O’ zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish



Yüklə 183,4 Kb.
səhifə17/40
tarix25.11.2022
ölçüsü183,4 Kb.
#70514
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
60 lik

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5. Tezkor so’rov, savol javob, aqliy xujum, pinbord, ”O’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi. Аsosiy xolatlarni yozdiradi;
7. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi (-ilova).
Yangi o’quv materialini mustaxkamlash:
8. Mustaxkamlash uchun savollar beradi (-ilova). Jarayon kichik guruxlarda davom etishini maʼlum kiladi;
9. Kichik guruxlarga bo’ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (- ilova) xar bir guruxga topshiriq beradi (-ilova) va baxolash mezoni bilan tanishtiradi (-ilova). Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi (- ilova);



Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.Yozib oladilar. Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruxlarga bo’linadilar. Kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi. Xar bir gurux sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi, Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar. Gurux ish natijalarini o’zaro baxolaydilar.Maʼlumotlarni daftarga qayd qiladilar.


Fan o’qituvchisi: ____________ ______________________________

4-Mavzu (nomi):. Turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o‘tkazish va tahlil qilish. MTTda sport elementi o‘yinlarini tashkil etish. Sport elementi o‘yinlari harakatli o‘yin turkumiga kirishi, bolalarni har tomonlama tarbiyalashdagi ahamiyati. Sport elementi turlari
Asosiy harakatlarning ahamiyati. Inson o‘z faoliyatida foydalanadigan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashish kabi turli hayotiy zarur harakatlarga asosiy harakatlar, deyiladi. Bu harakatlarning doimiy zarur komponenti muvozanatni his etishdir. Asosiy harakatlar dinamik xarakterga ega. Ular ko‘p miqdordagi muskullarni ishga soladi va barcha funksional jarayonlarni faollashtirib, organizmga yaxlit ta’sir etib, bolaning jismoniy rivojlanish va sog‘lomlashishiga yordam berib, butun organizmning hayot faoliyatini oshiradi. Asab tizimining boshqarish faoliyati asosiy harakatlarning takomillashuvini belgilaydi. Ayni paytda teskari bog‘liqlik – mashqlar ta’sirida asab tizimi faoliyatining takomillashuvi sodir bo‘ladi. Asosiy harakatlarning rivojlanishi maqsadni ko‘zlab rahbarlik qilingan sharoitda bilish, irodaviy, emotsional, ruhiy tarbiyalash jarayonlari bilan bog‘liqdir. Asosiy harakatlar bolada turlicha mo‘ljal olishni tarbiyalashga xizmat qiladi: fazoda – harakat yo‘nalishini, predmetlarning uzoqligini va joylashish o‘rnini, predmetlar o‘rtasidagi fazoviy nisbatlarni, ko‘z bilan mo‘ljallashni rivojlantirish; vaqtda – mashqlarni bajarish davomiyligi va uning ayrim fazalarining izchilligini, harakatlarni belgilangan yoki individual sur’atda bajarish; jamoa bo‘lib harakat qilish chog‘ida mo‘ljal olish – barcha guruh saflanayotgan va qayta 79 saflanayotganda, tarqalib harakat qilayotganda o‘z o‘rnini topish: birgalashib harakat qilayotgandagi turli vaziyatlarda mo‘ljal ola bilish. Ularning hammasi tashqi sharoitni hisobga olish va shu asosida bir maqsadda harakat qilishga yordam beradi. Asosiy harakatlar estetik his-tuyg‘ularni tarbiyalashda ham muhimdir: ular chiroyli, to‘g‘ri qomatning shakllanishiga, harakatlarning aniq, ifodali va uyushgan bo‘lishiga, jamoaviy harakat qila olishga va fazoda to‘la foydalanishga yordam beradi. Asosiy harakatlar siklik va asiklik turlarga bo‘lina oladi. Birinchi sikldagi harakatlarning xarakterli xususiyati butun gavda va uning alohida qismlari to‘xtovsiz ravishda dastlabki holatga (masalan, yurish, yugurish) qaytayotganda bir xil siklning doimiy bajarilishi bilan amalga oshiriladi. Siklik tipdagi harakatlar tez o‘zlashtiriladi va avtomatlashadi. Bu sikllarning muntazam takrorlanishi bilan izohlanadi. Ular mazkur siklning harakat elementlari izchilligi tizimida mustahkamlanadi. Harakatlarning almashinishi va ularni takrorlashda tegishli muskul sezgilari bilan sikllar takrorlanish izchilligining bog‘liqligi mazkur harakatning ritmliligini hosil qiladi. Asiklik tipdagi harakatlar takroriy sikllarga (uloqtirish, sak rashlar) ega bo‘lmaydi. Har bir shunday harakat o‘zida harakat fazalarining muayyan izchilligini saqlaydi, ayrim fazalarni bajarishning muayyan ritmiga ega bo‘ladi. Asiklik harakatlar siklik harakatlarga qaraganda o‘zlashtirishning juda izchil bo‘lishini talab qiladi. Ularni bajarishda harakatlarning birmuncha murakkab koordinatsiyasi, diqqatini yig‘ish va irodaviy zo‘r berish zarur bo‘ladi. Asosiy harakatlar ta’lim va tarbiya jarayonida asta-sekin yu zaga keladigan shartli reflekslardir. Maktabgacha bo‘lgan davr ichida aso s iy harakatlar rivojlanadi, takomillashadi, harakat stereotiplari sifatida mustahkamlanadi. Harakatlarning muayyan izchillikda ko‘p martalab takrorlanishi, masalan, yurish, yugurish, uloqtirish va hokazo mashqlarda alohida elementlarning har biri o‘rtasida muvaqqat bog‘lanishlar paydo bo‘ladi. Dastlabki harakatni bajarishda boshlanadigan bo‘g‘im-muskul signalizatsiyasi bevosita 80 keyingi tizimga mustahkamlanadigan, avtomatlashadigan barcha signallarni uyg‘otadi. Bolalarda shu tufayli hosil bo‘ladigan dinamik stereotiplar juda barqaror bo‘ladi.
Biroq bolalarni asosiy harakatlarga o‘rgatish va ularni rivojlantirishda chidamli dinamik stereotipni shakllantirish, tezda qayta qura olish, tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatiga alohida e’tibor berishni talab etadi. Bu mashqlarni turli variantlarini bajarish topshiriqlarni, harakat sur’atini ular bajaradigan sharoitni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nazorat uchun savollar
1.Asosiy harakatlar, deb nimaga aytiladi?
2.Asosiy harakatlarning ahamiyati nimada?
3.Asosiy harakatlar qanday turlarga bo‘linadi?


Yüklə 183,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin