MOLIYa ShARTLARI.
Mazkur Nizom 2004 yilda o’tkaziladigan O’zbekiston chempionati, Kuboklari va birinchilik musobaqalariga taklif (vo’zov) vazifasini o’taydi.
O’zbekiston chempionati va Kubok musobaqalarini o’tkazish xarajatlari (sport inshootlaridan foydalanishga ketadigan mablag’, hakamlar uchun to’lov, ovqatlanish, joylashish, yo’l xarajatlari (yo’l xarajatlari, musobaqa xakamlik to’lovlari, jamoa va o’yinchilarni taqdirlash) O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi hisobidan qoplanadi.
O’zbekiston chempionati va Kubok musobaqalarida qatnashish uchun sarf-xarajatlar (yo’l xarajatlari, ovqatlanish, joylashish) musobaqaga qatnashuvchi tashkilot hisobidan qoplanadi.
1986-87 yillarda tug’ilgan o’smirlar (qizlar) orasida O’zbekiston Respublikasi birinchiligi o’tkazish sarf-xarajatlari (sport inshootlar arizasi, ishtirokchilarni joylashtirish va ovqatlantirish, yo’l xarajatlari; hakamlarni joylashtirish, ovqatlantirish, maosh to’lash, jamoa va o’yinchilarni taqdirlash) O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi mablag’i xisobidan amalga oshiriladi.
Birinchilik musobaqalariga qatnashuvchi jamoalar yo’l xarajatlari, musobaqaga qatnashmokchi bo’lgan tashkilot hisobidan qoplanadi.
1988-89, 1990-91 yilda tug’ilgan o’smirlar (qizlar) orasida O’zR birinchiligini o’tkazish sarf-xarajatlari musobaqaga qatnashuvchi va musobaqani o’tkazuvchi tashkilotlar mablag’i xisobidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston chempionati va Kubok musobaqalariga ishtirok etuvchi barcha jamoalar chempionatning 2-turi boshlangunga qadar federatsiya ishini tashkil etish, shuningdek, chempionatni o’tkazish va o’yinchilar, murabbiylar va xakamlarni rag’batlantirish uchun – O’zGF hisobiga 100.000 (yuz ming) so’m badal to’lashi shart.
TAQDIRLASh
Birinchi o’rinni egallagan jamoaga «O’zbekiston Respublikasi chempioni» unvoni va O’zR Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining 1 darajali diplomi beriladi.
Jamoa o’yinchilari O’zR Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining 1 darajali diplomlari va qimmatbaho mukofotlari bilan mukofotlantiriladilar.
2, 3-o’rin sohiblari tegishli darajali diplomlar bilan taqdirlanadilar.
Eslatma: Oliy ukuv yurtlariga imtiyoz beruvchi musobaqalar hisoboti musobaqalar tugagandan so’ng 3 kun mobaynida Davlat sport qo’mitasiga (OSYu) boshqarmaga topshirilishi shart, o’z vaqtida topshirilmagan xisobotlar qabul qilinmaydi.
O’zRGF Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan chempionat, Kubok va birinchiliklarga kelishilgan «qo’shimchalar», ayrim uzgarishlar kiritilishi mumkin.
Sport o’yinlari bo’yicha ROSMM
OSYu boshqarmasi
O’zR gandbol federatsiyasi
Dostları ilə paylaş: |