O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə23/55
tarix13.05.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#113175
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
СТАНДАРТ лотин

Kalit (tayanch) so‘zlar: majburiy talablarni o’rnatish, qo’llash va bajarish

Zamonaviy pedtexnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.


Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini shakllantirish va standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish KONTSEPTSIYASI O’zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni qabul qilinishi bilan (O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami, 2009 y., 17- son, 211-modda) O’zbekiston iqtisodiyoti mahsulot, ishlar, xizmatlarga talablar o’rnatishning xalqaro amaliyotga yaqin bo’lgan mutlaqo yangi tizimiga o’tmoqda. Qonun, majburiy talablarni o’rnatish, qo’llash va bajarish sohasida, shuningdek mahsulot hayotiy stiklining barcha bosqichlarida talablarni ixtiyoriy asosda o’rnatish va qo’llash sohasida huquqiy munosabatlarni o’rnatadi. Qonun qoidalarining amalga oshirilishi xavfsizlik darajasini ma’muriy aralashuvning minimal holatida ta’minlaydi va bozorda xavfli hamda soxtalashtirilgan mahsulot paydo bo’lishining oldini olishga, shuningdek xalqaro savdodagi texnik to’siqlarni kamaytirishga zamin yaratadi. «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risidagi» Qonun orqali O’zbekistonda joriy etilgan texnik jihatdan tartibga solish – tizimli yondashuv, yani - texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini ishlab chiqish va ishlashini ta’minlash yo’li bilan hal qilish mumkin bo’lgan murakkab ilmiy-texnik vazifadir (O’zbekiston Respublikasi «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonunining 6 moddasi). 1. O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini shakllantirish 1.1. Texnik jihatdan tartibga solish tizimining asosiy prinstiplari Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinstiplari O’zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonuniga binoan quyidagilar belgilangan: texnik reglamentlarni qo’llashning majburiyligi, chunki texnik reglament bir turdagi mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga majburiy talablarni o’rnatuvchi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat hisoblanadi; texnik reglamentlarni qo’llashning bir xilligi, ya’ni texnik reglament O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo’llaniladi; texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi. Ta’rif bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: - texnik reglamentlar; - standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlar; - sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari; - shahar qurilish, ekologik normalari va qoidalari; - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar; - texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to’g’risidagi axborotning ochiqligi. «O’zstandart» agentligiga yuridik va jismoniy shaxslarning so’rovlariga ko’ra: - amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to’g’risidagi ma’lumotlarni; - mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomili to’g’risidagi ma’lumotlarni; - respublikaning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi va xalqaro shartnomalardagi ishtiroki to’g’risidagi ma’lumotlarni; - ishlab chiqilayotgan, qabul qilingan texnik reglamentlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbalari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish topshirilgan. 1.2. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tarkibi Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi: -O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari («O’zstandart» agentligi, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi, Davarxitektqurilish qo’mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi); -texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining keltirilgan tarkibi tizimni boshqarish asosidir. Tizimning normativ-huquqiy bazasini qonun hujjatlari, Hukumat qarorlari, texnik reglamentlar, standartlashtirish sohasidagi hujjatlar (xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, milliy standartlar, usuliyatlar, yo’riqnomalar, tavsiyanomalar), qoidalar va normalar (sanitariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya, shahar qurilishi, ekologik va boshqalar), texnik hujjatlar (konstruktorlik, texnologik, loyiha, qurilish, dasturiy, foydalanish, tuzatish) va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa ko’p sonli normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi. Ushbu hujjatlarning barchasi Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi kabi aniq bir yaxlitlikni yaratish maqsadida o’zaro bog’liq bo’lishi va doimiy ravishda aktuallashtirilib borilishi kerak. Shuningdek ekspert kengashlari, ekspert komissiyalari, Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi ham tizimning muhim elementlari bo’lib hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganlardan ham ko’rinib turibdiki, Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini shakllantirishga tizimli yondashish hamda Standartlashtirish davlat tizimini tubdan isloh qilish talab etiladi. II. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini shakllantirish asoslari Har qanday tizim, qator ilmiy-texnik asoslarga tayanadi, bu qoida Davlat tizimiga ham taalluqli. Quyidagilar Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tub negizlari hisoblanadi: huquqiy asoslar; tashkiliy asoslar; atamalar va ta’riflar; tizim elementlarining tasniflanishi; asosiy qoidalar; nazariy asoslar. 2.1. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni tizimning asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi, shu asosda, yani ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak. Inson hayoti va sog’lig’i xavfsizligi, atrof muhit muhofaza qilinishi, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalaridir. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’g’risida», «Veterinariya to’g’risida», «O’simliklar karantini to’g’risida», «Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan ximoya qilish to’g’risida», «Urug’chilik to’g’risida», «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», «Chiqindilar to’g’risida», «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida», «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida», «Fuqarolar sog’lig’ini muhofaza qilish to’g’risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida», «O’rmon to’g’risida», «Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligi to’g’risida», «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida» gi va boshqa o’nlab qonun hujjatlari orqali ta’minlanadi. O’zbekiston Respublikasi mazkur masalalar bo’yicha xalqaro shartnomalar va bitimlarda faol ishtirok etadi. Masalan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida O’zbekiston Evropa ittifoqi, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Xitoy, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar bilan bitimlar imzolagan. Ko’rsatib o’tilgan qonun hujjatlari, xalqaro va ikki tomonlama bitimlar ham texnik jihatdan tartibga solish tizimining huquqiy asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin. 2.2. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tashkiliy asoslari «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan quyidagi qonun osti hujjatlarini tizimning tashkiliy asoslari qatoriga kiritish lozim: a) «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan: - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to’g’risidagi Nizomi; - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risidagi nizomi; -2010-2013 yillar uchun texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi. b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi qarori. v) “O’zstandart” agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari haqidagi nizomini tasdiqlash to’g’risidagi buyrug’i. 2.3 Asosiy atama va ta’riflar “O’zstandart” agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiytadqiqot institutining ish rejasida “Atamalar va ta’riflar” standartini ishlab chiqish ko’zda tutilgan. Atamalar va ta’riflar manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni, atamashunoslikka oid amaldagi xalqaro standartlar va O’zbekiston davlat standartlari. 2.4 Tizim elementlarining tasniflanishi Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot umumdavlat tasniflagichlari tomonidan tasniflanadigan barcha darajadagi standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlar, sanitariyagigienik, veterinar-sanitariya, fitosanitariya, shaharsozlik ekologik normalar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining elementlari bo’lib hisoblanadi. 2.5 Asosiy qoidalar Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi texnik jihatdan tartibga solishga doir quyidagi vazifalarni hal qilish uchun tuziladi: inson hayoti va sog’lig’i, yuridik, jismoniy shaxslar va davlatning mol-mulki, atrof muhit xavfsizligi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash; tovarlar va xizmatlar savdosidagi texnik to’siqlarni bartaraf etish; mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg’ituvchi harakatlarning oldini olish. Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir rioya etilishi majburiy bo’lgan talablarni o’rnatuvchi texnik reglamentlar Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining normativ bazasi bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus texnik reglamentlar qabul qilinadi. Umumiy texnik reglamentlar va maxsus texnik reglamentlar, shuningdek ularga qilingan o’zgartishlar va qo’shimchalar davlat va xo’jalik boshkaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari tomonidan O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasida tasdiqlangan dasturlar bo’yicha ishlab chiqiladi. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturining loyihasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Davarxitektqurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining takliflari bo’yicha “O’zstandart” agentligi tomonidan tuziladi. Umumiy texnik reglamentlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Maxsus texnik reglamentlar «O’zstandart» agentligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Davarxitektqurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tasdiqlanadi. Texnik reglamentlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidaga binoan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli organlar tomonidan tashkil etiladigan ekspert komissiyalarining xulosalariga asosan tasdiqlanadi. Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qaroriga binoan “O’zstandart” agentligi tomonidan shakllantirilishi lozim. 2.6. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining belgilanishi Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi uchun davlat tilidagi TJTSDT abbreviaturasi ko’rinishida qisqartirilgan nom belgilash hamda Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga tarmoqlararo standartlashtirish tizimining 18 tabaqasini berish tavsiya etiladi. 2.7. Texnik jihatdan tartibga solish Davlat tizimining nazariy asoslari. Texnik jihatdan tartibga solishga tizimli yondoshuvning umumiy shartlari O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuniga binoan - texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo’llash va bajarishdan iborat. XXI asr MDH davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish tizimini shakllantirish bo’yicha qonun ijodkorligi bilan etiborga molik. Ushbu tushunchaga rasmiy maqom berish uchun tegishli qonunlar qabul qilingan (misol uchun, Belorussiya, Qozog’iston, Rossiya, O’zbekiston, Ukraina va boshqalarda). “Texnik jihatdan tartibga solish” tushunchasini keng ma’noda sharhlash bu biror-bir ob’ektga talablar o’rnatish bilan belgilanadi. Misol uchun, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarda ushbu tushuncha atrof-muhitni saqlash, fuqarolar xavfsizligi, mahsulotlar texnik muvofiqligini ta’minlash maqsadida standartlarni o’rnatish va ularga rioya etishni nazorat qilish sifatida tushuniladi. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi Tashkiloti doirasida texnik jihatdan tartibga solish - bu davlat tomonidan mahsulotga texnik talablarni o’rnatadigan hujjatlar deb tushuniladi. Talablarni o’rnatish MDH davlatlarida ham texnik jihatdan tartibga solishning eng muhim elementi deb hisoblanadi. ”Standartlashtirish” tushunchasi shubhasiz, texnik jihatdan tartibga solish kabi talablar o’rnatish orqali insonning barcha faoliyat doirasini tartibga solishga yo’naltirilgan. Ko’pgina evropa davlatlari va AQShda “texnik jihatdan tartibga solish” va “texnik reglament” tushunchalari qo’llanilmaydi. Ularda maxsus vakolatli ekspert komissiyasi qarori bo’yicha ixtiyoriy standartlar majburiy tus oladi yoki qonunchilik hujjatlarida ixtiyoriy standartlarga havolalar kiritiladi. Misol uchun Belarus Respublikasida “texnik normalash” tushunchasi qo’llanadi (norma - lotichadan norma – qonunlashtirilgan qoidalar, tan olingan majburiy tartib, tasdiqlangan chora). Shunday qilib, standartlashtirish texnik jihatdan tartibga solishning normativ asoslarini, demakki texnik reglamentlarni yaratadi. 2.7.1. Texnik jihatdan tartibga solish Davlat tizimining normativ-huquqiy va qonunchilik asoslarini yaratish Quyidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan: “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan “O’zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida” gi Qonun loyihasi; “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi Qonun loyihasi; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ekspert komissiyalari to’g’risidagi Nizomi, texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar davlat fondi to’g’risida qarori loyihasi; “O’zstandart” agentligining Ekspert kengashlari haqidagi nizomni tasdiqlash to’g’risidagi buyruq loyihasi; Texnik jihatdan tartibga solish Davlat tizimini shakllantirish Konstepstiyasi va uni amalga oshirish dasturi loyihasi; Texnik jihatdan tartibga solish Davlat tizimining asosiy qoidalari. Ishlab chiqarish lozim: Standartlashtirish bo’yicha asos bo’luvchi barcha normativ hujjatlarga o’zgartirishlar loyihalari. III. O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish asoslari O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni Butunjahon savdo tashkilotining savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuviga muvofiq mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga qo’yiladigan talablarni standartlarda rioya qilinishi ixtiyoriy va texnik reglamentlarda rioya qilinishi majburiy tarzda o’rnatib, ikki toifali tizimga o’tishni nazarda tutadi. O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida”gi Qonuni standartlarga mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulki xavfsizligiga doir majburiy talablar bilan birga quyidagi talablarni ham kiritgan: · texnik va informastion muvofiqlikni ta’minlash; · o’zaro almashinuvchanlik ko’rsatkichlari; · ularni nazorat qilish usullari birligi; · tamg’alash birligi. O’zSDTda standartlashtirishning quyidagi toifalar o’rnatilgan: - davlatlararo standartlashtirish – Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash Kengashi (DSK) hamda standartlashtirish, texnik normalash va sertifikatlashtirish bo’yicha davlatlararo ilmiy-texnika komissiyasida tasdiqlanib, “O’zstandart” agentligi, Davarxitektqurilish qo’mitasi qarorlari (bo’yruqlari) asosida O’zbekiston hududida amalga kiritiladigan davlatlararo standartlar(GOST), davlatlararo standartlashtirish qoidalari (DSQ), davlatlararo standartlashtirish Kengashi tavsiyalari; - davlat standartlashtirishi - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (uzluksiz ta’lim tizimida), Mudofaa vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Davarxitektqurilish, «O’zstandart» agentligi tomonlaridan tasdiqlanadigan O’zbekiston davlat standartlari (O`z DSt); - tarmoq standartlashtirishi – davlat va xo’jalik boshqaruv organlari tasdiqlab beradigan tarmoq standartlari (TSt); - ma’muriy-hududiy standartlashtirish – hokimiyat (mahalliy boshqaruv organlari) yoki ular topshirig’i bo’yicha vakolatli hududiy tashkilotlar tasdiqlab beradigan ma’muriyhududiy standartlar (MHSt); - tashkilotlarda, korxonalarda standartlashtirish – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (tadbirkorlik sub’ektlari) tomonidan tasdiqlanadigan korxonalar standartlari (KSt); - texnik shartlar (TSh) – tarmoq va tashkilotlar doirasida tasdiqlanadi – aniq standartlashtirish toifasiga tegishli emas, chunki hamma darajadagi standartlarning tarkibiy qismida bo’lishi mumkin; - rahbariy hujjatlar (RH) – standartlashtirishning hamma toifasida tasdiqlangan bo’lishi mumkin va ishlarni o’tkazishning tartib va mazmuni, metodlar (uslublar, usullar)ini belgilaydi, rioya etish uchun majburiy tashkiliy-usuliy xarakterga ega rahbariy ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Rahbariy hujjatlar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga talablar va texnik normalarni o’z ichiga olmaydi; - tavsiyalar (T) – rahbariy hujjatlarga aynan o’xshash, lekin rioya qilish shart emas. Standartlashtirishning barcha toifasida tasdiqlangan bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq (6-modda) mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga o’rnatilgan majburiy talablar hamma normativ hujjatlarda bo’lishi lozim. Shuningdek ushbu talablar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning turlari, bir turdagi mahsulotlar tarkibidagi guruhlar normativ hujjatlarida ham takrorlanadi. Shuni qayd qilish kerakki, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga talablar yagona hujjatda, yani bir turdagi mahsulotlar texnik reglamentida to’planishi bilan birga, O’zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonunida belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlash texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi majburiy talablarining keng spektrini o’ziga qamrab oladi. Ularga texnik reglament tarkibiga kiritiladigan quyidagi talablar tegishli: · atamalarga, o’rov-idishga, tamg’alarga yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish qoidalariga va mahsulotni identifikastiya qilishga doir talablar; · mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo’lgan sinovlar, o’lchovlar qoidalari va usullari. · davlat nazoratini amalga oshirish tartibi; · mahsulotni sinash tartib-taomillari, nazorat qilish, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya xulosasini berish tartibi; · sanitariya, veterinariya va fitosanitariya choralari; · karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va o’simliklarni tashish bilan bog’liq talablar; · namunalar olish usullari va tartib-taomillari, insonning hayoti va sog’lig’iga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari; · mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga maxsus talablar bo’lishi mumkin: - qonun hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning muhofaza qilinishini ta’minlaydigan; - texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda insonning hayoti va sog’lig’iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga, atrof muhitga tahdid soluvchi transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga oid. IV. O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimini (O’z SDT) isloh qilish O’z SDTni quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha isloh qilish mo’ljallanmoqda: standartlashtirishni boshqarish asoslari; xalqaro va mintaqaviy standartlardan keng foydalanish; standartlashtirish toifalari sonini optimallashtirish; mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga standartlardan foydalanish ixtiyoriyligi. 4.1. Standartlashtirishni boshqarish O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuniga binoan xavfsizlik talablarini davlat tomonidan texnik normalash davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyatida ustuvor yo’nalish bo’lib qolgan: mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga umumiy texnik reglamentlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, maxsus texnik reglamentlar esa «O’zstandart» agentligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davarxitektqurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda davlat boshqaruvi organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tasdiqlanadi. Standartlar ixtiyoriy maqomiga o’tishi bilan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni ularning axolining xayoti va salomatligiga, mol mulkiga, atrof muxitga bo’lgan xavfsizlik ko’rsatkichlaridan tashqari barcha talablarni davlat tomonidan texnik normalash zarurati yo’qoladi. Shundan kelib chiqqan holda, O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimini O’zbekiston standartlashtirish milliy tizimi sifatida qayta tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu tizimda ham O’z SDT dek standartlashtirishni boshqarishga tizimli yondashuv saqlanadi. Yangi tizimda O’z SDTda foydalanilgan standartlashtirishning ko’plab toifalari o’rniga faqat to’rtta toifa kiritiladi: xalqaro (mintaqaviy) standartlar; O’zbekiston davlat standartlari; xorijiy davlatlarning milliy standartlari; tashkilot standartlari. Xalqaro tajribani hisobga olgan holda ko’rsatilgan ikkita toifa o’rtasidagi standartlar (tarmoq standartlari, ma’muriy-hududiy standartlar, hamda texnik shartlar mustaqil hujjat sifatida) chiqarib tashlanadi. O`z DSt ISO 9000:2009ga binoan “Tashkilot - mas’uliyati, vakolati va o’zaro munosabatlari taqsimlangan xodimlar guruhi va o’zaro munosabatlarning zarur vositalari. Misol - Kompaniya, korporastiya, firma, korxona, muassasa, xayriya tashkiloti, chakana savdo korxonasi, assostiastiya, shuningdek ularning bo’linmalari yoki ulardan tuzilgan birlashma. Izoh - Tashkilot davlat tasarrufida yoki xususiy bo’lishi mumkin”. Shunday qilib tarmoq standartlari tashkilot standartlariga aylanadi (o’zgaradi). O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish milliy organi saqlanishi lozim. Bu zarurat, chunki standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot ISOning Prosteduralari qoidalariga binoan, faqatgina milliy standartlashtirish organiga ega bo’lgan davlat ISOning to’la huquqli a’zosi bo’lishi mumkin. (Aks holda davlat ISOga muxbir-a’zo bo’ladi). Shuningdek imzolangan xalqaro bitimlarga binoan standartlashtirish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirishni yagona standartlashtirish organi amalga oshirishi mumkin. Standartlashtirish milliy organining asosiy funkstiyalari: · davlat standartlarini tasdiqlash; · savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuvga muvofiq standartlarni ishlab chiqarish, tasdiqlash va foydalanishga nisbatan halol ishlash amaliyoti kodeksini qabul qilish; · davlat standartlarini ishlab chiqish dasturlarini belgilangan tartibda qabul qilish va chop etish; · davlat standartlarini ilmiy-texnik ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish; · O’zSTni milliy iqtisodiyot manfaatiga muvofiqligini ta’minlash; · standartlarni ro’yxatdan o’tkazish; · davlat va xo’jalik boshqaruv organlari bilan standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalarni tashkil etish; · texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini tuzish va yuritish; · xalqaro va davlatlararo standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni qabul qilishda O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini ta’minlash; · standartlashtirish sohasidagi xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish. 4.2. Standartlarni qo’llashning ixtiyoriyligi O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni texnik reglament qabul qilinishi bilan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlardan foydalanish ixtiyoriy tus olishini belgilab berdi (22 modda). Bundan kelib chiqadi-ki, agar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga texnik reglamentlar tasdiqlangan bo’lsa, standartlashtirish bo’yicha yangi ishlab chiqiladigan normativ hujjatlar foydalanish uchun ixtiyoriy bo’ladi. O’z DSt ISO/IEC 2:2007 standartiga muvofiq “standart – konsensus asosida ishlab chiqilgan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan, umumiy va qayta-qayta foydalanish uchun turli faoliyat turlari yoki ularning natijalariga tegishli qoidalar, umumiy prinstiplar yoki tavsifnomalar belgilanadigan va aniq sohada tartibga solishning optimal darajasiga erishishga yo’naltirilgan hujjat”. ISO/IEC tarifi bo’yicha: xizmatlar, jarayonlar, tovarlarga oid har xil faoliyat turlariga tegishli standartlar konsensus asosida ishlab chiqiladi, ixtiyoriy yoki majburiy bo’lishlari mumkin. Butunjahon savdo tashkilotining savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuvi (STT) tarifi bo’yicha standartlar qo’llash uchun ixtiyoriy bo’ladi. Shu bilan birga, qator holatlarda standart talablarini bajarish majburiy bo’ladi: 1. Amaldagi qonunchilik, kontraktlar, shartnomalarda standartlarga rioya qilish bevosita ko’rsatilsa. 2. Agar xo’jalik sub’ekti (tadbirkorlik sub’ekti) mahsulotning malum standart talablariga muvofiqligi to’g’risida rasman e’lon qilgan bo’lsa ushbu standartga rioya qilish majburiy bo’ladi. Umumiy holda standartlar iste’mol xususiyatlari va tavsiflarini o’z ichiga oladi. Ixtiyoriy standartlarga xizmat, jarayon, mahsulotlarning raqobatbardoshligini ko’tarish maqsadida xavfsizlikka qo’yiladigan yuqori darajadagi talablar, (chunki, texnik reglamentlarda xavfsizlikning minimal darajasi belgilanadi); resurslardan oqilona foydalanish talablari; texnik va informastion moslik; o’zaroalmashuvchanlik talablari kiritilishi mumkin. Mahsulotlarning ushbu tavsiflari iste’molchi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Shubhasiz, resurslardan noo’rin foydalanilgan, nomuvofiq bo’lgan yoki o’zaroalmashilmaydigan tovarni sotib olishni istaydigan iste’molchilar kamdan kam topiladi. Asos bo’luvchi tashkiliy-metodik va umumtexnik standartlar foydalanish va rioya qilish uchun majburiy bo’lishi lozim. Standartlarni ishlab chiqish, o’zaro kelishish va tasdiqlash, mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish, standartlarning turi va toifasini aniqlash, xalqaro, davlatlararo, evropa va xorijiy standartlarni qabul qilish, baholash va muvofiqligini tasdiqlash prostedurasi, akkreditlash, yuridik va jismoniy shaxslarni, laboratoriyalarni, xodimlarni attestatlash, tasniflash va kodlash va boshqa qoidalar hamma uchun bir xil bo’lishi kerak. Texnik jihatdan tartibga solish sharoitlarida standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va foydalanishga halol ishlash amaliyoti kodeksi tomonidan jiddiy talablar qo’yiladi (bundan buyon - halol ishlash amaliyoti kodeksi) va ularga majburiy rioya qilinadi. BJST a’zolari davlat yoki nodavlat organlarining halol ishlash amaliyoti kodeksini tan olishi va unga rioya qilishini hamda standartlashtirish organlarining halol ishlash amaliyoti kodeksiga zid harakatlarga yo’l qo’ymasligini taminlaydi. Halol ishlash amaliyoti kodeksining asosiy talablari: - savdoda ortiqcha to’siqlar paydo bo’lishiga olib kelayotgan yoki to’siqlar yaratadigan standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish yoki qo’llashning oldini olish; - standartlarni ishlab chiqish va qabul qilishda konsensusga erishish, xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlar bilan qisman mos kelishlari yoki bir-birini takrorlashiga yo’l qo’ymaslik. Shunday qilib, standartlar ixtiyoriy bo’lishiga qaramasdan, ilmiy-texnik taraqqiyotni olg’a bostiruvchi kuch, milliy mahsulot raqobatbardoshligi va sifatini ta’minlaydigan muhim omil bo’lib qoladi, shuningdek jahon bozoriga O’zbekiston mahsulotlariga yo’l ochib beradi. 4.3. Xalqaro (mintaqaviy) standartlarni qo’llash Xalqaro standartlar iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ilg’or texnik va ishlab chiqarish tajribalarini, ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini, iste’molchilarning keng ommasi va davlat boshqaruv organlarining talablarini o’zida aks ettiradi. Ushbu standartlar dunyodagi ko’pgina davlatlar uchun qoida yoki umumiy prinstiplar hisoblanadi, shuning uchun xalqaro va mintaqaviy standartlarning milliy standartlar sifatida qo’llanishi milliy mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun standartlashtirish tizimini isloh qilishda xalqaro va mintaqaviy standartlarni qo’llash ustuvor yo’nalish bo’lib qolishi lozim. Shu bilan birga, xalqaro standartlarni keng ko’lamda qo’llash qator sabablarga ko’ra anchayin murakab masala hisoblanadi. Bunday sabablarga milliy xavfsizlik talablari, aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulki xavfsizligi, atrof muhit, texnologik, geografik, iqlim bilan bog’liq muammolarni kiritish mumkin. Biroq bu holatlarda ham milliy standart talablarining xalqaro standartlardan farqlanishini kamaytirishga intilish kerak. Bunday konstepstiyani Evropa Ittifoqi Kengashining “Evropada standartlashtirishning roli” to’g’risidagi 1999 yil 28 oktyabrdagi xalqaro standartlarga zid bo’lgan milliy standartlarni, hatto xalqaro standartlar samarasiz bo’lgan yoki qo’yilgan maqsadga mutanosib bo’lmagan hollarda ham bekor qilishga chaqirgan qarori ham yaqqol tasdiqlaydi. Shuni inobatga olish kerakki, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga o’rnatilgan standartlardan tashqari atamalar, o’rov-idish, tamg’alar yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish qoidalariga va mahsulotni identifikastiya qilishga, muvofiqlikni baholash uchun zarur bo’lgan sinovlar, o’lchovlar qoidalari va usullariga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan yuzlab boshqa xalqaro va evropa standartlari qabul qilingan bo’lib, ular texnik reglamentlarni ishlab chiqish uchun normativ baza bo’lib xizmat qilishi kerak.
Kalit (tayanch) so‘zlar:

Sinov-nazorat savollari


Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashning huquqiy asoslari qaysi qonun hujjatlarida belgilab berilgan?


Gigiena sertifikati deganda nimani tushunasiz?
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi qaysi organlar tomonidan amalga oshiraladi?

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin