O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Esxatalogiya — yunoncha so ‘z bo'lib, oxirgi, keyingi, oxirat degan m a’noni



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Esxatalogiya — yunoncha so ‘z bo'lib, oxirgi, keyingi, oxirat degan m a’noni
bildiradi.
62


tarixiy yo‘lni zamon tushunchasi yordamida tahlil qilish, qadimgi 
zamon Yevropa falsafasiga (xususan, Yunon falsafasiga) xos xu­
susiyat emas edi. Chunonchi, Yunon falsafasida inson koinot- 
dagi hayot chig‘irig‘idan o‘tkazib o‘rganilar edi. Avgustin esa, 
zamon bu — inson qalbining yutug‘i deb isbotladi. Uning tushun­
tirishicha, koinot va uning harakati bo‘lmasa ham qalb saqlanib 
qoladi. Qalb bor ekan, zamon ham bo‘laveradi-.
Avgustinning fikriga asosan, zamon mavjudligining sharti — 
qalbimizni tartibga solishdir. Buni uchta asosiy yo‘l-yo‘riq yor­
damida kuzatish mumkin. Kelajakka bo'lgan umidda, bugungi 
kunga bo‘lgan e’tiborda va o‘tmish bilan aloqador bo‘lgan xo- 
tirada. Inson zamon chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilinganda, u 
faqat tabiatning mahsuli emas, balki tarixiy mavjudot ekanligi 
ma’lum bo‘ladi. Lekin o‘rta asrda insonni bunday tushunish 
keng tarqalmadi. Chunki, o‘rta asrda tarixning o‘zi hali «Mu- 
qaddas voqealar» qobig'idan chiqishga ulgurmagan edi. Tarix 
zamonning buyuk voqealarini o‘ziga mujassamlashtiigan edi, xolos. 
Faqat Renessans davrida «dunyoviy», «muqaddas» tushunchalari 
alohida reallik sifatida talqin etila boshladi.
Insonning ma’naviy dunyosi, uning ruhiy olamining shakl- 
lanish jarayoni muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian 
faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvin- 
skiyning1 ham diqqat markazida bo‘ldi. Akvinskiyning fikriga 
muvofiq, insonda mavjud bo‘lgan xislatlar, fazilatlar, qobiliyat- 
larning eng oliysi aqldir. Inson aql yordamida yaxshi va yomon, 
ezgulik va johillikning farqiga boradi. Insondagi o‘sha aql-nazariy 
va amaliy ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Amaliy aql deganda, 
nazariy yo‘l-yo‘riq, fikr-mulohazalar emas, balki kundalik tur- 
mush uchun zarur bo‘lgan xulq-atvorni bajarishga qaratilgan 
faoliyat tushuniladi.
Foma Akvinskiyning tushuntirishicha, qalb inson hayotining 
barcha jabhalari shakllanishida asosiy tamoyil vazifasini bajaradi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin