lash madaniyatidan mutlaqo farq qilar edi.
Chunki Renessans
davri fikrlash madaniyati diniy urf odatlar, rasm-rusumlarga
zarba bera boshladi, ayrim hollarda unga qarshi chiqdi. 0 ‘z
navbatida, Renessans davri fikrlash madaniyati o‘rta asr fikr
lash madaniyatining natijasi va uning yakuni edi. Xuddi shuning
uchun ham Renessans davri Yevropa falsafasi o‘rta asr falsafa-
siga xos xususiyatlarning mavjudligi bilan qadimgi zamon fikr
lash madaniyatidan tubdan farq qiladi.
Renessans davri dunyoqarashining qadimgi zamon va o‘rta
asrlar davri dunyoqarashidan farq qiladigan eng muhim xususi-
yatlaridan yana biri uning san’atga asoslanganligidir. Agar o‘rta
asr fikrlash madaniyatining negizida din yotgan bo‘lsa, Renes
sans davri dunyoqarashining markazida
badiiy-estetik did
(yo‘nalish) ustunlik qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, agar
qadimgi zamon fikrlash madaniyati markazida tabiiy-kosmik
hayot, o‘rta asrda Xudo va u bilan bog‘liq bo‘lgan saqlab qolish
g‘oyasi turgan bo‘lsa, Renessans davri Yevropa fikrlash madani
yatining diqqat markazida inson turdi.
0 ‘rta asr sharoitida kishilar orasidagi o‘zaro munosabatlarda
ularning qaysi tabaqaga, qanday guruhga, qanday kasbga man-
subligi yoki din bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega edi.
Shuning uchun ham kishilar dunyoqarashida
guruh yoki tabaqa,
kasb-hunar yoki din nuqtayi nazari, ehtiyoji, manfaati hukmron
lik qilardi. Renessans davriga kelib, yevropalik har bir kishining
o‘zi mustaqil fikr-mulohaza yuritadigan bo‘ldi. Endi har bir kishi
nafaqat guruh yoki din nomidan, balki o‘zi
nomidan ham ga-
piradigan bo'ldi. Odamlarda yangicha fikr yuritish madaniyati shakl-
lana boshladi. Mustaqil fikr yuritishning vujudga kelishi ularning
ijtimoiy turmushdagi pozitsiyasini ham o‘zgartirib yubordi. Kishilar
faoliyatida asta-sekin o‘z kuch-quwati va qobiliyatiga ishonish,
mag'rurlik kabi xislatlar mustahkam o‘rin egallay boshladi.
0 ‘rta asflarda insonning shaxsiy talanti va qobiliyati, iste’dodi
va mehnatsevarligi tufayli bajarilgan ulkan ishlar, yaratilgan san’at
asarlari-yu, arxitektura yodgorliklarim
ham Xudoning nomiga,
uning karomatiga bog‘lab' qo‘yilgan bo‘lsa, Renessans davriga
kelib, insonning fnehnati 'tufayli yaratilgan mo‘jiza uning o‘ziga
qaytarildi. Xuddi shuning uchun ham Renessans davri jahon
sivilizatsiyasini o‘ziga xos talant, qobiliyat va iste’dodga ega bo'lgan
burch, individuallik bilan boyitdi.
69
Renessans davridagi inson ideali qomusiylik, har tomon-
lamalik bilan boyitildi. Endilikda dehqon uy qurar,
tegirmon
yuritar, kanal qazir, ko‘prik qurar, yer haydar, ekin ekar,
olingan hosilni o ‘zi qayta ishlar, zarur mehnat qurollarini ham
o‘zi yasar edi. O'zining kundalik turmushi uchun zarur bo‘lgan
barcha bilimlarni ham o‘zi sabr-toqat bilan o'rganardi. Xullas,
Renessans davridagi yevropalik inson o‘zining bunyodkorlik,
yaratuvchilik faoliyati bilan o‘rta
asr kishisidan tubdan farq
qilar edi. Bunday tendensiyani Renessans davrida ijod qilgan
xristian faylasuflaming asarlarida yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Renessans davrida Yevropada dastlabki gumanistik g‘oyalar
italiyalik faylasuflar Dante Aligeri (1265—1321 -yillar), Paduya-
lik Marsiliy (1278—1348-yillar), Franchesko Petrarka (1304—
1374-yillar), Jovanni Bokachcho (1313— 1375-yillar), Geor-
gios Gemistes (1360—1425-yillar), Marsilio Fichine (1422—
1495-yillar), Piko della Mirandola (1463—1495-yillar) asarla
rida bayon qilindi.
Renessans davridagi yevropalik inson qadimgi zamon va o‘rta
asrlar kishisidan o‘z faoliyatini hech qanday ta’qiqlarsiz baja-
rish imkoniga ega bo‘lganligi, o‘z turmush tarzini o‘zi belgilay
olishi, o‘ziga-o‘zi hukmronlik qilish imkoniga ega bo‘lganligi
bilan ajralib turadi1. Endilikda insonga o‘zini-o‘zi yaratish im-
koniyati hadya etildi. 0 ‘z navbatida, xuddi o‘sha o ‘zini-o‘zi
yaratish qobiliyatiga ega bo‘lganligi bilan inson boshqa tirik
mavjudotlardan tubdan farq qilishini ham zinhor unutmaslik
kerak. Insonda o‘zini-o‘zi yaratish qobiliyatining rivojlana borishi
o‘z navbatida uning tabiat ustidan hukmronligini ham mus-
tahkamlayverdi. Qadimgi zamonda yashagan inson tabiatni o‘z
xo‘jayini deb qaraydigan bo‘Isa, Renessans davriga kelib butun
tabiat ustidan uning o‘zi hukmronlik qiladiga'n bo‘ldi. Insonga
bunday imkoniyatni Xudoning o‘zi hadya qildi. Xudo tomoni
dan insonga berilgan o‘z taqdirini o‘zi
belgilash imkoniyatlari
o‘rta asrga kelib inson borlig‘ida mavjud bo‘lgan nodonliklar
tufayli asta-sekin yemirilib bordi. Renessans davriga kelib xuddi
o‘sha imkoniyatlar yana qayta ko‘rib chiqila boshlandi. Natijada,
inson o‘z taqdirini o‘zi belgilashda ilohiy qudratga ehtiyoj sez-
Dostları ilə paylaş: