonlama qo‘llab-quwatlanadi. Bir ibora bi
lan aytganda, Kampanella orzu qilgan jamiyatda shakllangan
yangi kishi har tomonlama rivojlangan bo‘ladi.
Shunday qilib, Yevropa Renessans davrining mashhur gu-
manisti Tommazo Kampanella qarashlarida jamiyatda oddiy fu-
qaroning erkin, farovon bo‘lishi, har bir jamiyat a’zosining
baxt-saodatga erishishi yo‘llari haqida ajoyib g‘oyalar olg‘a surilgan
edi. U o‘z zamonasining ijtimoiy munosabatlarida mavjud bo‘lgan
turli ziddiyatlami bartaraf etish uchun fuqarolar tarbiyasiga
e’tibor berish lozimligini alohida ta’kidladi.
Xullas, Yevropa Renessans davri gumanistik falsafasi, inson
faoliyat ko‘rsatayotgan g‘ayriinsoniy ijtimoiy muhitga xayoliy
(utopik) bo‘lsada, o‘z noroziligini bildirdi. 0 ‘z navbatida, in-
sonning insonga zulmini, insonning inson tomonidan eksplu-
atatsiya qilinishini tugatish zarur ekanligini kun tartibiga qo‘ydi.
Har bir kishi va barcha jamiyat a’zolarining erkin, har tom on
lama rivojlanishini ta’minlovchi yangi jamiyatning ideal modeli
haqidagi fikr-mulohazalami yanada rivojlantirdi. Jamiyatni boshqa-
rish san’atini takom illashtirish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi.
Boshqarish mexanizmini qo‘lida ushlab turgan hukmdorlarning
m a’naviy-axloqiy qiyofasiga dastlabki chizgilar chizildi.
Dostları ilə paylaş: