INTIZOMGA ZID HARAKATLAR.
O’yinchi va murabbiylarning tartibsiz xulqi (hakamlikka appelyatsiya qilish, bir-biriga, raqiblarga, muxlislarga qo’pollik qilish) sportchiga xos bo’lmagan qo’pol harakat hisoblanadi.
Sportchiga xos bo’lmagan harakati uchun o’yindan chetlatilgan o’yinchi va murabbiy bevosita keyingi o’yinga qo’yilmaydi.
O’yinni boshqaruvchi hakamlar va bosh hakam tomonidan o’yin maydonidan tashqarida turgan o’yinchilar, murabbiylar va boshqa mas’ul shaxslar, shuningdek, ogohlantiriladi va diskvalifikatsiya qilinadi.
NOROZILIK (PROTEST)
Hakamlarni tayinlash, o’yin jadvali, qoida asosida xakamlar tomonidan qilingan qarorga norozilik (protest) berish mumkin emas.
Norozilik o’yin tugaganidan so’ng bir soat ichida bosh hakamga yozma ravishda berilishi shart (o’yindan so’ng darhol raqiblar jamoasi ogohlantirilib, o’yin bayonnomasiga belgilanib qo’yiladi)
O’YIN IShTIROKChILARINI QAYD ETISh TARTIBI.
O’zbekiston Gandbol Federatsiyasi tekshiruv xay’ati sport texnik xay’ati (STK) talablarini asosida jamoalarning xujjatlarini (jamoadan boshka jamoaga o’tish va xakozo) tekshiradi.
Jamoa vakili chempionat va Kuboklarga qatnashish uchun muhr bilan tasdiqlangan 2 nusxadagi talabnoma, o’yinchilarning jamoa bilan shartnomasini taqdim etishlari lozim.
Hujjatlar nazoratdan o’tgandan so’ng o’yinchiga ushbu jamoa tarkibida musobaqalarga qatnashish xuquqini beruvchi litsenziya beriladi.
O’zbekiston birinchiligida ishtirok etuvchi jamoa vakillari tekshiruv xay’atiga quyidagi xujjatlarni taqdim etishi kerak:
bitiruv sinf o’quvchilari pasporti (pasportsiz musobaqaga qo’yilmaydi)
boshqa o’quvchilarga tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma
viloyat sport qo’mitasi va jismoniy tarbiya tibbiy dispanseri tomonidan tasdiqlangan 2 nusxada talabnoma.
Musobaqalar boshlanishidan bir kun oldin musobaqa mezbonlari jamoasi sport bazasida soat 17:00 da jamoa vakillari bilan yig’ilish o’tkaziladi.
Chempionat, Kuboklar va birinchilikda ishtirok etishni tasdiqlash uchun jamoalar 10 fevral 2004 yilgacha UzGFning qo’yidagi manzilgoxiga yuborilishi lozim:
Toshkent sh. 700059, U.Nosir ko’chasi 81 «A» uy
BO’OZSM №5 O’zbekiston gandbol Federatsiyasi bosh kotibi
Tel: 50-88-46
Musobaqada ishtirok etish uchun talabnoma 10 fevralgacha O’zbekiston gandbol federatsiyasi Prezidiumiga yuboriladi va jamoalar uchun ayrim cheklashlar ko’rsatilib, musobaqaga qatnashishiga ruxsat beriladi.
Musobaqani o’tkazish tizimi qatnashuvchi jamoalar soniga bog’liq bo’lib, jamoa vakillari ishtirokida bosh hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |