Baravarlashtirilgan musobaqalar tayyorgarligi har xil bo’lgan jamoalar
orasida o’tkaziladi. Jamoalarning qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizroq
jamoaga oldindan yoki uchrashuv tamom bo’lgandan so’ng qo’shimcha ochkolar
beriladi.
Klassifikatsiya musobaqalari jamoalarning (o’yinchilarning) tayyorgarligini
aniqlash, sport klassifikasiyasining razryad talablarini bajarish maqsadida
o’tkaziladi.
Saralash musobaqalaritayyorgarligi eng yaxshi jamoalarni (o’yinchilarni)
aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun o’tkaziladi.
Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida ko’zda tutilgan va an’anaviy
hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin.
Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar
orasida do’stlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi.
O’rtoqlik uchrashuvlaribo’lajak musobaqalarga va sport trenirovkasining
ba’zi bir bo’limlari bo’yicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim jamoalar
o’rtasida o’tkaziladi.
Musobaqa o’tkazish tizimlari Musobaqa paytida hamma jamoalarga g’alaba uchun kurashishga bir xil
sharoit yaratib berish va g’oliblarni haqiqiy natijalar asosida aniqlash kerak.
Musobaqalarni o’tkazish tizimlari har xil bo’lishi mumkin. Lekin u yoki bu
tizimlarni tanlashda quyidagi sharoitlarni hisobga olish lozim:
a) musobaqa oldida turgan vazifalarni ;
musobaqa o’tkazish sharoitlarini;
v) qatnashuvchi jamoalarning sonini;
g) o’tkazilayotgan musobaqaning turlarini;
d) qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi va ishlab chiqarishda bandligini;
e) musobaqa o’tkazish joylarining bandligi, soni va hududiy joylashuvini.
Umuman olganda sport o’yinlari musobaqalarini O’tkazish amaliyotida
asosan ikkita (chiqib ketish va aylanma) tizim qo’llaniladi.
Bu ikki tizimning qo’shilishi natijasida uchinchi – aralash tizim paydo
bo’ladi.