Shuningdek, o`yinchi quyidagi 4 qoidabuzarlik holatidan biriga yo`l qo`ygan holatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi: /to`p uchun kurasha turib, oldin raqib o`yinchisi oyog`iga tegib, keyin to`pga
o`ynasa;_
/raqib o`yinchini qo`llari yoki tanasi bilan ushlab qolsa;
/raqib o`yinchiga qarata tupursa yoki bunga harakat qilsa;
/to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa(darvazabonlar o`z jarima maydonchasi
ichida qo`llari bilan o`ynashlari mumkin)
Jarima to`pi maydonning o`yin qoidasi buzilgan joyidan amalga oshiriladi.
4.19-rasm
11 metrli jarima to`pi Agar o`yinchi, to`p qayerda ekanligidan qat`iy nazar (faqat o`yin holatida
bo`lishi kerak) o`z jarima maydonchasi ichida yuqorida ko`rsatib o`tilgan qoida
buzilishlarning istalgan biriga yo`l qo`ysa, raqib jamoa foydasiga 11-metrlik jarima
to`pi belgilanadi.
Erkin zarba Agar darvozabon o`z jarima maydonchasi ichida turgan holda quyidagi 4 qoida buzilishi hollarining biriga yo`l qo`ysa, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi: /to`pni qo`lidan chiqarib, hali to`pga hech kim teginmasdan turib yana to`pni
qo`liga olsa;
/o`z jamoadoshi tomonidan atayin yetkazib berilgan to`pni qo`llari bilan
tegsa yoki egallab olsa;
/o`z jamoadoshi tomonidan bevosita yon chiziqdan yetkazib berilgan to`pni
qo`llari bilan tegsa yoki egallab olsa;
/o`yinni cho`zishga qaratilgan taktik xatti-harakatlarni amalga oshirsa.
Shuningdek, uchrashuv hakamining fikriga ko`ra, o`yinchi quyidagi qoida buzilishi holatlarining sodir bo`lishida aybdor deb topilsa, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi: raqib o`yinchisiga nisbatan xavfli o`ynasa;
/raqib o`yinchisining harakatlanishiga xalaqit qilsa;
/raqib jamoa darvozabonining to`pni qo`li bilan o`yinga kiritishiga xalaqit
qilsa;
/12-qoidada ko`rsatib o`tilmagan boshqa qoida buzilish holatlari qayd
etilganda, uchrashuv hakami o`yinchini ogohlantirish (sariq kartochka) yoki
o`yindan chetlashtirish (qizil kartochka) maqsadida o`yinni to`xtatsa.