I guruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar III guruh: 9, 10, 11, 12-nomerlar II guruh: 5, 6, 7, 8-nomerlar IV guruh: 13, 14, 15, 16-nomerlar Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda, jahon birinchiligida bo’lgani kabi, har bir guruhga avvalgi jahon birinchiligida katta natijalar ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi.
Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha o’ynaydilar. Kichik guruhlarda o’tkazilgan o’yin natijalariga qarab, har birida 4 tadan jamoa bo’lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada 1-bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan chiqib ketar va ularning o’rni aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o’xshash tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham):
«A» guruh «B» guruh
I guruh 1- o’rin I guruhdagi 2- o’rin
II guruh 2 - o’rin II guruhdagi 1- o’rin
III guruh 1 –o’rin III guruhdagi 2- o’rin
IV guruh 2- o’rin IV guruhdagi 1- o’rin
«A» va «B» guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha bir davra o’yin o’tkazadilar. Finalda birinchi o’rin va chempionlik unvonini olish uchun «A» va «B» guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3-4 o’rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday jadval bo’yicha 16 jamoa bo’lganda, dastlabki to’rt o’rinni aniqlash uchun 38 ta o’yin o’tkazilgan bo’lishi kerak.
Guruhlarda tegishli o’rinlarni egallagan jamoalar o’rtasida o’tkaziladigan shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni aniqlash mumkin.
Musobaqa nizomi
Sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki
jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar klublar bo’yicha hisobga olinganda)
egallaydigan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa
o’tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuzilgan bo’lishi kerak. Bu nizom
Futbol Assotsiyatsiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot
tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa nizomi katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy
tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Nizom o’quvmashg’ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliyuslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan
holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rish
uchun yetarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanishi
va tarqatilishi kerak.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo’l
qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga
putur yetadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi, xolos.
Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:
1. O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.
2. Musobaqani kim o’tkazishi (assotsiyatsiya, tashkiliy komitet va
hokazolar).
3. Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.
4. Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, talabnomaga
kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.
5. Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davralari – bir yoki ikki davrali,
mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).
6. Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya
jamoalarining (natijalar klublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini
aniqlash tartibi.
7. Musobaqalarning alohida shartlari (qanday hollarda o’yinda qo’shimcha
vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki
o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda, g’olibni aniqlash
usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilgandan tashqari nechta o’yinchi almashtirish
mumkinligi va hokazolar).
8. Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli,
o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.
9. Musobaqalarni olib boradigan hakamlar jamoasining nomi.
10. O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni ko’rib chiqish, shuningdek,
o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq
bo’lgan intizom masalalarini qarab chiqish tartibi.
11. O’yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda
stadion va klublar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun
javobgar bo’lishi.
12. Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar.
13. G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning yoki
jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.