portal.guldu.uz-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish
XALQARO KENGASH QARORI Qaror 1. Hakam (shu bilan birga, vaziyatga qarab hakam yordamchilari yoki
to`rtinchi hakam) quyidagi holatlarda javobgarlikdan soqit qilinadi:
/Jamoa futbolchilari, rasmiy vakillar yoki muxlislar tomonidan olingan har
qanday jarohatlardan;
/Har kimning mulkiga zarar yetishidan;
/Hakam tomonidan o`yin doirasida qabul qilingan har qanday qaror natijasida
xususiy shaxslar, klub, kompaniya, assotsiatsiya yoki boshqa tashkilotlarda
yuzaga kelgan boshqa yo`qotishlardagi javobgarliklardan.
Hakam quyidagi holatlarda javobgar:
/Maydon va unga qo`shimcha asbob – uskunalar borasidagi hakam qarori, ob
– havo sharoiti o`yin o`tkazishga to`sqinlik qilish – qilmasligi;
/Ob – havo sharoitidan kelib chiqib o`yinni bekor qilishda;
/Maydonga qo`shimcha asbob – uskunalarning yaroqsizligi borasidagi hakam
qarori, jumladan, darvoza ustunlari va to`sinlari, burchak bayroqlari
shuningdek, to`plar talabga javob bermasa;
/Muxlislarning maydonga tushib ketganda yoki muxlislar bilan bog`liq
vaziyatlardagi o`yinni to`xtatish yoki to`xtatmaslik borasidagi hakam qarori;
/Futbolchi jarohat olgan vaqtda tibbiy yordam ko`rsatish uchun o`yinni
to`xtatish yoki to`xtatmaslik borasidagi hakam qarori;
/Futbolchi jarohat olgan vaqtda tibbiy yordam ko`rsatish uchun uni
maydondan tashqariga olib chiqish yoki chiqmasligi borasidagi hakam
qarori;
/Futbolchining o`zida yoki libosida ba`zi predmetlarni osishga ruxsat berish
yoki ruxsat bermaslik borasidagi hakam qarori;
/Ba`zi shaxslarni, jumladan, jamoa rahbarlarini, maydon ishchilarini,
qo`riqlash xizmati xodimlarini, fotomuxbirlarni yoki boshqa Ommaviy
axborot vositalari vakillarini maydonning yaqiniga yo`latish yoki
yo`latmaslik borasidagi hakam qarori;
/Qolgan barcha qarorlarda, ya`ni futbol qoidalariga yoki o`zining vazifasi
doirasi asosida, FIFA nizomlariga, qit`a konfederatsiya, milliy
assotsiatsiyalar va proffesional liga reglamentlariga asosan qabul qilingan
qarorlarda hakam javobgardir.
Qaror 2. Agar musobaqa yoki turnirning har bir o`yiniga to`rtinchi hakam tayinlansa,
unda uning huquq va majburiyatlari Xalqaro kengash tomonidan tasdiqlangan
instruksiyaga mos kelishi lozim.