portal.guldu.uz-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish
Musobaqa nizomi Musobaqalarni yuqori saviyada o’tkazish ularni tayyorlash darajasi qanday
bo’lganligiga bevosita bog’liqdir. Tayyorgarlik ishlariga hujjatlarni tayyorlash
(ishlab chiqish), musobaqa o’tkaziladigan joylarni tayyorlash, qatnashuvchi
jamoalar bilan ish olib borish va shu kabilar kiradi. Har bir musobaqaga
tayyorgarlik unga nizom tuzish bilan boshlanadi. Nizom musobaqa o’tkazishda
asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi. U yoki bu tashkilot Nizomni oldindan aniq bilishi,
unga o’quv-trenirovka ishlarini to’g’ri rejalashtirishiga yordam beradi. Shuning
uchun Nizomni o’z vaqtida qatnashuvchi tashkilotlarga oldindan yuborishlari o’ta
zarur.
Nizom musobaqani o’tkazuvchi sport tashkiloti tomonidan tuziladi, hamda
quyidagilarni ifodalaydi:
1. Musobaqaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin:
a) o’quv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish;
b) basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlilarni aniqlash;
v) sportchilarning sistemali ravishda trenirovka qilishga va sport
mahoratlarini oshirishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
g) basketbol o’yinini omma o’rtasida keng yoyish va boshqalar.
2. Musobaqalarni o’tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o’tkaziladigan shahar
(baza) ko’rsatiladi va kunlari belgilanadi.
3. Musobaqani boshqarish. Musobaqani tashkil qiluvchilar qaysi
tashkilotligi, rahbarlari, hakamlar hay’ati va ularni tasdiqlovchi tashkilot
ko’rsatiladi;
4. Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Musobaqada
qatnashuvchi jamoalar soni va nomi ko’rsatiladi; talabnoma (zayavka)ga
kiritiladigan qatnashuvchilarning ko’pi bilan qancha bo’lishligi, ya’ni soni, yoshi
va ularni malakasi belgilanadi.
5. Musobaqalarni o’tkazish shartlari. Qur’a tashlash vaqti, joyi va uning
asosiy prinsiplari (tamoyillari) ma’lum qilinadi. Musobaqa qaysi o’yin sistemasi
(aylanma, chiqib ketish, aralash) bo’yicha o’tkazilishi ko’rsatiladi.
6. Norozilik (protest)larni taqdim etish shartlari va ularni ko’rib chiqish
tartibi.
7. Jamoalarni va qatnashuvchilarni mukofotlash. G’olib jamoa va
sovrindorlarni mukofotlash, estaliklar taqdim qilish ko’rsatiladi.
8. Jamoalarni qabul qilib olish. Agar musobaqalar sportchilarning doimiy
turar joylarida o’tkazilmasa, u holda mablag’ ajratuvchi tashkilot, kelish va ketish
muddatlari, joylashtirish hamda ovqatlantirish qanday tashkil etilishi ko’rsatiladi.
9. Talabnoma (zayavka)ni va qayta talabnomani taqdim etish turlari va
vaqti, jamoalar va qatnashuvchilarni rasmiylashtirish (pasport, reyting daftarchasi,
klassifikasiya bileti, talabalik guvohnomasini taqdim qilish) tartibi.