O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

3. Ijodiy о ’yinlar turlari
Ijodiy o’yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan tasurotlari aks ettiriladi. 
Ijodiy o’yin bolalarning miistaqil o’yini bo’lib, o'yinning mazmunini ular o’zlari 
o ’ylab topadilar. Bu o'yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, lashqilotchilik va 
ijodqorlik qobiliyatlari to’laligicha namoyon bo'ladi. Ammo o’yinda hayotiy 
taassurotlar aynan aks etlirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu 
bolalarning o'yin g'oyasini yaratishlarida. uning mazmunini to’zib, tasvirlovchi 
vositalarni tanlashlarida va shunga o'xshashlarda namoyon bo'ladi.
Syujetli-rolli o'yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o'yin turlaridir.
^ujetli-rolli o’yin o ’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak- 
atorfoagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o’yin mazmuniga manba 
bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar t'aoliyatidan olgan 
taassurotlari ijodiy o’yinda qayta ishlanadi, to’Idiriladi, sifat jihatidan o’zgartiriladi. 
Bolalarning bunday o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar o’yinining o’ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning 
mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolala^ga o’yin jarayonida yuklangan rol va o’yin 
syujetidan tashqil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
O ’yinning syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador bo’lgan qator voqea- hodisalar 
yig’indisidir.
Rol 
syujetli-rolli o’yinning asosiy zanjiri 
hisoblanadi. 
O'yin bolada 
qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, 
unda yaxshi kayfiyat uyg’otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o'ynayotganda har 'nil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi. tor joydan, 
ingichka taxta ustidan o’tadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo.
Bu harakatlaming hammasini bola bemalol. o’z xoxishi bilan bajaradi, natijada 
bolaning muskullari pishiydi, u harakatni engilroq, chaqqonroq bajaradigan bo’lib 
qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o ’yin katta ahamiyatga ega. 
O ’yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o’yinlar bolaning 
kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O ’yinda bola o’z oldiga maqsad qo’yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab 
qiladi, topag’onlikka o’rgatadi. O’yin jarayonida juda ko’p gaplashrshga, tortishishga, 
baxsiashishga, aytib beirshga to’g’ri keladi. Bolalar o’zi yasayotgan narsalarini
121


yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko’p o'ylab, fikriashishlariga to'g ’ri keladi. 
Bular hammasi bola tafakquri va xayolining rivqjlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Bola o’z o'yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog’liq 
boMgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o ’yinida 
ona rolini o ’ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi. kiyintiradi, ular bilan yaxshi 
munosabatda bo’lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o’qib beradi. Bu o ’yin 
bolada muloyililik, g'am xo’rlik, e'tiborlilik kabi yaxshi hislami uyg’oladi.
Rolli-syujetli o ’yinlarning o’ziga xos xususiyati. Rolli o’yinlarning boshqa 
o’yinlarga nisbatan o ’ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan 
vaziyatning mavjud bo’lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to’g’risida etarlicha tasavvurga ega bo’lgandagina 
syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan bolalar “paroxod’’ o’yinini o’ynamoqchi 
bo’lishdi. Bunga o'yinning qanday borishi to’g’risida syujet kerak. Syujet bolalarning 
bilimiga bog’liq bo'ladi. Bolalarda avval g’oya paydo bo’ladi, keyin mazmun 
rivojianadi. Ba'zan bolalar o’yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. 
Masalan. Afrikaga "bormoqchi” bo’lsalar, sayyohat vaqtida qilinadigan ishlarni 
oldindan belgilab oladilar. 
.
Bundan ko’rinib turibdiki, rolli o’yin Jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki 
bolalar bir-birlari bilan o’zaro munosabatda bo’ladilar.
Rolli o ’yinda bar bir bola o’ziga olgan roini bajaradi masalan, ona, shafyor, 
tarbiyachi, enaga, artist va h.
Rolli o’yinlarda didaktik, qoidali - harakatli o’yinlardagi singari qat'iy 
o’rnatilgan qoida bo’lmaydi. Bunda ko’pincha bolalar o’z xayol qilgan narsJtari 
bo’yicha harakat qiladilar. Masalan, "raketa tushib oyga uchadilar”, "‘paroxodda 
so’zadilar”, “kasaini davolaydilar”...
Ammo, bolalarning xayollari bilan o’ynashlari ulami real voqealikdan 
uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug’iladi, yo’q, bolalar o ’zlari buning 
o ’yinligini yaxshi biladilar.
SHu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari 
hammasi rostakam, sidqidildan bo’ladi. Masalan “doktor” rolidaga bola kasal 
to’g’risida qayg’u rad i.
O'yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan 
belgilanadi. O ’yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning 
bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib borishiga bog’liq bo’ladi.
Rolli o’yinlarining mazmuni va mavzusi o’zgarishi bilan bir qatorda uning 
tuzilishi va o ’yin shakllari o’zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbusqorligi 
ham o’sib boradi.
Avvalgi bolalar o ’z4)’zicha alohida-alohida o’ynaydilar. Sekin-asta rolli 
o ’yinlarning paydo bo’lishi, o’yinda qishilar o’rtasidagi munosabatni aks ettirish 
birgalikda bajariladigan o’yinni keltirib chiqaradi. Awaliga katta bo’lmagan 
guruhchalar 2-3 qishidan bo’lib o’ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib 
kattaroq Jamoaga birlashadilar.
O ’yinda har xil rollar orqali o’zaro munosabatda bo’lish bolalarda o’rtoqlik 
munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
122


о yinning to'zilishi va mazmuni o zgarishi bilan o yinchoqning roli va 
bolalarning unga nisbatan talabi ham o’zgarib boradi va x.k.
Bog'cha yoshidagi bolalarda ijodiy o’yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi 
bolalarning o’yinlari yangi tus oladi: bola qo’g'irchoqni va o’zini qishilaming nomi 
bilan atay boshlaydi: masalan. bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar 
undan sen kimsan?- deb so'rasa, "Haydovchiman” deb javob beradi. YOki qizcha 
qo'g'richog'iga ovqat pishirayapti. "Sen kimsan?”- degan savolga “Men oshpazman” 
deb javob beradi.
Bolalar o’z o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli o'yinlarni 
o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan 
voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxiashga yotqizishadi, mashinada 
tortishadi. YAna ovqat berishadi va uxiatishadi. YOki qo'g'richoq kasal bo'lib qofSa, 
darrov uning qoMi, oyog’i bog’lanadi, yolg'ondakam dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. "Men oyisiman”. 
■‘Men - vrachman” lekin bo’lar birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bo’lib qolishi 
mumkin.
Bola to’rt yoshga o ’tganda syujetli-rolli o’yinlar ancha rivojlana boshlaydi. 
O’yinlar mavzui har xil bo’lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o’z o'yinlarida oila, 
MTMni, avtobusda, tramvayda kelayotgan qishini aks ettiradilar.
Tevarak-artofni kuzatish natijasida tasawurlari kenayadi, bu ularning o’yin 
mazn^uniga ta'sir etadi: bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira 
boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o’rtasidagi bog’liqliklarni 
hali tushunib etolmaydilar.
Bola besh yoshga qadam qo’yganda undagi kuzatuvchanlik taffaquri 
rivojianganligi, 
bilim doirasi kengayganligi 
sababli o’yin mazmuni 
ham 
murakkablashib boradi. Xayoini rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar 
mazmuni bo’yicha murakkab bo’lmagan o’yinlarni o’ynshadi.
O ’yin mazmuni bilan bir qatorla. bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. 
Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo’ladi. O’yin birinchidan, 
xursandchilik bilan hamoxang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o’z 
o ’yinlarida aks ettiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o’yin juda ham yaxshi rivojlanadi. 
Bu o ’yinlarda bolalar o’zlari eshitgan, ko’rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va 
boshqa manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-xayajonlarini to’la qo’llay 
boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o ’yinlarida 'ueiilgan ta'iirn-tarbiyaning natijasi 
yaqqol ko’rinib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o’ynashi to’g’risida va o’yinning qanday borishi to’g risida 
o’zaro kelishib oladilar. O’yinlar uzoqroq davom etadigan bo’lib boradi. Bitta o’yinni 
uzoq vaqt, hatto bir necha kun o’ynash mumkin, bunda har gal o’yinga yangililik 
kiritib boriladi.
Uzoq davom etadigan o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlarining 
yuqori bosqichi hisoblanadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlariga to’g’ri rahbarlik qilib borilsa, 
ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o ’z an'anasiga, o’z qoidasiga ega
123


bo'ladi. Bolalarda birgalikda ijod qiilish qobiliyati rivojlanadi. ular o’rtoqlarining 
fikri bilan kelishadigan, fikriga quioq soladigan boMib boradi.
Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. 
Bolalar o’rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o ’ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo'lib boradi. Bunda 
bolalar faol tashqilotchi, o’ziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga 
bo'linadi.
Faol bolalar har doim o'yinni o’z xoxishiga qarab tanlaydi. qiziqarliroq roini 
talab etadi. Ular ba'zan o’yinni buzishadi, o’rtoqiarini xafa qilishadi, ammo 
tarbiyachining ta'siriga tez berilishadi. Ularini ijobiy xususiyatlari, sog’lom 
qiziqishlari bo'ladi. tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta'sir 
etadi.
O ’yin mavzusi o’zgarishi bilan o'yinda qatnashuvchilarning ham o ’zaro 
munosabatlari o'zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o’z xolicha o’ynasa, 
keyinchalik 2-3 qishi bo’lib o ’ynay boshlaydi, o ’rta maktabgacha yoshga kelganda 
o ’ynovchilar soni ko’payib, o’rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday 
munosabatlar o’yinga mavzu mazmun . tanlashda, rollar va o’yinchoqiarni 
taqsimlashda yuzaga keladi.
O ’yinning tuzilishi va mazmuni rivojianib borishi bilan o’yinchoqning roli va 
unga talab ham o ’zgarib boradi. Kichkina bolalar o’yinini ko’pincha o ’yinchoq 
belgilaydi. Bitta o’yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O’rta va katta 
maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin to’g’risidagi fikr avval tug’iladi. Keyin o’ynay 
boshlaydi. O’yinchoq o ’yin mazmuniga qarab tanlanadi. 
«

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin