O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-modda. Texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə20/55
tarix13.05.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#113175
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
СТАНДАРТ лотин

20-modda. Texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi

  • Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy texnik reglamentlar ekspertizadan o‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi.

  • O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi olinganidan keyin umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda yuboradi.

  • Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlar ekspertizadan o‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi.

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari o‘z faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi.

  • Tasdiqlangan umumiy va maxsus texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.

  • Umumiy va maxsus texnik reglamentlarni e’lon qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • 21-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning texnik reglamentlarni ishlab chiqish uchun qo‘llanilishi

  • Oldingi tahrirga qarang.

  • Texnik reglamentlarni ishlab chiqishda mahsulotlar va xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlardan foydalaniladi.

  • (21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

  • Texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning matnlari to‘liq yoki qisman keltiriladi.


  • Yüklə 1,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin