O’ zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish



Yüklə 183,4 Kb.
səhifə33/40
tarix25.11.2022
ölçüsü183,4 Kb.
#70514
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
60 lik

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5. Tezkor so’rov, savol javob, aqliy xujum, pinbord, ”O’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi. Аsosiy xolatlarni yozdiradi;
7. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi (-ilova).
Yangi o’quv materialini mustaxkamlash:
8. Mustaxkamlash uchun savollar beradi (-ilova). Jarayon kichik guruxlarda davom etishini maʼlum kiladi;
9. Kichik guruxlarga bo’ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (- ilova) xar bir guruxga topshiriq beradi (-ilova) va baxolash mezoni bilan tanishtiradi (-ilova). Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi (- ilova);
10. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini anqilash maqsadida aloqa o’tkazadi.Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.



Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.Yozib oladilar. Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruxlarga bo’linadilar. Kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi. Xar bir gurux sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi, Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar. Gurux ish natijalarini o’zaro baxolaydilar.Maʼlumotlarni daftarga qayd qiladilar.


9-Mavzu (nomi):. Maktabgacha yoshdagi bolalarni chiniqtirish Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chiniqtirish turlari: quyosh, suv va havo vannalarini tashkil etish, (artinish, suv quyish, dush, cho‘milish) va quyosh vannalaridan foydalaniladi
“Akvamed”o‘yin va mashqlarni tashkil etish


Eng oddiy turizm jismoniy tarbiyaning muhim vositasidir. Bolalar bog‘chasida turizm deganda bog‘cha hovlisidan tashqaridagi joylarda sayr qilish tushuniladi. Bundan maqsad bolalarda harakat malakalarini takomillashtirish, joylarda to‘g‘ri yurishga o‘rgatish va shunga o‘xshash ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Bunday mashqlar ahil jamoani tarbiyalash, bolalar bilan kattalar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatlar o‘rnatish uchun katta ahamiyatga egadir. 237 Bolalar ko‘pincha bolalar bog‘chasi xonasi yoki maydonida turli mashqlarni bajarayotib, yangi vaziyatda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Tabiatning bolalarning sayr paytida duch keladigan o‘zgarib turuvchi sharoiti joylarda zarur mo‘ljal olishni, qat’iyatlikni, botirlikni, umumiy chidamlilikni tarbiyalashga, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuning uchun bunday sayr va ekskursiyalar muntazam amalga oshirilishi va u kichik guruhlardan boshlanishi, bunda mazkur guruh bolalarning yosh xususiyatilari va imkoniyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, yakka ko‘rsatkichlari hamda shifokor tavsiyalari hisobga olinishi lozim. Sayr maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun tarbiyachi ularni kalendar-rejasida oldindan belgilab oladi va o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘radi. Yoz – sayrlarni o‘tkazishning eng qulay vaqti. Tarbiyachi bolalarni muassasa joylashgan tumanni: shaharda (agar bolalar bog‘chasi dala hovlida bo‘lmasa) park, bog‘, xiyobonlarni; dala hovlida, yaqin atrofdagi o‘rmon, yaylov, soy, gullagan o‘tloq, daryo, ko‘lni oldindan o‘rganadi. Bolalar bilan qaysi yo‘ldan borish maqsadga muvofiqligini aniqlash, ayrim marshrutlarning uzoqligini belgilash juda muhimdir. Bolalarni yo‘lda dam oldirish mumkin bo‘lgan joylar aniqlanadi, harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish mashqlarini o‘tkazish imkonini beradigan barcha tabiiy sharoit – irmoqchalar, qirg‘oq, do‘ngalaklar, tepaliklar, yiqilgan va egilib qolgan daraxtlar, yaylov va hokazolarning mavjudligi hisobga olinadi. Sayrlar mazmuniga o‘yinchoqlar va kichikroq inventarlardan foydalanib amalga oshiriladigan harakatli o‘yinlar, shuningdek, qoidali harakatli o‘yinlar kiritiladi. Yalanglikda jismoniy tarbiya mashg‘uloti, harakatli o‘yin o‘tkazilishi, shundan so‘ng bolalar dam olishlari, sayr etishlari, xotirjam o‘ynashlari mumkin. Qish faslida bolalar bog‘chasidan tashqariga sayr uyushtirish ham muhim bo‘lib, u ham ish rejasiga kiritiladi. Agar muayyan guruhdagi barcha bolalar konkida ucha oladi gan bo‘lsalar yaqin oradagi muz maydoniga (uning ma’muriyati bilan oldindan kelishilgan holda) borish maqsadga muvofiq. 238 Kichik guruh bolalari yaqin atrofdagi xiyobonda sayr qilishlari mumkin. Bunday sayrlar bardoshlilik, chidamlilikni hosil qilishga, bola organizmining qarshilik ko‘rsata olishini oshirishga, asab tizimi faoliyatini mo‘tadillashtirishga, bolalarda tetik, quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga yordam beradi. Sayr vazifalari rejaga muvofiq bolalarni oldindan ogohlantirish, ularda sayrni quvonib kutish hissini uyg‘otish, sayr maqsadini quyidagi ko‘tarinkilikda ma’lum qilishdan iborat: “Yalanglikda o‘ynaymiz, so‘ng cho‘milamiz”, “Yalanglikka mashg‘ulotlar bajargani boramiz”, “Ayiqchalarni olib ketamiz va ular bilan o‘ynaymiz”, “Turistik poxodga jo‘naymiz”. O‘rta va katta guruh bolalari sayrga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etishlari lozim. Ular tarbiyachi bilan birga kerakli jihozlarini tayinlaydilar, ko‘tarib borish oson bo‘lishi uchun ularni o‘zaro taqsimlab oladilar. Tajriba bunday sayrlarning sog‘lomlashtirish va ta’limtarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini, bolalarda turizmga nisbatan qiziqish, tetik ruh, chidamlilik, jamoa hissi paydo bo‘lishini tasdiqlaydi. Sayrda barcha yosh guruh bolalari erkin, istasalar guruhguruh bo‘lib yurishlari mumkin (odatda juft bo‘lib yurish bir bolani ikkinchisiga bog‘liq qilib qo‘yadi va asab tizimi holatiga noxush ta’sir etadi, salbiy emotsiya uyg‘otadi, erkin harakat qilishga tabiat va uning go‘zalligini his etishga imkon bermaydi). Faqat muayyan sharoitlarda, masalan, bolalar transport yuradigan shox ko‘chadan kesib o‘tishlari kerak bo‘lganidagina juft bo‘lib saflanishi mumkin. Kichik guruh bolalarini tarbiyachidan tashqari yana kattalardan biror kishi kuzatib borishi kerak: u bolalarni yo‘ldan o‘tkazishga, yalanglik, o‘rmonda o‘yin uyush- tirishga ko‘maklashadi. Agar sayr paytida jismoniy tarbiya mashg‘ulotini o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar (qiya daraxtga sur’atni o‘zgartirib chiqish va pastga sakrash, kim o‘zarga yugurish, jilg‘adan hatlab o‘tish va hokazo), tik turgan, o‘tirgan, yotgan holatda buyumlar bilan bajariladigan mashqlar kiritiladi. 239 Sayr va mashg‘ulot sof havoning bolaning yalang‘och badaniga bevosita ta’sir etishi tufayli (bolalar faqat trusi, mayka, panamka, kepka va sayrga mos oyoq kiyimida bo‘lishlari lozim) harakatda qabul qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi. Sayr qish faslida ham rejalashtiriladi: bolalar oldindan ogohlantiriladilar va tarbiyachi bilan birgalikda kerakli narsalarni (o‘yinchoqlar, belkuraklar, o‘yin uchun atributlar, chanalar, chang‘ilar, konkilar, va hokazo) tayyorlaydilar. Sayrlarni muntazam o‘tkazish bolalarning harakat ko‘nikmalarini takomillashtiradi, organizmni chiniqtiradi, chidamlilikni tarbiyalaydi, hayotiy taassurotlarni yangilaydi, atrof-muhitni bilishga yordam beradi, sayohatlarga qiziqish uyg‘otadi, zavq-shavq baxsh etadi.

Nazorat uchun savollar


1. Turizm deganda nimani tushunamiz?
2. Bolalar bog‘chasida qanday sayrlar o‘tkaziladi? Ularning vazifalari qanday?
3. Sayr mazmuniga qanday ishlar rejalashtiriladi?
4. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirishda sayrlar qanday ahamiyatga ega?
5. Sayrlarda bolalarning faol harakatlari qaysi vositalar orqali amalga oshiriladi?



Yüklə 183,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin