skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati
kuchayadi. SHu bilan birga asab hujayralari tcz charchaydi va madori quriydi. 6-7
yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arkonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto
chang’ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat lurlarini muvaffaqiyatli
egallaydi.
Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda markaziy
o'rinni tutadi. Bolaning imkoniyatlariga muvofiq oilada va bolalar bog'chasida ta'sir
ko'rsatishning aniq vositalari va metodlarnni qoMlash sistemasi: hayot, ovqatlanish
tartibi, gimnastika mashqiari va harakatli o’yinlar, chiniqish usullari belgilanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolada miya qobig’ining funktsional faolligi lakomillashib
boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta'sirchanligi idrok etishning yorkinligi.
o'tkirligini, bolalar ta'sirlanuvchanligini shart qilib qo'yadi, shuning uchun
maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta’lim berishda ta'surotlar va
bilimlarni (bu asosan atrofdagi xayot haqidagi eng oddiy bilimlar bo’ladi) tanlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha o’rta yoshda tarbiya maqsadga muvofiq tarzda olib borilganda
ko'rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko’rgazmali-ta’sirchan va obrazli
fikrlash, irodaviy, hissiy va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini
egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil etish va umumlashtirish, tasniflashga qodir
bo’lib boradilar, o'zlarini o’rab turgan buyumlar va xodisalar to'g’risida mulohaza
bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik. qiziquvehanlik bilan
ajralib turadi.
Biroq bolaning tabiiy qiziquvchanligi qondirilmasa u passiv bo’lib qol^di.
Masalan, o'rta yoshdagi bolalar faoliyatning xilma-xil turlarida namoyon bo’l^ilar,
tasurot yangiligi va o ’tkirligi xosdir. Kattalar ta'sirida maktabgacha yoshdagi
bolalarning faoliyati ixtiyoriy ravishda bajariladigan bo’lib qoladi, bu esa ta'lim
beradigan mashg’ulotlar paytida e'tiborlilikni tarbiyalash uchun g’oyat muhim.
Dostları ilə paylaş: