Futbol qoidalariga eslatmalar O’smirlar jamoasi (16 yoshgacha bo’lgan o’yinchilar), ayollar jamoasi va
faxriylar jamoalari (35 yoshdan kata bo’lgan o’yinchilar) ishtirokidagi o’yinlarda
futbol qoidalariga quyida keltirilgan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin:
.futbol maydoni hajmiga;
to’p og’irligi va materialiga;
darvoza balandligi va kengligiga;
/o’yin vaqtiga;
o’yinchi almashtirish soniga.
Qolgan o’zgartirishlar faqatgina Xalqaro Kengash roziligi bilan amalga
oshiriladi.
Erkaklar va ayollar
Futbol qoidalari matnida keltirilgan tushuntirishlar va aniqlashtirishlar
hakamlar borasidagi shuningdek o’yinchilar va jamoa rahbarlar borasida masalalar
erkaklarga tegishli bo’laganidek shu o’rinda ayollarga ham tegishlidir.
Futbol o`yin qoidalari Bizgacha yetib kelgan dastlabki qoidalar 1863-yil 26-oktyabr Londonda
Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o`yinning 13 moddadan
iborat bo`lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan keyinchalik bu qoidalar boshqa
barcha milliy uyushmalar uchun futbol o`yinining asosi bo`lib qoldi. 1863-yili,
8-dekabrda bu qoidalar e`lon qilingan. Ular quyidagilardir:
Maydonning bo`yi 200 yard (183m)dan, eni 100 yard (91,5m)dan
oshmaydi. Maydonning burchaklariga bayroqchalar o`rnatiladi. Ustiga to`sin
yotqizilmagan darvoza 8 yard (7,32m) oraliqda o`rnatilgan bo`lib, ikkita ustundan
iborat.
2. Kim qay tomondan o`ynashi qur`a tashlab hal qilinadi. Qur`ada
yutqazgan jamoada maydon markaziga qo`yilgan to`pni tepib, o`yinni boshlab
beradi. Ikkinchi jamoa o`yinchilari to`p tepilgunga qadar unga 10 yard (9,1m)dan
yaqin kela olmaydilar.
3. Darvozaga to`p urilgandan keyin, jamoalar tomonlarini almashtiradilar.
4. To`p qo`lda uloqtirmay, qo`lda zarba berilmay yoki qo`lda ko`tarib
kirilmay, ikkita ustun oralig`idan o`tsa, darvoza zabt etilgan hisoblanadi.
5. Agar to`p yon chiziqdan tashqariga chiqib ketsa, unda hammadan avval
tega olgan o`yinchi to`pni chiziqni kesib o`tgan joydan, chiziqqa nisbatan to`g`ri
burchak hosil qiladigan yo`nalishda to`pni qo`lda maydonga tashlab beradi. To`pni
yerga tekkan zahoti o`yinga kirgan hisoblanadi.
6. O`yinchi zarba berayotgan paytda uning jamoasining zarba beruvchidan
ko`ra raqib darvozasiga yaqinroq turgan hamma o`yinchilari o`yindan tashqari
holatda hisoblanadi va ular to`pga tega olmaydilar yoki raqiblarga xalaqit bera
olmaydilar.
7. To`p darvoza chizig`idan tashqariga chiqib ketib, chiziqning narigi betida
himoyalanayotgan jamoa o`yinchisi birinchi bo`lib unga tegsa, shu jamoada
darvoza chizig`ining o`yinchi to`pga tekkan joy ro`parasidagi nuqtasidan to`p
tepish huquqini oladi: bordi-yu hujum qilayotgan jamoa o`yinchisi to`pni birinchi
tekkan joy ro`parasidagi nuqtasidan erkin to`p tepish huquqini oladi. Erkin to`p
tepish paytida himoyadagi jamoa to to`p tepilgunga qadar darvoza chizig`idan
tashqarisida turadi.
8. Agar o`yinchi boshqa o`yinchi zarbasidan uchib kelayotgan to`pni
bevosita qo`li bilan ilib olsa, shu holat ro`y bergan joyni belgilab olib, o`sha
joydan erkin zarba berishi mumkin.
9. O`yinchilar to`pni qo`llariga olib yugura olmaydilar.
10.O`yinchilarni chalish va urish man etiladi, shuningdek o`yinchini qo`l
bilan ushlab to`xtatib qolish yoki turtish man etiladi.
11.To`pni qo`l bilan uzatish man etiladi.
12.Maydon ichida to`pga qo`l tekkizish man etiladi.
13.Temir va guttaperchadan qilingan joylari turtib chiqqan poyafzallarda
o`ynash man etiladi.
Ko`rinib turibdiki, 1863-yildagi qoidalar hozirgi qoidalardan anchagina farq
qiladi. Bu hozirgi kungacha futbol qonun-qoidalarini yillar o`tishi bilan
o`zgarganligini ko`rsatadi.