Himoyalanayotgan jamoa darvozaboni o`yin qoidasini buzsa: hakam jarima to`pi amalga oshirilishi natijasini kutib turadi;
/agar to`p darvozaga kiritilsa, gol hisobga olinadi;
/agar to`p darvozaga kiritilmasa, zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Zarba beruvchi o`yinchining jamoadoshi jarima maydonchasi ichiga kirib olsa yoki darvoza chizig`iga 11 metrdan yaqinroq yoki 11 metrlik nuqtaga 9,15 metrdan yaqinroq masofaga joylashib olsa: /hakam jarima to`pi tepilishiga ruxsat beradi;
/agar to`p darvozaga kiritilsa, zarba qaytadan amalga oshiriladi;
/agar to`p darvozaga kiritilmasa, zarba qayta amalga oshirilmaydi.
agar to`p darvozabon, darvoza ustuni yoki to`sinlariga tegib maydonga
qaytsa va ushbu o`yinchi to`pga tegsa, hakam o`yinni to`xtatadi va
himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilaydi.
Himoyalanayotgan jamoa darvozaboni jamoadoshi jarima maydonchasi ichiga kirib olsa yoki darvoza chizig`iga 11 metrdan yaqinroq yoki 11 metrlik nuqtaga 9,15 metrdan yaqinroq masofaga joylashib olsa: /hakam jarima to`pi tepilishiga ruxsat beradi;
/agar to`p darvozaga kiritilsa, gol hisobga olinadi;
/agar to`p darvozaga kiritilmasa, zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Ikkala jamoa o`yinchilari ham bir vaqtda o`yin Qoidasini buzsa: /zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Agar, 11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilgandan so`ng:
Jarima to`pini amalga oshirgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi teginmasdan turib, ikkinchi marta tegsa (faqat qo`li bilan emas): o`yin qoidasi buzilgan joydan himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin
zarba belgilanishi kerak (to`pga ikkinchi bor tegingani sabali). *
Jarima to`pini amalga oshirgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi teginmasdan turib, atayin to`pni qo`li bilan o`ynasa: o`yin qoidasi buzilgan joydan himoyalanayotgan jamoa foydasiga jarima
to`pi belgilanishi kerak.