TO`RTINCHI HAKAM Musobaqa reglamentiga ko`ra har bir o`yinga to`rtinchi hakam tayinlanishi
mumkin. Agar maydonda harakat qilayotgan 3 hakamdan birontasi o`zining
vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa, unda 4-hakam
uning o`rniga almashtiriladi.
/Agar hakam o`z vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib
qolsa unda hakamlarni almashtirish tartibi musobaqa reglamenti asosida amalga
oshiriladi. Bosh hakam ko`rsatmasiga binoan to`rtinchi hakam o`yingacha, o`yin
paytida va o`yindan keyin bosh hakamga barcha tashkiliy ishlarda yordam berishi
mumkin.
/To`rtinchi hakam o`yin paytida futbolchilarning almashtirish jarayoniga
bevosita yordam berishga majbur.
/Agar o`yin jarayonida o`yindagi to`pni almashtirish zaruriyati tug`ilsa, unda
to`rtinchi hakam bu ishga ma`suldir. O`yin vaqtini cho`zmaslik uchun to`rtinchi
hakamda zahira to`pi bo`lishi lozim.
/To`rtinchi hakam futbolchi zahiradan maydonga tushishidan oldin
o`yinchini tekshirib ko`rish huquqiga ega. Agar futbolchining kiyinishida xatolikni
sezsa buni darhol bosh hakam yordamchisiga ma`lum qiladi. U esa o`z o`rnida
bosh hakamga bu haqda ma`lumot beradi.
/To`rtinchi hakam barcha masalalarda bosh hakamga yordam beradi.
/O`yin tugashi bilan to`rtinchi hakam o`yin haqidagi bayonnomani musobaqa
o`tkazuvchi tashkilotga olib borib beradi. Agar o`yin vaqtida bosh hakam va uning
yordamchilari rasmiy shaxslarning o`zlarini noto`g`ri tutishi va baxtsiz hodisalarni
nazaridan chetda qoldirgan bo`lsa, unda to`rtinchi hakam hakamlar jamoasi bilan
kelishilgan holda bu haqda bayonnomada aks ettirish lozim.
O`yin qoidalari va reglament To`rtinchi hakam tomonidan o`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan
vaqtni e`lon qilish
7 – Qoida: O`yining davomiyligi. Vaqt qo`shib berish.
O`yinning har bir bo`limida quyidagi holatlar uchun vaqt yo`qotilishi tufayli
qo`shimcha vaqt qo`shib beriladi:
/o`yinchi (lar) almashtirish
/o`yinchi jarohati darajasining jiddiyligini baholash,
kuzatib qo`yish (o`yinchiga yordam ko`rsatilishi uchun maydondan
tashqariga chiqarish),
/o`yinni cho`zish,
/boshqa biror sabab
/Vaqtni qo`shish bosh hakam ko`rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
Musobaqalar reglamentida belgilanishicha, o`yin vaqtida stadionlardagi
soatlar ishlashi mumkin, yagona shart shundan iboratki har bir bo`lim, ya`ni 45 va
90 daqiqa tugagach, soatlar to`xtatiladi. Ushbu shart final o`yinlarining qo`shimcha
bo`limlari uchun ham taalluqli. (Ya`ni, soatlar 15 va 30 daqiqa o`tgach,
to`xtatiladi)