Darvozabon tomonidan darvoza yonidan erkin zarba bilan to`pni o`yinga kiritishda Agar darvozabon darvoza yonidan to`pni erkin zarba bilan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegsa (faqat qo`li bilan emas): /Qoida buzilgan, ya`ni darvozabon ikkinchi marta to`pga tegingan nuqtadan
raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
Agar darvozabon darvoza yonidan to`pni erkin zarba bilan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa: /agar o`yin qoidasi o`z jarima maydonchasi tashqarisida sodir etilgan bo`lsa,
o`sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi;
/agar o`yin qoidasi o`z jarima maydonchasi ichida sodir etilgan bo`lsa, o`sha
nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
16 – Qoida shartlarining qolgan istalgan buzilish holatlarida: to`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish qaytadan amalga
oshiriladi.
17-QOIDA: Burchak to`pi To`pni burchakdan o`yinga kiritish o`yinni davom ettirish usullaridan biri
hisoblanadi.
Burchak to`pidan kiritilgan gol albatta hisobga olinadi, agar bu raqib
darvozasiga kiritilsa.
Burchak to`plari quyidagi hollarda belgilanadi: To`p darvoza chizig`idan yerda yoki havoda to`liq kesib o`tgan bo`lsa va bu
to`pga so`nggi bo`lib himoyalanayotgan futbolchi tekkan bo`lsa. Bundan
oldin 10-qoidaga ko`ra to`p darvozaga kirmagan bo`lsa.
Burchak to`pini amalga oshirish tartibi: To`p burchak sektori ichiga bayroqli ustunning atrofida joylashtiriladi.
Hamda darvoza chizig`iga yaqinroq nuqtaga qo`yiladi;
Zarba berayotgan paytda bayroqli ustunga tegish ta`qiqlanadi;
/To`p o`yinga kiritilguncha, raqib jamoa futbolchisi to`pdan 9,15 metrdan
yaqin bo`lmagan masofada turishi lozim;
/Burchak to`pi hujum qilayotgan jamoa a`zosi tomonidan oyoq bilan o`yinga
kiritiladi;
/To`p oyoq bilan joyidan siljishi bilan o`yinga kiritilgan deb hisoblanadi;
Burchak to`pini kiritayotgan o`yinchi birinchi bor to`pga tegishgandan so`ng
kema-ket ikkinchi bor tegina olmaydi, ya`ni to`pga ikkinchi marta uning
jamoadoshi kelib teginadi.
4.24-rasm