O` zbekistonrespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə55/58
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#174392
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
portal.guldu.uz-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish

JAMOA NATIJALARINI ANIQLASh.

Chempionatda jamoaning egallagan o’rni, Kubok va birinchilikda barcha o’yinlarida eng ko’p ochko to’plagan jamoa hisoblanadi.
Jamoaga g’alaba uchun 2 ochko, durang uchun 1 ochko, mag’lubiyat uchun 0 ochko, o’yinga kelmagan jamoaga 0:10 natija qayd etiladi.
Chempionat va birinchilikda ikki va undan ortiq jamoalar to’plagan ochkolari bir xil bo’lsa, uchtunlik quyidagicha aniqlanadi:

  • jamoalar o’rtasidagi uchrashuvlarda ko’p ochko to’plagan jamoa;

  • barcha o’yinlarda ko’p g’alabaga erishgan jamoa;

  • jamoalar o’rtasida o’tkazilgan o’yinda kiritilgan va qo’yib yuborilgan to’plar farqi;

  • barcha o’yinlarda kiritilgan va qo’yib yuborilgan to’plar farqi.

Kubok musobaqalarida ikki jamoa uchrashuvida durang qayd etilsa, g’olibni aniqlash quyidagicha hal etiladi:



  • 2 marta (5 daqiqalik ikki taym) qo’shimcha vaqt beriladi.

  • 7 metrlik jarima to’pi otish (5 tadan) va g’olib aniqlanganicha.

Agar jamoalar o’yinga uzrli sabab bilan kech qolsa yoki kelmay qolsa, u holda qoldirilgan o’yin muddati bosh hakamlar hay’ati qarori bilan belgilanadi.
O’yinga sababsiz kelmagan yoki o’yin vaqti tugamasdan maydonni tark etgan jamoa musobaqadan chetlashtiriladi va uchrashuvda erishgan g’alabalari bekor qilinadi. Jamoaning xulq –atvori O’zbekiston Ganbol Federatsiyasi prezidiumida ko’rib chiqiladi.

  1. MUSOBAQA O’TKAZILISh JOYLARIGA TALABLAR.

O’zbekiston chempionati, Kuboklari va birinchiliklari XGF tomonidan tasdiqlangan xalqaro qoida bo’yicha, mazkur Nizom asosida yopiq inshootlarda o’tkaziladi.

  • maydon yuzasi yog’och yoki sintetika bilan qoplangan bo’lishi shart;

  • beton, asfalt, tabiiy tuproq bilan qoplangan maydonlarda musobaqa o’tkazish man etiladi.

Musobaqani tashkil etuvchi va qabul qiluvchi jamoalar zimmasiga quyidagilar yuklatiladi:

  • ishtirokchi va hakamlarni joylashtirish va ovqatlantirishni tashkil etish;

  • jamoalarga sport zallarida ko’nikma xosil qilish uchun vaqt belgilash;

  • musobaqa o’tkaziladigan va jamoalar turar joylarida xavfsizlikni ta’minlash;

  • jamoa va hakamlarga qaytib ketishlari uchun chiptalar olishga ko’maklashish;

  • ishtirokchi, hakamlar va matbuot xodimlari uchun sport zalidan joy ajratish.

Musobaqa o’tkazilish joylarini qoniqarsiz holda tashkil etgan mezbon jamoasi musobaqa o’tkazish xuquqidan maxrum etiladi.




  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin