Maktab hududi landshaftini tashkil etishda, ayniqsa, tinch dam olish hududini bog'-park san’ati an’analariga rioya etgan holda loyihalash lozim. Kasalxonalar hududlarini ko‘kalarozorlashtirish Kasalxonani ko‘kalamzorlashtirish uning umumiy rejaviy sxemasiga asosan (binolami joylashishi, qurilma, maydonchalar va boshqa uskunalarning joylashishi) va o'simliklar vazifasiga ko'ra aniqlanadi. Kasalxona hududini ko'kalamzorlashtirishning vazifasi quyidagilardan iborat: ochiq havoda davolash ishlarini olib borish, bemorlarning sayr qilishi va dam olishi uchun qulay sanitar- gigienik va mikroiqlimiy sharoitlarni yaratish; davolash blimlarida insolatsiya rejimini yaxshilash, ularni chang va shamoldan himoya qilish; hududni ko'kalamzorlar yordamida turli vazifaga mo'ljallangan qismlarga ajratish; hududni arxitekturaviy bezash. Ko'kalamzorlashtirilgan maydon hududi 70 %dan kam bo'lmasligi kerak, ya’ni bir bemor uchun 50 m2 ko'kalamzor hudud to'g'ri kelishi lozim. Yo'laklar, xiyobon va yo'lakchalar maydoni hududning umumiy maydonining 17 %idan oshmasligi kerak. Prinsipial jihatdan qaraganda kasalxonani ko'kalamzorlashtirish quyidagilami tashkil qilishi mumkin: kasalxona hududi perirnetri bo'yicha zich qilib daraxt va bntalar ekiladi. Har bir davolash bo'limi atrofida bog' tashkil etish, maxsus muolajalar uchun mo'ljallangan maydonchalar va sayr qilishga mo'ljallangan yo'laklar ko'kalamzorlashtirilishi lozim. O'simliklar xillari ko'p turli bo'lishi kerak va doimiy yashil