O`yinchi almashtirish holati O`yinchi almashtirish uchun quyidagilarni bajarish zarur: Bosh hakamni o`yinchi almashtirilishi to`g`risida ogohlantirish zarur,
/ Zaxiradagi o`yinchi maydonga bosh hakam ruxsati va almashayotgan
o`yinchi maydonni tark etgandagina tushishi mumkin,
/Zahiradagi o`yinchi maydonga tushgandan so`ng almashtirish haqiqiy deb
hisoblanadi,
/Shu vaqtdan boshlab zahira o`yinchisi asosiy tarkib o`yinchisi hisoblanadi,
almashtirilgan o`yinchi esa asosiy tarkib o`yinchisi hisoblanmaydi,
/Almashtirilgan o`yinchi ushbu o`yinda boshqa qatnasha olmaydi,
Hakam zahiradagi barcha o`yinchilarga (maydonga tushgan
tushmaganligining ahamiyati yo`q) bir vaqtning o`zida ogohlantirish ko`rsatishi
huquqiga ega.
Darvozabonni almashtirish Maydondagi har qaysi o`yinchi darvozabon bilan vazifalarini almashishi mumkin, qachonki: /Uchrashuv bosh hakami oldindan ogohlantirilgan bo`lsa,
/Darvozabonni almashtirish faqat o`yin to`xtatilganda yuz berishi mumkin.
Qoida buzarliklar, jarimalar Zaxiradagi o`yinchi hakamning ruxsatisiz maydonga tushsa, unda:
/O`yinni to`xtatish zarur,
/Bosh hakam qoidabuzarni sariq kartochka bilan ogohlantirib, o`yinchidan
maydonni tark etishni talab qiladi.
/O`yin to`xtatilgan joydan «baxsli to`p» orqali davom ettirilishi zarur
Agar maydondagi o`yinchi bosh hakamni ogohlantirmasdan darvozabon bilan almashsa, unda: /Uchrashuvni to`xtatish zarur emas,
/To`p maydonni tark etgandan so`ng qoidani buzgan o`yinchini sariq
kartochka bilan ogohlantirish kerak.
Boshqa barcha 3 – qoida buzilgan hollarda: /Qoidani buzgan o`yinchi sariq kartochka bilan ogohlantirilishi zarur.
O`yinni davom ettirish Agar o`yinni bosh hakam faqat asosiy tarkib o`yinchisini ogohlantirish
uchun to`xtangan bo`lsa, unda:
/O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali uchrashuv to`xtatilgan
joydan davom ettiriladi.