Qaror 2. Ogohlantirish yoki maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoidabuzarlikka
yo`l qo`ygan o`yinchi, qoidani qayerda (maydonda yoki maydon tashqarisida) va
kimga nisbatan (raqib o`yinchiga, jamoadoshiga, bosh hakamga, yordamchi
hakamlarga yoki boshqa shaxsga) nisbatan buzganligidan qat`iy nazar, o`yin
Qoidalariga binoan jazolanishi kerak.
Qaror 3. Darvozabon to`pni egallab oldi deb hisoblash uchun, u to`pga qo`lining
istalgan qismi bilan to`pga tegib turgan vaziyatda bo`lishi kerak. Bundan tashqari,
darvozabon o`zi tomon harakatlanayotgan to`pni oyoqlari bilan qisib olgan holatda
ham to`pni darvozabon egallab oldi deb hisoblanadi. Lekin, hakamning fikriga ko`ra, to`p tasodifan darvozabonning qo`llaridan chiqib ketsa, masalan darvoza
tomon yo`naltirilgan zarbani qaytarishda darvozabon to`pni qo`llarida ushlab qola
bilmasa, darvozabon to`pni egallab oldi deb hisoblanmaydi.
Darvozabon to`pni 5-6 sekunddan uzoq vaqt davomida qo`llarida yoki
tanasiga qisgan holda ushlab tursa, o`yin vaqtini cho`zganlikda ayblanadi.
Qaror 4. 12 – Qoidaning ko`rsatmalariga binoan o`yinchi to`pni boshi, ko`kragi,
tizzasi va x.k. orqali o`z darvozaboniga yetkazib berishi mumkin. Biroq,
hakamning fikriga ko`ra, agar o`yinchi o`yin paytida ongli ravishda 12 – Qoidada
belgilab qo`yilgan cheklovlarni oshib o`tishga harakat qilsa, u sport qoidalariga
xilof ravishda harakat qilganlikda ayblanadi. Bunday hollarda o`yinchi sariq
kartochka ko`rsatish orqali ogohlantirilib, raqib jamoa foydasiga o`yin Qoidasi
buzilgan joydan erkin zarba belgilanadi.
Jarima yoki erkin zarbani amalga oshirish vaqtida 12-qoidaga asosan
cheklashlarni aylanib o`tish maqsadida akrobatik harakatlar amalga oshirilsa,
o`yinchi hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirishi va zarba qaytatdan
ijro etilishi lozim.
Yuqorida ko`rsatilgan holatda keyinchalik darvozabonning to`pga tegish
yoki tegmasligi ahamiyat kasb etmaydi. Chunki bunday hollarda o`yin Qoidasini
darvozabon emas, balki o`yinchi buzgan deb topiladi, ya`ni u 12 – Qoidaga rioya
qilmaganlikda ayblanadi.
Qaror 5. To`pni orqadan raqib o`yinchiga jarohat yetkazish xavfi bilan egallab olish
uchun harakat qilish qo`pol qoida buzilishi sifatida jazolanishi kerak.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan 5 – Qarorda, bunday qoida buzilishga yo`l
qo`ygan o`yinchi 12 – Qoidaning 1-bandi, ya`ni «Maydondan chetlatish» bandiga
asosan maydondan chetlatilishi (qizil kartochka) kerakligini anglatadi. 13-QOIDA: Jarima to`pi va erkin zarba