Asosiy tarkibdagi va zaxiradagi o`yinchilarni maydondan chetlatish O`yin boshlanishiga qadar chetlatilgan o`yinchi o`rniga uchrashuv
bayonnomasida qayd etilgan zahira o`yinchisi maydonga tushishi mumkin.
Uchrashuv bayonnomasiga kiritilgan zahira o`yinchisi uchrashuv boshida
yoki oxirida maydondan chetlatilsa, uning o`rniga bayonnomaga boshqa zahira
o`yinchisini kiritish mumkin emas.
XALQARO KENGASH QARORI Qaror 1. Agar hakamning nizomiga asosan «7 tadan kam o`yinchi bo`lsa, unda
uchrashuvni boshlash mumkin emas» degan qoidaga amal qilinsa va 3 – qoidaning
qolgan barcha shartlariga amal qilingan holda o`yindagi jamoalar futbolchilarining
minimal sonini milliy assotsiatsiyalar aniqlash huquqiga ega.
Qaror 2. O`yin davomida murabbiy yoki rasmiy shaxslar texnik maydon chegarasidan
chiqmagan holda maydondagi futbolchilarga taktik ko`rsatmalar berishi mumkin.
Izoh: 1870-yili birinchi marta 11 o`yinchi maydonga chiqdi. 1933-yili
birinchi marta 1-11 gacha o`yinchilar raqamda chiqishdi.
4-QOIDA: O`yinchilar kiyimi (ekipirovka) Havfsizlik. O`yinchi kiyimida o`ziga yoki birovga xavf soladigan predmetlarni olishi
yoki taqishi qat`iyan man etiladi (bularga har xil yuvelir buyumlar ham kiradi).
O`yinchining asosiy kiyimi:
//Futbolka yoki ko`ylak 4.5-rasm
//Short (agar shortning ichida ichki kiyim bo`lsa, bu ham shortning rangida
bo`lishi zarur)
Short 4.6-rasm
Getralar 4.7-rasm
Himoya vositalari (щitki)
Qoida buzarliklar, jarimalar Har qanday 4 – qoida buzilganda:
/O`yinni to`xtatish shart emas,
/Bosh hakam qoidani buzgan o`yinchiga kiyimi haqida e`tiroz bildirishi,
/Agar qoidabuzar o`z kiyimini to`g`irlab olmagan bo`lsa, to`p maydonni tark
etganda u o`z kiyimini to`g`irlash uchun maydonni tark etishi zarur,
/Kiyimini to`g`irlab olish uchun maydonni tark etgan o`yinchi faqat bosh
hakam ruxsat bergandan so`nggina maydonga tushishi mumkin,
/Maydonga qaytishdan oldin hakam o`yinchining kiyimini ko`zdan kechirishi
lozim,
/To`p maydondan chiqib ketgan vaqtda kiyimini to`g`irlab olish uchun
maydonni tark etgan o`yinchiga maydonga tushishga ruxsat beriladi.
Agar 4 – qoidalar asosida maydondan chetlatilgan futbolchi bosh hakamning
ruxsatisiz maydonga qaytsa, unda qoidabuzar sariq kartochka bilan ogohlantirilishi
kerak