4. Tabiat burchagidagi ishlar Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini o’simlik va hayvonlarga
g’amxo’rliknin tarbiyalash va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparvarlik,
mexnatsevarlik, tabiatni saqiovchi va uning boyliklarini ko’paytiruvchi, kattalarning
mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda tabiat
burchagining ahamiyati kattadir.
% Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki, uni bolalar har* kuni
ko’radilar. Tabiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o’simlik va hayvonlarni
sistemali ravishda kuzatib va paravarish qilib boradilar. Natijada o’simlik va
hayvonot dunyosining rang-barangligi, ulaming o’sishi va rivojlanishi, ular uchun
qanday shart-sharoitlar kerakligi to’g’risidagi tasawur va tushunchalarni egallab
boradilar.
Tarbiyachi bolalarni solishtirma analizga o’rgatadi, ular o’rtasidagi umumiylik
va farqiami, ularga xos belgilarni bilib oladilar.
Tarbiyachi bolalarni diqqatini o’simliklarning chiroyli gullashiga, barglarining
shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlaming chiroyli ko’rinishiga va chaqqon
harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu go’zallikdan quvonishga o’rganadilar
hamda ularning estetik didi o’sadi.
-
Bolalar tabiat burchagidagi o’simlik va hayvonlarni tarbiyachi rahbarligida
sistemali ravishda kuzatib, parvarish qilib borishlari natijasida ma'Ium malaka va
ko’nikmalami ham egallab boradilar, ularga nisbatan barqaror qiziqish va
g’amxo’rlik hissi uyg’onadi.
Bolalaming tabiatga mehr-muxabbatini o ’simliklar va hayvonlarni parvarish
qilish, ularni asrab-avaylash bo’yicha mehnat faoliyatlarini tashkil etish bilan birga
qo’shib olib borish kerak. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishini ularining
yosh xususiyatlari, pedagogik, fiziologik imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda
tashkil etadi.
112