13 —
xo'jalik hovlisi;
14 —
tinch dam olish maydonchasi.
Kirish hududi yig'ilishlar o ‘tkaziladigan maydonni o'z ichiga
oladi. Rekreatsiya hududi eng katta hudud hisoblanib, unga faol va
tinch dam olish hududlari kiradi. Faol dam olish hududiga kichik
144
va katta yoshdagi maktab o'quvchilari dam olishi sport hududi
kiradi.
4.5-rasm.
1000 o'rinli maktab hovlisini landshaft tashkil etilishi:
1—
kichik sinf o'quvchilar uchun rckreatsiya; 2—katta sinf
o'quvchilar uchun rekreatsiya; 3—kichik sinf o'quvchilari uchun
o'quv-tajriba joyi; 4 —xo'jalik va tabiiy o'simliklar o'stirish uchun
yer maydoni; 5—xo'jalik zonasi; 6—issiqxona uchastkasi; 7—tinch
dam olish hududi; 8—bog'; 9-ertalabki lineyka maydoni;
10—astronomiya va geografiya maydonchalari; 11—kichik sinf
o'quvchilari o'ynashlari uchun maydonchalar; 12—kichik sinf
o'quvchilari uchun spoil maydonchalari; 13—maktab stadioni.
Sport hududiga esa: futbol maydoni, kichik va katta yoshdagi
maktab o'quvchilari uchun sport maydonlari to'plami kiradi. Tinch
dam olish hududi dam olish burchaklari mavjud bo'lgan istirohat
bog'chasi ko'rinishida loyihalanadi. O'quv-tajriba hududi o'z ichiga
mevali bog', poliz ekinlari va sabzavotlar uchun, kichik yoshdagi
maktab o'quvchilari uchun tajriba uchastkalari, issiqxonalami oladi.
Xo'jalik hududida omboixonalar, uskunalami olib kelish va
tushirish uchun maydonchalar, asbob-uskunalar saqlash joyi va
axiat yig'ish qurilmalari
uchun maydonchalar va boshqalar
joylashtiriladi.
145
|