O` zbekistonrespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


Boshlang`ich zarbani amalga oshirish tartibi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə21/58
tarix13.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#174392
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
portal.guldu.uz-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish

Boshlang`ich zarbani amalga oshirish tartibi:
/Ikkala jamoa ham o`zlarining yarim maydonida turishlari shart,
/Boshlang`ich zarbani amalga oshirmayotgan jamoa o`yinchilari
boshlang`ich zarba amalga oshmaguncha to`pdan 9,15 m radius masofada
uzoqlikda turishlari shart,
/To`p maydon markazida harakatsiz holda turishi kerak,
/Boshlang`ich zarba hakamning xushtagidan so`ng o`yinga kiritiladi,
/Oyoq bilan to`pga zarba berilgandan so`ng to`p joyidan surilsa, to`p o`yinga
kiritilgan deb hisoblanadi,
/Boshlang`ich zarbani bergan o`yinchi to`pga boshqa jamoadoshi kelib
tegmaguncha yana zarba berishi mumkin emas.
/To`p darvozaga kiritilgandan so`ng, to`p o`tkazib yuborgan jamoa
boshlang`ich zarbani amalga oshiradi.
Qoida buzarliklar, jarimalar
Agarda boshlang`ich zarbani bergan o`yinchi to`pga boshqa jamoadoshi
kelib tekkunga qadar yana zarba bersa, unda:
/O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali qoida (ikkinchi zarba
berilgan) buzilgan joydan davom ettiriladi.
Bundan boshqa barcha vaziyatlarda, boshlang`ich zarba qayta tepiladi:
Boshlang`ich zarba qaytariladi.
“Bahsli to`p”
157
“O`yin qoidalari”da ko`rsatilmagan hollar qoida buzilsa va uchrashuv
vaqtinchalik to`xtatilsa, uchrashuvni “bahsli to`p” orqali davom ettirish kerak.
“Bahsli to`p” quyidagicha amalga oshiriladi:
Bosh hakam to`p tashab bergan uchrashuv to`xtatilgan joydan «bahsli to`p»ni
amalga oshiradi.
To`p yerga tegishi bilan o`yin qayta boshlandi deb hisoblanadi.
Qoida buzarliklar, jarimalar
To`p quyidagi hollarda qayta tashlanadi:
/Agar biror jamoa o`yinchisi to`p yerga tushmasdan to`pga teginsa,
/To`p yerga tushgandan so`ng, hech kimga tegmay maydon tashqarisiga
chiqib ketsa.
Eng muhim jihatlar quyidagicha:
Erkin yoki jarima to`pi himoyalanayotgan jamoa foydasiga o`zining jarima
maydoni ichida yuz bersa, o`yinni jarima maydonining xohlagan nuqtasidan
davom ettirish mumkin.
Agar erkin to`p hujum qilayotgan jamoaning foydasiga raqib darvozasi
maydoni ichida ro`y bersa, o`yinni qoida buzilgan joyga eng yaqin darvoza
maydoni chizig`idan o`yinga kiritish zarur.
Agar «bahsli to`p» himoyalanayotgan jamoaning darvoza maydoni ichida
tasodifiy sabab tufayli buzilsa, o`yinni qoida buzilgan joyga eng yaqin darvoza
maydoni chizig`idan to`p qaytatdan tashlanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin