qiyofasini shakllantirish uchun cheksiz imkoniyatlar ochib beradi. O'simliklar shunday materialki, u ayrim binolami yoki binolar guruhini mikrorayonning yoki dahaning yagona organizmiga yoxud shahar turarjoy ansambliga birlashtiradi. Va nihoyat, park va bog' massivlari, xiyobonlardagi o'simliklar va katta yo'llar yoqasidagi daraxtlar ekilgan ko'kalamzor hudud shahar tumanlarini bir-biri bilan shahar atrofdagi bog'Iar va o'rm on-bog'lar bilan birlashtirib, zamonaviy mukammal shaharni tashkil etadi. O'simliklar suv havzalari bilan birga qo'shilib shahaming butun me’moriy qiyofasini yumshatadi, unga rang-baranglik bag'ishlaydi, «tosh beton» kvartallar degan tushunchani yo'qotadi. Shahaming hajmiy-fazoviy qiyofasini yaratishda ham o'simliklarning ahamiyati kattadir. Aynan kichik va katta massivlar tarzidagi o'simliklar, shuningdek, ko'chalarda va maydonlarda, dahalarda va mikrorayonlardagi chiziqli va guruh-guruh daraxtlar shahaming hajmiy yechimiga har xillik va mazmun baxsh etishi mumkin. O'simliklar faqat estetik emas, balki psixologik ahamiyatga ham ega. Bo'yoqlar boyligi, gullar hidi, barglaming shitirlashi — bularning hammasi o'simliklarning mikroiqlimga va insonga, uning kayfiyatiga'va asab tizimiga ijobiy ta ’siridir. O'simliklar shahar transporti va piyodalarning harakatini tartibga solish, ajratish chiziqlarini o'm atish, «xavfsizlik orolchalarini» qurish va h.k. rejalash tadbirlarida keng foydalanishi 159
mumkin. 0 ‘simliklar eski binolami va shahaming boshqa diqqatga