Bo ‘Imadi hargiz fuqaro hamdame,
Tamburatek nokasu noodami.
Boshdin-oyoq qomati talbis erur,
Balki о ‘zi modari iblis erur.
Aytilganlardan ma'lum bo‘ladiki, Ahmadiy munozarasida
hayotda uchraydigan turli guruh odamlar, ulaming xarakter-
xususiyatlari majoziy formada tasvir etilgan, odamlar orasida
uchraydigan kekkayish, manmanlik, xudbinlik singari fe'I-atvorlar
qoralangan.
Yusuf Amiriyning «Bang va chog‘ir orasinda munozarasida»
asari she'riy va nasriy yo‘lda yozilgan.
Mazkur munozaraning boshlanishida hamd, na’t, kitobning
yozilish sabablari beriladi, so‘ng voqea bayon qilinadi: «Bir kun
asxob furqatidin va asbob hasratidin mutafakkir va mutahayyir
oMturur» erdim, ichim bo‘sho‘, nogoh boshimda bog‘ havosi tushti
sayr eta chiqdim. Bog‘ ichra gasht yutub yurur edim sabo bikin
46
dedimki, uchragay manga bir sarv qomat. Nogoh bir necha
muvofiqi hamsuhbatni ko ‘rdumki, bir go‘shada o ‘lturib erdilarkim,
alam ing orasida m uxolif rost emas edi. Ular sharga oyoq (qadah)
tutadilar, biroq u rad etadi,
Endi unga ma'jun (bang) bermoqchi bo ‘ladilar. har biri o ‘zini
maqtaydi, o ‘z sifatlarini ulug‘lovchi dalillar keltiradi.
Y usuf Amiriy chog‘imi yosh kuchga to ‘lgan yigit singari,
bangni esa tarkidunyo qilgan darvish so‘fi qiyofasida tasvirlaydi.
Y usuf Amiriy munozarasi chinakam dunyoviy g ‘oyaIami tarannum
etuvchi, dunyoni sevuvchi, sevgini tarannam qiluvchi asardir. Unda
shoirning tarkidunyochilikka boigan salbiy munosabati yaqqol
k o‘rinib turadi.
Amiriy munozarasi, filologiya fanlari doktori Rustamovning
k o‘rsatishicha,
ozariy
shoir
Fuzuliyning
“Bangi
boda”
munozarasiga katta ta ’sir etgan.
Yaqiniyning o ‘q-yoy orasinda munoza asari ko‘proq prozaik
y o ‘lda yozilgan. Bunda chol qiyofasidadagi yoy bilan yigit
qiyofasidagi o‘q o ‘rtasidagi munozara tasvir etilgan.
M unozara katta hajmli boshqa shakldagi, y a ’ni janrdagi asarlar
tarkibiga ham kirgan. Masalan Nishotiyning “Husn va Dil”
dostonida sozlar va gullar m unozarasi bor.
M unozara janri elementlarini “Xisrav v a Shirin” (Qutb) «Yusuf
va Zulayho» (Durbek) “Lisonut-tayr” (Navoiy) kabi asarlarda
ko ‘ramiz.
Munozaralar yaratish a n ’anasi keyingi davr o ‘zbek adabiyotida
davom etdi. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida ham munozara
elementlari mavjud. Hamza Hakimzoda Niyoziyning “M evalar
munozarasi”
klassik
she’riyatimizda
eng
so’nggi
munozaralardandir.
Bundan tashqari Sulton Jo ‘raning «Tinish belgilar majlisi» asari
yana bir munozaraga misoldir.
Qit’a - arabcha so ‘z b o ‘lib, bo ‘lak, qism, parcha ma'nolarini
anglatadi. X.K.Baranov qit'ani:
1)
parcha (adabiy asar)
2)
kichik she'r
3)
musiqa deb izohlaydi.
47
U adabiy terminologiyada klassik she'riyatning lirik janrlaridan
biridir.
Qit'a arab,
fors-tojik,
turkiy, jumladan
o‘zbek
klassik
she'riyatida, keng tarqalgan janrlardan biridir.
Bu jan r rus va G ‘arbiy Yevropa she’riyatida “fragment” deb
nomlangan she’rlarga o‘xshaydi.
Odatda, qit'a ikki va undan ortiq baytdan iborat bo‘ladi.
(a-b, g-b, v-v) ba'zan esa a-a, b-b, v-v sxemasida qofiyalanadi.
Masalan:
Dostları ilə paylaş: |