1-jadval
6-jamoaga taqvim tuzish.
4
|
:
|
3
|
|
6
|
-
|
4
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
-
|
5
|
|
|
5
|
:
|
2
|
|
5
|
:
|
3
|
|
5
|
:
|
4
|
|
1
|
:
|
4
|
|
1
|
:
|
5
|
|
|
1
|
|
6
|
1
|
:
|
2
|
|
1
|
:
|
3
|
|
2
|
:
|
3
|
|
2
|
:
|
4
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
6
|
|
:
|
|
|
|
:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3,
|
6
|
O’yinning taqvim kunlari
1 - kun
|
2-kun
|
3-kun
|
4-kun
|
5-kun
|
1-6
|
6-4
|
2-6
|
6-5
|
3-6
|
2-5
|
5-3
|
3-1
|
1-4
|
4-2
|
3-4
|
1-2
|
4-5
|
2-3
|
5-1
|
Ikkinchi usul: Bu oddiy usul o’yin jarayonida maydon almashtirish hech qanday rol o’ynamaganda, ya’ni musobaqa bir joyda o’tkazilganda qo’llaniladi. Bu usul bevosita taqvim kunlari tartibi bilan tuziladi. Qatnashuvchi jamoalar soniga mos raqamlar (jamoalar soni juft bo’lsa), yuqoridan chap tarafdagi birinchi raqamdan boshlab ikki ustunga yozib chiqiladi. So’ngra ikkinchi raqamdan boshlab, birinchi raqamga qarama-qarshi soat strelkasiga ketma-ket boshqa raqamlar ikkinchi ustunga yoziladi. Keyingi taqvim kunlarda raqamlarni, birinchi raqamni bir joyda, ya’ni oldingi joyda qoldirib soat strelkasiga qarama-qarshi boshqa raqamlar siljitiladi. Agar musobaqaga qatnashadigan jamoalar soni toq bo’lsa, oxirgi juft sonlar o’rniga nol raqami qo’yiladi, qolgan raqamlar esa joy-joyida qoldiriladi. Nol raqami bilan juftlashgan jamoa shu taqvim kuni o’ynamaydi.
2 jadval
Taqvim bo’yicha o’yin kunlarini 7 jamoaga ikkinchi
usul bilan taqsimlash.
1- kun
|
2-kun
|
3-kun
|
4-kun
|
5-kun
|
6-kun
|
7-kun
|
1-0
|
1-3
|
1-4
|
1-5
|
1-6
|
1-7
|
1-0
|
0-3
|
2-4
|
3-5
|
4-6
|
5-7
|
6-0
|
7-2
|
7-4
|
0-5
|
2-6
|
3-7
|
4-0
|
5-2
|
6-3
|
6-5
|
7-6
|
0-7
|
2-0
|
3-2
|
4-3
|
5-4
|
Musobaqani aylanma tizim bo’yicha o’tkazishga ketgan vaqtni aniqlash uchun umumiy o’yinlar hisobini olish kerak. Bu quyidagi formula bilan aniqlanadi.
M K (K-I)
2
M – o’yinlar soni
K – musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni
O’yin jadvalini tuzishda taqvim bo’yicha o’yin kunlari orasidagi vaqtga ahamiyat berish kerak. Agar jamoalar boshqa joyga borib o’ynashi kerak bo’lsa, musobaqa boshlanishidan bir kun oldin kelishadi. Agar musobaqa bir joyda o’tkaziladigan bo’lsa, uchrashuv orasidagi vaqt jamoalarning mashq qilishi va dam olishiga etarli bo’lishi kerak.
O’yindan yutilgandan so’ng chiqib ketish tizimi.
Bu tizim qoida bo’yicha qatnashadigan jamoalar soni ko’p bo’lsa, oz muhlat ichida musobaqani o’tkazish uchun qo’llaniladi.
Yutqazgan jamoalar musobaqani davom ettirmaydi. Musobaqa taqvimining setkasini tuzish uchun musobaqaga qatnashuvchi jamolarning sonini aniqlab, so’ng qura tashlash o’tkaziladi. Qura tashlash o’tkazilgandan so’ng tashgan raqamlar tartib bilan yoziladi. Shunday qilib uchrashadigan jamoalar qura orqali ma’lum bo’ladi. Jamoalar soniga binoan setka tuziladi.
Agar jamoalar soni 2n qandaydir darajasiga teng bo’lsa
2-4 3-8 4-16 5-32
(2 , 2 ),(2 , 2 va hokazo), bunday hollarda hamma jamoalar uchrashuvini birinchi davrada bog’laydilar. Agar qatnashuvchi jamoalar soni 2n darajasiga teng bo’lmasa, u holda ikkinchi davraga qolgan jamoalar soni 2n darajasiga teng bo’lishi kerak.
Demak, jamoalarning bir qismi birinchi kundan, ikkinchi qismi ikkinchi kundan boshlab uchrashadilar. Birinchi kunda uchrashuvchi jamoalar sonini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
K – (P-2m) .2
K-birinchi kundan o’yinga qatnashadigan jamoalar soni
P-musobaqaga qatnashuvchi jamoalar soni
2m - qatnashuvchi jamoalar soniga eng yaqin 2 sonining darajasi. Masalan: o’yinga qatnashuvchi jamoalar soni 11. Shu songa setka tuzish zarurdir. Buning uchun 11-ga eng yaqin 2m darajasi olinadi. Bu son 24 16 bo’ladi. So’ng 16 dan qatnashuvchi jamoalar soni ayiriladi. 16-11 5
Ayirish natijasida qolgan besh - jamoalar soni bo’lib, o’yinning ikkinchi davrasidan musobaqaga qo’shiladi. O’yinning 2-darajasidan qo’shiladigan jamoalar soni toq bo’lsa, setkaning yuqorisiga qaraganda pastga bir jamoani ko’p qo’yamiz.
Yutilgandan so’ng chiqib ketish tizimining yutug’i shundan iborat: musobaqaga qatnashuvchi jamoalar sonining ko’pligiga qaramay qisqa vaqt ichida g’oliblar aniqlanadi.
Ammo bu tizimning muhim kamchiligi - uchrashuvchi jamoalar jufti qura tashlash natijasida aniqlanadi. Bu esa tasodifiy narsa, chunki eng kuchli ikki jamoa qura natijasida bir setkaga tushib qolishi mumkin. Shu ikkala jamoaning biri finalgacha musobaqani davom ettirmay, chiqib ketishi kerak. Buning natijasida finalga kuchsiz jamoa chiqadi.
Bu tizimda, odatda, birinchi uch o’rin aniqlanadi.
o’rin – final g’olibi.
o’rin – finalda mag’lubiyatga uchragan jamoa.
o’rin-yarim finalda mag’lubiyatga uchragan jamoalar uchrashuvi g’olibi.
MUSOBAQA NIZOMI
Sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar klublar bo’yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o’tkazishdan avval musobaqa xaqidagi nizom tuzilgan bo’lishi kerak. Bu nizom gandbol federatsiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa xaqidagi nizom katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Nizom o’quv-mashq ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy-uslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rish uchun etarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqa uni o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putur etkazadi va keraksiz nizolarni keltirib chiqaradi, xolos.
Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:
O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.
Musobaqaning kim tomonidan o’tkazilayotgani (federatsiya, tashkiliy qo’mita va hokazolar).
Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.
Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, zayavkaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.
Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davrali – bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).
Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar klublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi.
Musobaqaning alohida shartlari (qanday hollarda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda g’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilganidan tashqari nechta zahiradagi o’yinchini almashtirish mumkinligi va hokazolar).
Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, formasi, o’yinchilarning talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.
Musobaqalarni olib boradigan hakamlar hay’atining nomi.
O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni qarab chiqish, shuningdek, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini ko’rib chiqish tartibi.
O’yinchilari intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va klublar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi.
Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar.
g’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.
Namuna
Dostları ilə paylaş: |