N.Makiavelli kabi Jan Boden ham davlat absolutizmi taraf-
dori edi. Xuddi shuning uchun davlat
manfaatini din manfaati-
dan ustun qo‘yar edi. Chunki davlatning kelib chiqishi Xudo-
dan emas. Shu bois din siyosatdan xalos bo‘lishi, davlat ish-
lariga aralashmasligi zarur, degan g‘oyani olg‘a suradi.
Har
qanday jamiyatda ham, turli tabaqalar, turli ijtimoiy
guruhlar orasida vujudga kelgan mojarolar,
dilsiyohliklar zami-
nida manfaat yotadi. Manfaatlar haqida fikr-mulohaza yuritgan
Boden manfaatlar ichida eng asosiysi — mulk bilan bog'liq
munosabatlardir, deb ta’kidlaydi. Uning tushuntirishicha, mulk
bilan bog‘liq munosabatlar,
eng avvalo, jamiyatning asosi
hisoblangan oilada mujassamlashadi. Xuddi shuning uchun ham
oila davlat siyosatining asosi bo‘lmog‘i zarur. Bu o‘rinda J.Boden
Aristotelning «Siyosat» asarida ilgari surilgan g'oyalami yanada
rivojlantiradi. Davlat oila manfaatlarini
himoya qilganidagina ijti-
moiy-siyosiy tuzum barqarorligi ta’minlanadi. Buning uchun esa
davlat o‘z navbatida xususiy mulkchilikni muhofaza etmog'i darkor.
Oila va xususiy mulkchilikni himoya qilmoq uchun davlatni
merosxo'r Monarx boshqarishi kerak. Lekin uning huquqlari
cheklangan bo‘lishi shart.
N.Makiavelli o‘z davrida ItaUyada sodir
etilayotgan turli bosh-
boshdoqliklarga barham berish uchun hokimiyatni yagona Mo
narx qo'lida jamlashni, J.Boden esa Monarx qo'lida jamlangan
hokimiyatni xalq tomonidan nazorat qilishni muhokama etgan
bo‘lsa, Gollandiyaning
yetuk siyosatshunosi, gumanisti va hu
quq nazariyotchisi Gugo Grotsiy1 allaqachonlar shakllanib bo‘lgan
respublikaning ijtimoiy-siyosiy muammolari xususida bosh qoti-
radi. Ko‘rinib turibdiki, Yevropa siyosiy tafakkuri obyektiv zaru-
riyat in’ikosi o'laroq «anarxiya-monarxiya-respublika» mantig'i
asosida shakllana boradi.
Inson, G.Grotsiyning
fikriga muvofiq, hayvondan o‘zining
tinchlikka, osoyishtalikka, o‘zaro muomalaga bo‘lgan ehtiyoji
Dostları ilə paylaş: