ajralib turadi. Manzarali (peyzaj) ko'rinishida rejalashga namuna 160
qilib Sank-Peterburg yaqinidagi Pavlovsk parkining rejasini ko‘rish mumkin, unda navlaming uncha katta bo'lmagan turlaridan foydalanib, ajoyib manzaralar yaratilgan. Parkda daraxtlar guruhi, o'rmon massivlari, katta yalanglik, o'tloq, suv havzasi va park inshootlari bo'lgan yakkam-dukkam daraxtlar birgalikda namoyon bo'ladi. Rejalashning aralash ko'rinishiga misol tariqasida Toshkentdagi Telmon nomidagi (hoziigi Bog'i Eram») parkini keltirish mumkin. Parkning markaziy qismida to'g'ri keng xiyobonlar, gulzorlar geometrik shaklga keltirilgan. Parkning chetki qismida, egri yo'laklar, zinapoyalar mavjud bo'lib, qiyaliklar bo'yicha daraxtlar va butalar erkin holda ekilgan. Reja yechimini tanlash asosan tabiiy xususiyatlar bilan belgilanadi. Tekis joylarda ko'pincha landshaft bezatishning muntazam ko'rinishidan foydalaniladi, ayrim hollarda aralash ko'rinishdan foydalaniladi; past- baland yerlarda — manzarali ko'rinish, ba’zan aralash ko'rinishdan (ayrim joylarda-muntazam, qolgan yerlarda-manzarali) foydalaniladi. N oto'g'ri shakldagi suv havzalarining qirg'oqlari bo'ylab, egri-bugri yo'laklami qurish, suv havzasi to'g'ri shaklda bo'lganda esa to'g'ri yo'laklami qurish maqsadga muvofiqdir. Ko'kalamzorlashtirilgan hududda obyektni vujudga keltirishda iqtisodiy jihatdan manzarali rejalashni qo'llash maqsadga muvofiqdir, bunda oldindan mavjud bo'lgan o'simliklar ko'p jihatdan saqlanib qolishi mumkin. Keng yo'llar ommaviy foydalaniladigan obyektlaiga