O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Falsafa lug'ati. Toshkent, 1976. 616-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Falsafa lug'ati. Toshkent, 1976. 616-bet.
2 Введение в философию. Часть 1. М ., 1989, 115-bet.
3 И стория ф и л ософ и и в кратком и зл ож ен и и . П ерев од с чеш ского
И .И .Б огоута, М ., 1991, 197—198-betlar.
57


ligini ta’kidlab, uni olamdagi barcha tirik mavjudotlar ichida 
birinchi o‘ringa ko‘tarib qo‘ydilar. Inson olamdagi tirik mavju- 
dotlaming birontasiga o‘xshamasligini qayta-qayta ta’kidladilar. 0 ‘rta 
asr faylasuflari (antropologlari) esa, insonning eng muhim 
belgisi, uning «Xudoga o‘xshash» ekanligini ta’kidladilar va o‘sha 
insonga o'xshagan Xudoni koinotdan tashqariga olib chiqdilar. 
Endilikda Xudo koinot ustida turadigan bo‘ldi. Xuddi shu holat 
qadimgi zamon antropologizmi bilan o‘rta asr antropologizmi 
o‘rtasidagi asosiy farqni ifodalaydi.
Qadimgi zamon faylasuflari, inson koinotning bir bo'lagi 
deb qaragan bo‘lsalar, o‘rta asr insonshunos faylasuflari inson 
bilan koinot o'rtasida o‘tib bo‘lmas to‘siq bor, deb hisobladilar.
1. XRISTIAN FALSAFASIDA INSON TAVSIFI
Xristian falsafasi insonda Xudoga o‘xshash fazilatlar, xislat­
lar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat 
qildi. Xususan, xristian cherkovining buyuk namoyandalaridan 
biri Grigoriy Nisskiyning tushuntirishicha, Xudo podshohdir, 
butun koinotni, jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning insonni 
yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam 
podshoh qilish edi. Podshoh bo‘lish uchun esa, ikki narsa 
zarur: birinchidan, erkinlik, tashqi ta ’sirdan xolis bo‘Iish, ya’ni 
mustaqillik; ikkinchidan podshohlik qilish uchun zarur bo‘lgan 
xislatlarning mavjud bo‘lishi. Shuning uchun Xudo insonga aql- 
idrok va erk ato etgan, yaxshilik va yomonlikning farqiga borish 
uchun fikrlash qobiliyatini bergan. Xuddi shuning o‘zi inson­
ning mohiyatini, unda Xudo obrazini mavjudligini tasdiqlaydi. 
Insonning olamga podshohlik qilishi, -tabiat ustidan hukmron 
bo‘lishini ta’minlash uchun unga tabiat bilan aloqa qiluvchi 
a’zo — tana bilan hayvoniy jon ulashgan.
Xudoning inson qiyofasida namoyon bo‘lish g‘oyasi, na- 
faqat qadimgi Yunon madaniyatida, balki yakka xudolikka aso- 
slangan dinlar — iudaizm va islomda ham yo‘q edi. Faqat 
xristian dinida boshqa dinlardan farqli o‘laroq, unda xudo inson 
qiyofasida gavdalanadi. Xristianlikkacha hech qayerda, hech 
qachon Xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi, deb 
tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va Xudo hech qachon bir-
58


birlari bilan qo'shilib ketmagan edi. Xristianlik o'zining trans- 
sendental xususiyatiga ko‘ra, Xudo bilan koinotga hukmronlik 
davosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor Xudoning inson tanasiga 
o'rnashib olishi ajablanarli holat edi.
Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay 
olmaydi (Platonning tushuntirishicha esa, jon o‘lmas, tana 
o ‘lganidan so‘ng ham boshqa tanaga ko'chib yashayveradi), degan 
aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining 
asosini tashkil etdi.
Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian 
faylasuflaridan biri Origendir1. Uning flkricha, inson degan tirik 
mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq 
emas, chunki u Xudo tomonidan in’om etiladi, hamisha yax­
shilik va haqiqat tomon intiladi. Qalb kishining o‘z «Men»idh 
va insonda individuallik boshlanayotganligidan dalolat beradi. Ori- 
genning tushuntirishicha, xuddi o ‘sha qalb, yaxshilik va yomon- 
likni tanlab oladi. Olz tabiatiga ko‘ra, u hamisha jon oldida, 
tana esa — qalb oldida qarzdordir. Lekin qalb o‘zida ikki qutbni 
(yaxshilikni ham yomonlikni ham qabul qila olgani uchun) 
mujassamlashtirgani uchun uning pastki qismi ba’zan yuqoriga 
chiqib oladi va insonda turli havas, ishtiyoqlami uyg'otadi. Bunday 
holat inson odatiga aylangunga qadar u gunohkor mavjudot 
bo‘lib qoladi, yaratuvchi tomonidan yaratilgan tabiatning tar- 
tib-intizomiga amal qiladi. Shunda oliy qashshoqlikka bo‘ysunadi. 
Xuddi shunday yo‘l bilan olamga yomonlik kirib oladi.
Shunday qilib, yomonlik Xudodan ham, tabiatdan ham kelib 
chiqmaydi, tanada ham paydo bo‘lmaydi, balki u insonning 
o‘zida hosil bo'ladi. Origenning fikriga asosan, yomonlik Xudo 
tomonidan insonga in’om etilgan erkinlikning suiste’mol qilini-' 
shi tufayli vujudga keladi. Shuning uchun o‘rta asr xristian 
falsafasi inson erki bilan bog‘liq b o ‘lgan m uam m olarni 
o'rganishni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Boshqacha qilib aytganimiz-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin