O ‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi mamatova Feruzaning Mulohazalar. Inkor Kon’yunsiya va Diz’yunksiya mavzusidagi malaka



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə3/10
tarix04.11.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#67379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloya

II. Asosiy qism
2.1 Diskret matematika va matematik mantiq tarixi.
Mantiq – muhokama yuritishning qonun-qoidalari, usullari va formalari (shakllari) haqidagi fan bo‘lib, uning asoschisi qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel(miloddan avvalgi 384-322 y.) hisoblanadi. U birinchi bo‘lib deduksiya nazariyasini, ya’ni mantiqiy xulosa chiqarish nazariyasini yaratib, mantiqiy ulosa chiqarishning formal xarakterga ega ekanligini ko‘rsatdi. Aristotelning mantiqiy ta’limoti formal mantiqning (logikaning) asosini tashkil qiladi. Formal mantiq ikrlashningformalari va qonunlarini tekshiradi. Shunday qilib, Aristotel mantiqiy fikrlashning asosiy qonunlarini ochdi.Aristotel asos solgan mantiqko‘p asrlar davomida turli mutafakkirlar, faylasuflar va butun falsafiy maktablar tomonidan to‘ldirildi, o‘zgartirildi va takomillashtirildi. Shu jumladan, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Mirzo Bedilkabi Sharqning buyuk mutafakkirlari ham o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar. Mantiqning yangilanishida fransuz olimi R.Dekartning(1596-1650) ishlari muhim rol o‘ynadi. R.Dekart analitik usulda fikrlashning asosiy prinsiplarini yaratdi.
Olmon faylasufi va matematigi G.Leybnis (1646-1716) birinchi bo‘lib antiqiy fikrlashga hisob xarakterini berish zarur degan g‘oya bilan chiqdi. Buning uchun, uning fikricha, hamma ilmiy tushunchalar va mulohazalarni asosiy mantiqiy elementlarga keltirib, ularni ma’lum simvollar bilan belgilash kerak.G.Leybnis g‘oyalari faqat XIXasrdagina o‘z rivojini topdi. Ingliz olimlari J.Bul (1815-1864), Ch.Pirs (1839-1914), B.Rassel (1872-1970), A.Uaytxed (1861-1947), U.Jevons (1835-1882), olmon olimlari G.Fryoge (1848-1925), D.Gilbert (1862-1943), E.Shryoder (1841-1902), shotlandiyalik matematik O. de Morgan (1806-1871), rus olimlari P.S.Poreskiy (1846-1907), V.I.Glivenko (1897-1940), I.I.Jegalkin (1869-1947) va boshqalar mantiq sohasidagi ishlari bilan simvolik yoki matematik mantiqni (logikani) yaratdilar.Matematik mantiq asoschilaridan biri bo‘lgan J.Bul (J.Bul mashhur «So‘na» romanining muallifi Lilian Voynichning otasidir) mustaqil ravishda grek, lotin, nemis, fransuz va italyan tillarini hamda matematikani o‘rganadi. U 1847 yilda yozilgan «Mantiqning matematik tahlili», «Mantiqiy hisob» va 1854 yilda yozilgan «Fikrlash qonunlarini tadqiq etish» kitoblarida mantiqni algebraik formaga keltirdi va matematik mantiqning aksiomalar sistemasini yaratdi. Bulning mantiqiy hisobi bul algebrasideb yuritiladi. J.Bul mantiq va matematika operatsiyalari o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, mantiqiy xulosalarga algebraik simvolikani qo‘lladi. U mantiq operatsiyalarini formallashtirish (rasmiylashtirish) uchun quyidagi simvollarni (belgilarni) kiritdi:–predmetlarni belgilash uchun (x, y, z, ...) lotin alifbosining (alfavitining) kichik harflarini;–predmetlar sifatini belgilash uchun (X, Y, Z, ...) lotin alifbosining bosh harflarini;–biror mulohazaga akslantirilgan hamma predmetlar sinfi 1 ni;–ko‘rilishi lozim bo‘lgan predmetlar yo‘qligining belgisi 0 ni;–mulohazalarni mantiqiy qo‘shishning“+” belgisini;–mulohazalarni mantiqiy ayirishning “–” belgisini; –mulohazalar tengligining “=” belgisi bilan ifodalagan.
XX asrning 40-yillaridan boshlab hisoblash matematikasi, kiberneteka, axborot nazariyasi, iqtisodiyot, psixologiya, matematik lingvistika, tibbiyot fanlari va diskert texnikada keng qo‘llanilmoqda.So‘nggi davrlarda matematik mantiqni texnikaga juda samarali tatbiq etish imkoniyatlari borligi ma’lum bo‘ldi.Matematik mantiqni diskret texnikaga tatbiqi natijasida uning texnik mantiq bo‘limi vujudga keldi. Bu sohada E.Post, V.I.Shestakov, K.Shennon(1916 y.t.), A.Nakashima, M.Xanzava, S.Klini, O.B.Lupanov(1932 y.t.), .V.Yablonskiy(1924 y.t.), V.B.Kudryavsev, Yu.I.Juravlyov, V.I.Levenshteyn, V.V.Glagolev, F.Ya.Vetuxnovskiy, Yu.L.Vasilyevva boshqa olimlar o‘z ilmiy izlanishlari bilan uning taraqqiy etishiga ulkan hissa qo‘shganlar.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin