bilan qasddan ushlasa: /Qoida buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima zarbasi belgilanadi; *
/Agar qoida buzilishi zarbani ijro etgan o`yinchi jarima maydoni ichida yuz
bergan bo`lsa, 11 metrlik jarima to`pi belgilanadi.
Darvozabon tomonidan ijro etilgan erkin yoki jarima zarbasi Agar to`p o`yinga kiritilgandan so`ng erkin yoki jarima zarbasini amalga oshirib bergan darvozabon to`p o`yinchilardan biriga borib tegmasdan o`zi ikkinchi bor to`pga tegsa (qo`li bilan emas): raqib jamoa foydasiga qoida buzilgan joydan erkin zarba belgilanadi (to`pga
ikki marta tegish).*
Agar to`p o`yin o`yinga kiritilgandan so`ng erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan darvozabon to`p o`yinchilardan biriga borib tushmasdan avval to`pni qo`li bilan qasddan ushlasa: /agar qoida buzilishi jarima maydoni tashqarisida yuz bersa, qoida buzilgan
joydan raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi; *
agar qoida buzilishi darvozabon jarima maydoni ichida yuz bergan bo`lsa,
qoida buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
14-QOIDA: 11 metrlik jarima to`pi O`z jarima maydonchasi ichida 10 xil qoida buzilish holatlaridan biriga yo`l
qo`ygan o`yinchi jamoasi, qoida buzgan jamoa darvozasi tomon 11 metrli jarima
to`pi bilan jazolanadi. Bunda to`p o`yin holatida bo`lishi kerak.
To`p bevosita 11 metrlik jarima to`pidan kiritilsa, gol hisoblanadi.
Taym yoki qo`shimcha vaqt so`nggida 11 metrlik jarima to`pi belgilansa,
uchrashuvga ushbu jarima to`pi amalga oshirilishi uchun qo`shimcha vaqt
qo`shilishi kerak.
To`pning o`rnatilishi va o`yinchilarning joylashishi To`p: 11 metrlik nuqtaga o`rnatiladi.
11 metrlik jarima to`pini amalga oshiruvchi o`yinchi: sezilarli darajada aniqlangan bo`lishi va ajralib turishi kerak.
Himoyalanayotgan jamoa darvozaboni: zarba berilgunga qadar darvoza to`sinlari orasidagi chiziq ustida zarba
beradigan raqibiga yuzma-yuz holatda turishi kerak.