- san'at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Pedagogika fanida bolalarni chizishga. loy va
plastilindan narsalar yasashga,
ashula aytishga va shunga o’xshashlarga o'rgatish metodikasi mukammal ishlab
chiqilgan.
Rola
ijodining
mazmuniga
ta'sir
etadigan
asosiy
vosita.
bolani
hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta'sir etuvchi narsa tevarak-atrofdagi
yorqin, jonli taassurollardir.
Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
estetik idrok va xislarni rivojlantirish bilan bog'liq holda olib boriladi.
Agar bola
qishki labiatning go’zalligini his eta olsa, u albatta shu go’zallikni rasmda. hikoyasida
aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa,
undagi
qahramonlar bola tushunchasiga yaqin bo’lsa, bunday kiloblar bolalar o'yini uchun
rasm chizish va loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas manba boMib xizmat
qiladi. Agar bolalar tilning go’zalligini, she'rning ritmini. ohangdorligini his eta
olsalar, o’zlari ham kichkina she’rlar to'qib, qofiyalar tanlashga urinadilar.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun
badiiy qobiliyatning hamma
turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo'naltirilgan bo’lishi ta'minlanadi.
Bolalarni ijodiy maqsad qo’yishga o’rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko’ngil ochish kechalarida.
ekskursiya va sayrlarda, har xil o’yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o’zlarining
badiiy, ijodiy mahoratlarini,
qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun
tarbiy^chi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi
mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim.
SHu orqali u bolalarning o’ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o’rganadi, Bolalar
orasida ashula
aytishga, rasm chizishga, musiqaga xavas juda erta uyg’onadi. Ammo
bu xali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo’lishini aniqiash huquqini bermaydi.
Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan
qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib,
unda musiqa, rasm, qurish-
yasash va boshqa sohalardagi iste'dodning ilk kurtaklarini ko’rishlari mumkin.
Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab
o’stirishlariga, ularga to’g’ri rahbarlik qilishlariga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: