O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

3.Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari.
Rejim (kun tartibi). 
Bolalar hayotining rejimi (tartibi) - bu bedor yurish, 
uxlash, ovqatlanish, faoliyat xilma-xil turlarining har kuni muayyan izchillikda 
takrorlanib, oqilona almashinib turishidir. Tartib rivojianish uchun quiay sharoit 
ta'minlashi kerak, shuning uchun u bolaning yoshi, uning salomatligi, kattalar 
mehnatining xususiyatlari, bola tarbiyalanayotgan oila turmushi va muassasaga 
bog’liq tarzda o ’zgaradi.
Muayyan vaqt ichida tartibning asosiy tarkibiy qismlari bir maromda va doimiy 
bo’lishi uning ajralmas xususiyatlaridir.
Tartibning bir maromdaligi tabiat hodisatarining maromi, organizm faoliyatining 
maromiga asoslanadi. Bu bedor yurish va uxiashning, tana haroratining o’zgarishi, 
nafas olish, yurak urishining qisqarish maromida, ovqat xazm qilish traktining ish 
maromida namoyon bo’ ladi va hokazo.


Oqilona tartib: 1) bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati asosida 
quriladi, bu vaqtda boshmiya qobig'i uchastkalari o’rtasidagi vazifalar qayta 
taqsimlanadi. olingan axborol qayla ishlanadi; 2) aqliy va jismoniy ishlarning nisbati, 
ovqat hazm qilish maromini hisobga olish asosida quriladi.
Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan birga uning 
xulq-atvorida namoyon bo'ladi.
Tartibni tuzishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
2. Ovqat xazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif bo’lgan bolalar 
ko’proq uxlashlari kerak.
4. Harakatga bo'lgan yosh ehtiyojlari; bir kecha kunduzdagi harakat miqdori 3 
yoshli bolalarda 10-19 ming qadamni, 7 yoshli bolalarda 14-25 ming qadamni tashkil 
qiladi.
5. Yil fasli. iqlim sharoitlarini bolalarni uyqusini tashkil etishni hisobga olish 
lozim.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin