O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

siyosat yuritishi
kerak. Masalan, merosxo'r hukmdor tomonidan boshqarilgan 
mamlakatni zabt etganidan so‘ng unda ajdodlar tomonidan joriy 
etilgan an’analarni buzmaslik va asta-sekinlik bilan bu an’analarni
99


yangi vaziyatga moslashtirib borish maqsadga muvofiq. Aralash 
davlat taxtini saqlab qolish uchun esa ikki xil ehtiyotkorlik 
chorasini ko‘rib qo'ygan afzal: birinchidan, awalgi hukmdor- 
ning avlodini yo‘qotib yuborish payida bo‘lish, ikkinchidan, awalgi 
qonun va o‘lponlarni saqlab qolish — shunday qilinsa, egallab 
olingan yerlar tez orada bosqinchi vataniga qo'shilib ketadi.
N. Makiavelli barcha davlatlarning poydevorini yaxshi qonun- 
lar-u, yaxshi lashkar tashkil etadi, deb ta ’kidlaydi. Shu bois 
istiloga qadar o‘z qonunlariga ega bo'lgan shahar va davlatlarni 
boshqarish masalalariga alohida e’tibor beradi. Bunday davlatlar­
ni, mutafakkirning fikriga ko‘ra, uch yo‘l bilan bo‘ysundirish 
mumkin. Birinchisi — uni yakson qilib tashlash; ikkinchisi — 
unga ko‘chib o‘tish kerak; uchinchisi — shu mamlakat fuqaro- 
lariga o‘z qonunlari asosida yashashga ruxsat berib, ularga soliq 
solish, boshqaruvni esa mamlakat tinchligiga kafil bo‘la oladigan 
shaxslarning kichik bir guruhiga topshirish darkor.
Mutafakkir g‘ayrat-shijoat va shaxsiy jasorat bilan qo‘lga ki- 
ritilgan mamlakatlarni saqlab qolish uchun hukmdor bundan 
keyin ham o ‘z jasoratiga tayanishi zarurligini, o‘zgalar quroli 
bilan qo‘lga kiritilgan mamlakatni tobelikda tutish uchun esa 
kuch va ayyorlik bilan ish olib borishi, xalq muhabbatini 
qozonishi, zarar yetkazishi mumkin bo'lgan shaxslarni chet- 
lashtirishi, do‘stlar orttirishi lozimligini uqtiradi.
Bir qarashda N .Makiavelli bir-biriga zid bo‘lgan mulohaza- 
lami bayon qilgandek tuyuladi. Aslida mutafakkirning asl maqsa- 
di, orzusi xalq turmushini farovonlashtiradigan qudratli markaz­
lashgan davlat barpo etishdan iborat ekanligini unutmasligimiz 
darkor. Shu boisdan u xalq davlat hokimiyatining yakka-yu 
yagona manbai ekanligini tan oladi. Uning manfaatlarini ifo- 
dalagan ulamolar bilan do‘stlashishni ma’qul topadi. Biroq 
respublika barpo qilish jarayonining ma’lum bir bosqichida ezgu 
maqsad yo‘lida ayrim g‘ayriaxloqiy tadbirlami amalga oshirish 
«ilojsiz chora» ekanligini ta’kidlaydi.
N .Makiavelli g'ayriaxloqiy tadbirlarning ham cheki-chega- 
rasi, me’yori borligini ko‘rsatib o‘tadi. Muallif yovuzlik bilan 
qo‘lga kiritilgan taxtni saqlab qolish amrimahol ekanligini yaxshi 
tushunadi. Shu boisdan u davlatni qo‘lga olgan kishi kim- 
gadir ozor yetkazmoqchi bo‘lsa, uni har kuni takrorlab yur- 
masdan, bir yo‘la bir bora qilishi lozim, deya ta’kidlaydi.
100


Kimki soddadillik qilib, boshqacha ish tutsa, uning o‘z sham- 
shirini qiniga solishga hech qachon vaqti bo‘lmaydi va har 
kuni yangidan-yangi dilsiyohliklarga uchrayotgan fuqarolarning 
yordamiga ham umid bog‘lay olmaydi. Yaxshilikni esa, deydi 
mutafakkir, oz-ozdan, muntazam qilgan ma’qul, toki uning 
qadriga yetishsin.
N.Makiavelli har qanday davlatpanoh dasturilawalda xalqqa 
va faqat xalqqa tayanishi zarurligini qayta-qayta uqtiradi. Xalq 
maqsadi a’yonlarnikiga qaraganda insofli, adolatli bo‘ladi: 
a ’yonlarning istagi xalqqa zulm qilish, xalq esa zulm ko‘rishni 
istamaydi, deydi. Xalq qo'llagan davlatpanoh mushkul vaziyatda 
ham unga murojaat qila oladi, undan yordam kutishga haqli, 
aks holda vaqt-soati kelib, mushkul vaziyat tug‘ilganida xalq uni 
ag‘darib tashlaydi. Xalqi jabr ko‘rmagan hukmdor hamlaga 
duchor bo'lmaydi, xalqi yuz o'girgan hukmdor esa taxtda uzoq 
tura olmaydi.
Xalq ishonchini qozonish uchun davlatpanoh yaxshi masla- 
hatchilar tanlay bilishi shart. Donishmand shoh buyuk aql so- 
hiblarini o‘ziga maslahatchi qilib oladi, ularning fikriga quloq 
tutadi. Shuningdek, hukmdor har bir maslahatchisining masla- 
hatlariga alohida e’tibor bermog‘i lozim, aks holda o‘z sa’y- 
harakatlarining befoyda ekanligini ko'rgan maslahatchilar unga 
yordam qo'lini cho'zmay qo'yadilar. Yaxshi maslahatchilarga quloq 
tuta bilish hukmdor donishmandligining belgisidir. Chunki, 
N.Makiavelli fikricha, yaxshi maslahatlar bo‘lgani tufayli do­
nishmand shohlar vujudga kelmaydi, aksincha, donishmand 
shohlar bo‘lgani tufayli yaxshi maslahatlar vujudga keladi.
«Davlatpanoh» asaridan qoladigan asosiy taassurot shundan 
iboratki, Nikkolo Makiavelli Italiyaning asl farzandi, chin va- 
tanparvari edi. 0 ‘z yurtining tanazzulga uchraganidan, xalqning 
behad kulfatlaridan qattiq tashvishlangan mutafakkir yurt 
farovonligi va istiqlolini ta’minlash yo'llarini izlaydi. Uning 
fikricha, endi cherkov hokimiyatiga, katolitsizmga tayanib xalqni 
xalos qilib bo‘lmaydi. Cherkov noiblari behad ochko‘zliklari, 
manfaatparastliklari tufayli mamlakatni xarob qildilar. Cherkov 
tashkil etgan barcha siyosiy va ijtimoiy institutlar inqirozga yuz 
tutdi. Shu boisdan millat ravnaqini ta ’minlashning yagona yo‘li 
qudratli markazlashgan davlat barpo etishdir, deb hisoblaydi 
mutafakkir. Buning uchun esa zamonasi uchun xarakterli bo'lgan
101


barcha e’tiborli, hatto ayrim hollarda g‘ayriaxloqiy siyosiy prin- 
siplardan ham foydalanishni taklif etadi.
Renessans davri Yevropa madaniyati, xususan, ijtimoiy-fal- 
safiy fikrlar taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan allomalardan 
biri, yirik fransuz siyosiy arbobi, faylasuf va sotsiologi Jan 
Bodendir1.
Mashhur italyan faylasufi N. Makiavelli Italiyada respublika 
barpo etish uchun hokimiyatni yagona monarx qo‘lida mujas- 
samlashtirish zarur, degan xulosaga kelgan bo‘lsa, J.Boden yagona 
monarx qo'lida jamlangan hokimiyatdan jamiyat manfaatlari yo‘lida 
foydalanish muammolari haqida bosh qotirdi. Xuddi shuning 
uchun ham o ‘zining ijtimoiy faoliyatini doimo fan yutuqlari 
bilan qo‘shib olib bordi.
Jan Boden «Respublika haqida olti kitob» asarida monar- 
xiyadan qolgan merosni cheklash g‘oyasini bayon etadi. Chu­
nonchi, monarxiyani xalq yoki uning vakillari roziligini olmas- 
dan turib, fuqarolarga turli soliqlar solish kabi huquqlardan 
mahrum qiluvchi qonunlar yaratish zarur, deb hisoblaydi. 
Shuningdek, davlat mustaqillikka erishgach, uning suverenitetini 
bo‘lish mumkin emasligi g‘oyasiga asoslanib, Boden hokimi­
yatni taqsimlashga qarshi chiqadi. Monarxlarga hokimiyat Xudo 
tomonidan beriladi, degan aqidaga mutlaqo qarshi turadi. Xalq 
monarxlarni emas, balki har qanday zulmkorni o'ldirish hu- 
quqiga ega ekanligini tan oladi. Lekin monarx o‘z xatti-harakat- 
larida qonunga asoslansa, zolim esa o‘zboshimchalikka, qonun- 
sizlikka suyanadi. Bodenning tushuntirishicha, har qanday siyo­
siy to ‘ntarishning asosida tengsizlik yotadi.
Boden din va cherkov ulamolari tomonidan dahriylikda ayb- 
landi. Chunki u Cherberi tomonidan 1624-yilda yozilgan «Ha- 
qiqat to ‘g‘risida» nomli asarda bayon qilingan dinga, cherkovga 
qarshi g‘oyalarni har tomonlama ma’qullar edi. Dinning vujudga 
kelishi, uning tabiiy-ilmiy asoslari to‘g‘risidagi qarashlarini Boden 
o‘zining «Yetti kishi muloqoti» nomli asarida bayon qilgan.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin