O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


2. RENESSANS DAVRI XRISTIAN FALSAFASINING



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

64


2. RENESSANS DAVRI XRISTIAN FALSAFASINING
ANTROPOTSENTRIK XUSUSIYATI
XV asrdan e’tiboran Yevropaning ko‘pgina mamlakatlari siyo- 
siy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayotida tub sifatiy o‘zgarishlar 
sodir bo‘la boshladi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan eng 
muhimi qadimgi Yevropa, xususan, qadimgi Yunon madaniy- 
atini, urf-odatlarini, rasm-rusumlarini tiklashga urinish kayfi- 
yatlarining vujudga kelganligi bilan ifodalanadi. Shuning uchun 
ham bu davr Yevropa falsafasi tarixida «Renessans»1 davri deb 
yuritiladi.
Renessans davri (XV—XVI asrlar) Yevropa falsafasini o‘rta 
asr fikrlash madaniyatining natijasi va uning yakuni ekanligini 
unutmaslik darkor. Tabiiyki, ijtimoiy-tarixiy jarayon Yevropa­
ning turli mamlakatlarida turlicha kechdi. Boshqacha aytganimiz­
da, Renessans davri, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Yevropada 
uch asosiy bosqichni: ilk bosqichni (XIV asr), yetuklik bosqi- 
chini (XV asr) va oxirlab qolgan so‘nggi bosqichni (XVI asr) 
bosib o‘tdi2. Renessans o ‘zining ilk bosqichida Butun Yevropani 
emas, balki uning eng rivojlangan mamlakatlarini qamrab oldi. 
Xuddi shuning uchun ham Renessans davri ilk bosqichining 
izlari qadimgi Italiyaga borib taqaladi.
Renessans g‘oyalari qadimgi Italiyada XII asrdayoq vujudga 
kelgan edi3. Xuddi shuning uchun ham Renessans o'zining ilk 
bosqichida sof «italyancha voqea» edi. Olz taraqqiyotining yetuk 
bosqichida u butun Yeropaga xos xususiyat kasb etdi. Bu paytda 
Yevropaning bir qator rivojlangan mamlakatlarida hunarmand- 
chilik va savdo-sotiq zudlik bilan rivojlana boshladi. Kishilaming 
shahar tomon intilishlari oshib ketdi. Jamiyat hayotida shahar- 
larning o‘rni va ahamiyati uzluksiz ortib bordi. Yangi iqtisodiy 
munosabatlar qaror topa boshladi. Kishilarning turmush tarzida 
jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi.
Renessans davri o'ziga xos yangi madaniyatni yaratdi. Ushbu 
madaniyat nafaqat dinga, balki ilm va fanning ilg‘or yutuqlariga

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin