Elektron ta’lim resurslari
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. Ziyonet. uz
www. edu. uz
tdpu INTRANET. uz
6.mavzu .BASKETBOL O’YINI BO`YICHA MUSOBAQALAR O`TKAZISH
VA HAKAMLIK QILISH
Reja
O’yin qoidasi va musobaqa tashkil qilish asoslari
Murabbiy va murabbiy yordamchisining stol atrofidagi hakamlar
bilan muloqoti
O’yin qoidaalri
Qoidalarga rioya qilmaslik va jazo
Musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish. Musobaqalarning ahamiyati
Musobaqa nizomi
O’yin qoidasi va musobaqa tashkil qilish asoslari
Basketbol o’yinida har biri besh o’yinchidan iborat ikkita jamoa qatnashadi.
Har ikkala jamoaning maqsadi raqib savatiga to’p tashlash va boshqa jamoaning
to’pni egallab olishiga hamda uni savatga tashlashga qarshilik ko’rsatishdan iborat.
To’pni uzatish, savatga tashlash, dumalatish yoki maydonda istagan tomonga
olib yurish quyida bayon etilgan qonunlarga rioya qilingan sharoitdagina mumkin.
O’yin maydoni to’g’ri to’rtburchak shaklida, yuzasi qattiq, yassi hamda
to’siqlardan holi joy bo’lishi kerak.
Olimpiada turnirlari va Jahon birinchiligi o’yinlari uchun maydon o’lchovlari
uzunligi 28 m x 15 m bo’lishi va ular chegaralangan chiziqning ichki tomonidan
o’lchanishi kerak.
Qolgan barcha musobaqalar uchun FIBAga tegishli strukturalar, masalan,
zonal hamda kontinental musobaqalarda zonal komissiya yoki ichki musobaqalar
uchun Milliy Federatsiya mavjud o’yin maydonlarining quyidagicha o’lchovini
tasdiqlash huquqiga ega: o’zgartirishlar bir-biriga proporsional bo’lish sharti bilan,
4 m uzunligiga va 2 m eniga qisqartirish mumkin.
Barcha yangi qurilayotgan maydonlar FIBAning muhim rasmiy musobaqalari
uchun xos bo’lgan talablarga mos, ya’ni 28 m x 15 m bo’lishi lozim.
Shift balandligi 7 m dan past bo’lmasligi va yetarli darajada yoritilgan
bo’lishi zarur. Yorug’lik manbalari o’yinchilarga xalaqit bermaydigan joylarda
o’rnatilishi shart
O’yin maydoni yaxshi ko’rinadigan chiziqlar bilan belgilangan bo’lishi va bu
chiziqlar istagan nuqtada tomoshabinlar, reklama to’siqlari va boshqa g’ovlardan
kamida 2 m uzoqlikda joylashishi kerak. Maydonning uzun tomonlarini
belgilovchi chiziqlar – yon chiziqlar, qisqa tomonlarini belgilovchi chiziqlar esa –
en chiziqlar deb atalishi lozim. Chiziqlar shunday chizilishi kerakki, ular yaqqol
ko’rinadigan va eni 0,5 sm bo’lishi kerak. Markaziy doira radiusi 1,80 m ga teng
bo’lishi va maydon markazida belgilanishi kerak. Radius doiraning tashqi
chekkasigacha o’lchanishi shart. Markaziy chiziq yon chiziqlariga parallel holda
yon chiziqlari o’rtasidan o’tkazilishi va har ikkala yon chiziqlaridan 15 sm
tashqariga chiqib turishi kerak. Maydonning raqib shchiti orqasidagi en chizig’i va
markaziy chiziqning yaqin chekkasi o’rtasida joylashgan qismi jamoaning old
zonasi hisoblanadi. Maydoning qolgan qismi, shu jumladan, markaziy chiziq ham
jamoaning orqa zonasi hisoblanadi. Polning maydonda ajratilgan va ikkita yoy
hosil qiladigan chiziqlar bilan chegaralangan qismi o’yindan 3 ochkoli to’plarni
tashlash zonalari bo’lib hisoblanadi. Har bir yoy savatning mutloq markaziga
to’g’ri perpendikulyar bo’lgan poldagi nuqtani markaz qilib belgilab turib, tashqi
qirrasigacha 6,75 radiusli yarim doira shaklida chiziladi va parallel holda yon
chiziqlariga davom ettirilib, yon chiziqlarida tugaydi.
Maydonda ajratiladigan yon chiziqlari, jarima to’pini tashlash chiziqlari va
yon chiziqlaridan o’tkaziladigan chiziqlar bilan chegaralangan pol qismi
chegaralangan zonalar hisoblanadi. Ularning tashqi chegaralari yon chiziqlarining
o’rtasidan 3 m uzoqlikda bo’ladi, jarima to’pini tashlash chizig’ining tashqi
chekkasida tugaydi.
Jarima to’pini tashlash joyi – bu o’yin maydonida 1,80 radiusli yarim doira
bilan ajratiladigan chegaralangan zonalardir. Ularning markazlari jarima to’pini
tashlash chizig’i o’rtasida joylashgan. Bunday yarim doiralar chegaralangan
zonalarning ichida nuqtali chiziqlar bilan o’tkaziladi.
Jarima to’pni tashlash zonasi bo’ylab belgilangan joylarni o’yinchilar jarima
to’pi tashlanayotganda egallaydilar. Bunday joylar quyidagicha belgilanadi: jarima
to’pini tashlash zonasi tomonidan chiziqlar bo’ylab o’lchab turib, yon chizig’ining
ichki chekkasidan 1,75 m uzoqlikda birinchi belgilanadi. Birinchi joy 0,85 sm
uzoqlikda o’tkaziladigan chiziq bilan chegaralanadi. Bu chiziq orqasida eni 0,40
sm bo’lgan betaraf xona joylashadi. Ikkinchi joy betaraf zona ketida joylashadi va
eni 0,85 sm bo’ladi. Ikkinchi joyni belgilab turgan chiziqdan keyin eni 0,85 sm
bo’lgan uchinchi joy belgilanadi. Bu joylarni belgilash uchun ishlatiladigan hamma
chiziqlarning uzunligi 10 sm va eni 0,5 sm bo’ladi. Bu chiziqlar jarima
maydonchasining yon chiziqlariga nisbatan perpendikulyar bo’lib, tashqi
tomondan chizilgan bo’lishi kerak.
Jarima to’pini tashlash chizig’i har ikkala yon chizig’iga parallel holda
o’tkaziladi. Uning uzoq chekkasi yon chizig’ining ichki chekkasidan 5,80 m
uzoqlikda turishi va u 3,60 m uzunlikda bo’lishi kerak. Uning o’rtasi esa ikkala
yon chiziqlarning o’rtasini tutashtiruvchi chiziqda bo’lishi lozim.
Jamoa o’rindig’i zonasi maydon tashqarisida, kotib stoli va jamoalar
o’rindiqlari uchun joy ajratilgan tomonda joylanadi. Zona, yon chizig’idan tashqariga chiqib turadigan, uzunligi 2 m bo’lgan chiziq va markaziy chiziqdan
hamda perpendikulyar yon chizig’idan 5 m narida chiziladigan boshqa chiziq bilan
belgilanadi.
m uzunlikdagi chiziqlarning rangi va yon chiziqlari rangiga qarama-qarshi
bo’lishi kerak.
Ikkala shchitning har biri qalinligi 0,3 sm bo’lgan qattiq yog’ochdan yoki
shunga mos oynadek tiniq ashyodan (yog’ochning qattiqligiga o’xshash
qattiqlikdagi bir bo’lakdan) tayyorlanishi lozim.
Olimpiada o’yinlari va jahon Birinchiligi musobaqalari uchun shchit
o’lchovlari gorizontal bo’yicha 1,80 m va vertikal bo’yicha 1,05 m bo’lishi, pastki
qirrasi maydon yuzasidan 2,90 m balandlikda turishi kerak. Qolgan barcha
musobaqalar uchun FIBAga tegishli strukturalar, masalan, zonal va kontinental
musobaqalar o’tkazilganda zonal komissiya yoki barcha ichki musobaqalar uchun
milliy federasiya shchitlarining quyidagicha o’lchovlarini tasdiqlashga haqqilari
bor: shchitlar gorizontal bo’yicha 1,80 m va vertikal bo’yicha 1,20 m bo’lishi,
pastki qirrasi maydon yuzasidan 2,75 m balandlikda turishi mumkin yoki
gorizontal bo’yicha 1,80 m va vertikal bo’yicha 1,05 m bo’lishi, pastki qirrasi
maydon yuzasidan 2,90 m. balandlikda turishi mumkin. Bundan qat’iy nazar,
barcha yangi qurilayotgan shchitlar xuddi Olimpiadalar va jahon Birinchiligi
uchun mo’ljallangandek, gorizontal bo’yicha 1,80 m va vertikal bo’yicha 1,05 m
qilib tayyorlanishi kerak.
Agar shchit yuzi silliq va oynadan tiniq bo’lmagan ashyodan tayyorlangan
bo’lsa, oq rangda bo’lishi shart. Uning sirti quyidagicha belgilanadi: halqa orqasiga
eni 0,5 sm ga teng bo’lgan chiziqlar bilan to’g’ri to’rtburchak chiziladi. To’g’ri
to’rtburchakning tashqi o’lchovlari gorizontaliga 59 sm, vertikaliga 45 sm bo’lishi
kerak. Uning asos chizig’ining yuqori qismi halqa bilan teng turishi kerak.
Shchitlarning chetlari 0,5 sm kenglikdagi chiziqlar bilan belgilanadi. Bu chiziqlar
shchit rangidan yaqqol ajralib turishi lozim. Agar shchit tiniq bo’lsa, u oq chiziqlar
bilan, boshqa hollarda esa, qora bilan hoshiyalanadi. Shchitlarning hoshiyalari va
ularda chizilgan to’g’ri to’rtburchakning ranglari bir xil bo’lishi shart.
Shchitlarni mustahkam qilib, maydonning ikkala chekkasiga yon chiziqlariga
parallel holda, to’g’ri burchak ostida polga o’rnatiladi. Ularning markazlari har biri
yon chiziqlari o’rtasining ichki chekkasidan 1,20 m narida maydondan chiqarilgan
nuqtalarga perpendikulyar ravishda joylashadi. Shchitlarni ushlab turadigan qurilmalar yon chiziqlarining tashqi chekkasidan
kamida 2 m uzoqlikda joylashishi shart va ular o’yinchilarning ko’ziga yaqqol
tashlanadigan darajada ochiq rangga bo’yalgan bo’lishi lozim.
Ikkala shchit yumshoq material bilan quyidagicha qoplangan bo’lishi kerak:
shchitlarning pastki qirrasi va yon tomonlari uchun yumshoq o’ram tagidan kamida
35 sm uzoqlikda tag sirtini va yonlarning ustini qoplaydi. Oldingi va orqa sirtlar
tagidan kamida 0,2 sm uzoqlikda qoplanadi va to’ldirilgan material kamida 0,2 sm
qalinlikda bo’lishi lozim. Shchitning pastki qismi to’ldirilgan material 0,5 sm
qalinlikda bo’lishi kerak.
Qurilmalar yumshoq material bilan quyidagicha qoplanadi: shchitning har
qanday qurilmasi shchit orqasidan va poldan kamida 2,75 m balandlikda,
shchitning sirt yuzasidan 60 sm uzoqlikda, tag yuzasi bo’ylab yumshoq material
bilan qoplangan bo’lishi kerak.
Hamma ko’chma shchitlarning tagi maydon tomonidan sirti bo’ylab 2,15 m
balandlikda yumshoq material bilan o’ralgan bo’lishi lozim.
5.4-rasm. Shchit. Uning o’lchovlari.
Savatlar halqa va to’rlardan iborat. Halqa qattiq metalldan tayyorlanadi, uning
ichki diametri 45 sm ga teng bo’lib, to’q sariq (apelsin) rangga bo’yaladi.
Halqalarning metalli kami bilan 0,17 sm va ko’pi bilan 0,2 sm diametrga ega
bo’lib, pastki qirrasida to’plarni ilish uchun qo’shimcha bir xil kichik ilmoqlar yoki
shunga o’xshash ilgaklari bo’lishi kerak. Halqalar maydonga nisbatan gorizontal
holatda, 3,05 m balandlikda shchitlarga mustahkam o’rnatiladi va shchitning har
ikkala vertikal chekkalaridan bir xil uzoqlikda joylashadi. Halqalar ichki
chekkasining yaqin nuqtasi shchitning yuza qismidan 15 sm uzoqlikda turishi
kerak.
Halqalarga ilinadigan to’rlar oq kanopdan tayyorlanadi, ularning tuzilishi
shunday bo’lishi lozimki, to’p savat orasidan o’tayotgan vaqtda bir lahza ushlanib
qolishi mumkin bo’lsin. To’rlarning uzunligi 40 sm bo’lishi shart.
Savatlar halqa va to’rlardan iborat. Halqa qattiq metalldan tayyorlanadi, uning
ichki diametri 45 sm ga teng bo’lib, to’q sariq (apelsin) rangga bo’yaladi.
Halqalarning metalli kami bilan 0,17 sm va ko’pi bilan 0,2 sm diametrga ega
bo’lib, pastki qirrasida to’plarni ilish uchun qo’shimcha bir xil kichik ilmoqlar yoki
shunga o’xshash ilgaklari bo’lishi kerak. Halqalar maydonga nisbatan gorizontal
holatda, 3,05 m balandlikda shchitlarga mustahkam o’rnatiladi va shchitning har
ikkala vertikal chekkalaridan bir xil uzoqlikda joylashadi. Halqalar ichki
chekkasining yaqin nuqtasi shchitning yuza qismidan 15 sm uzoqlikda turishi
kerak.
Halqalarga ilinadigan to’rlar oq kanopdan tayyorlanadi, ularning tuzilishi
shunday bo’lishi lozimki, to’p savat orasidan o’tayotgan vaqtda bir lahza ushlanib
qolishi mumkin bo’lsin. To’rlarning uzunligi 40 sm bo’lishi shart.
To’p sharsimon shaklda va tasdiqlangan qizg’ish rangda bo’lishi kerak: u sirti
bilan birga charmdan, rezina yoki sun’iy xomashyodan tayyorlanadi; uning
aylanasi uzunligi 749 sm dan kam va 780 sm dan ko’p bo’lmasligi lozim; u kamida
567 g dan kam va 650 g dan ko’p bo’lmagan og’irlikka ega bo’lishi kerak; unga
havo shunday to’ldirilishi kerakki, to’p taxminan 1,80 m balandlikdan (to’pning
pastki qirrasidan o’lchanganda) o’yin maydoniga yoki qattiq yog’och polga
tushgan vaqtida to’pning yuqori qirrasidan o’lchanganda 1,20 m dan kam va 1,40
m dan ortiq bo’lmagan balandlikka ko’tarilishi lozim. To’pning choklari yoki
chuqurliklarining kengligi 0,635 sm dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Basketbol to’pi.
Maydon egasi bo’lgan jamoa yuqorida aytib o’tilgan shartlarga javob
beradigan, kamida bitta avval ishlatilgan to’p bilan ta’minlanishi lozim. Katta
hakam to’pning yaroqliligini aniqlab beruvchi yagona shaxs bo’lib hisoblanadi va
u mehmon jamoa taqdim qilgan to’pni o’yin uchun tanlab olishi mumkin. Quyidagi texnik jihozlar maydon egalari tomonidan tayyorlangan bo’lishi va
hakamlar hamda ularning yordamchilari ixtiyoriga havola qilinishi kerak:
a) O’yin vaqtini belgilovchi soat va tanaffuslarni hisoblaydigan soat; soniya
hisoblovchi, hech bo’lmaganda bitta o’yin vaqtini belgilovchi soat yoki bitta
soniya o’lchagich bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. O’yin bo’limlarini va ular
orasidagi tanaffuslarni hisoblashda ishlatiladigan soat hamda tanaffus vaqtini
belgilashda ishlatiladigan soniya o’lchagich shunday joylashgan bo’lishi kerakki,
ularni ham soniya hisoblovchi, ham kotib aniq va ravshan ko’rib turishlari lozim;
b) 24 soniya qoidasiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun barcha
o’yinchilar va tomoshabinlarga ko’rinadigan tegishli moslama bo’lishi kerak. Uni
24 soniya vaqtini belgilovchi operator boshqaradi v) Xalqaro Basketbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qaydnoma rasmiy
hisoblanib, undagi qoidalarga asosan o’yin boshlanishidan oldin va o’yin
davomida kotib tomonidan to’ldirib boriladi;
g) Juda bo’lmaganda ushbu qoidalarda ko’zda tutilgan uchta signal uchun
moslamalar bo’lishi lozim.
O’yinchilar, tomoshabinlar va kotibga ko’rinadigan qo’shimcha hisob
tablochi bo’lishi kerak;
d) 1-raqamdan 5-raqamgacha bo’lgan ko’rsatkichlar kotib ixtiyorida bo’lishi
zarur. Har safar u yoki bu o’yinchi fol qilganida, kotib o’yinchi nechanchi fol
olganligiga qarab shu raqamli ko’rsatkichni har ikkala murabbiy ko’ra oladigan
darajada yuqoriga ko’taradi. Ko’rsatkichlar oq rangda bo’lishi, raqamlari o’lchov
bo’yicha 2 sm va eniga 1 sm, hamda 1-dan 4-raqamgacha qora rangda, 5-qizil
rangda bo’lishi kerak;
e) Kotib jamoa follarini belgilovchi ikkita ko’rsatkichlar bilan ta’minlangan
bo’lishi shart. Ko’rsatkichlar qizil rangda va shunday tayyorlangan bo’lishi
kerakki, kotib stoli ustida turganida o’yinchilar, murabbiylar va hakamlar yaqqol
ko’rib turishsin;
to’p jamoa o’yinchisi beshinchi fol qilinganidan so’ng o’yinga kirgan vaqtda,
ko’rsatkich kotib stoli ustiga, ya’ni o’yinchisi beshinchi fol qilgan jamoa o’rindig’i
yaqinidagi chekkaga qo’yilishi kerak;
j) Jamoa follarini belgilash uchun ishlatiladigan munosib moslama.
Dostları ilə paylaş: |