M arkaziy tarmoq silsilasi — shaham ing yirik aholi turarjoy maskanlarini,
sanoat tumanlarini va maishiy xo'jalik hududlariga xizmat qiladi.
Tarqatuvchi tarmoqlar — aholi turarjoy maskanlariga xizmat qilishga
32
mo'ljallangan bo‘Iib, shahar ko'chalarining asosiy elementlarini
tashkil qiladi.
T a ’minlovchi tarmoqiar — aholi turarjoy hududlarida
joylashgan bo'lib, shahar istirohat bog'lari va xiyobonlarining asosiy
elementlarini tashkil qiladi.
Shahar hududida bosim ostidagi yoki o'z oqimi bilan faoliyat
ko'rsatuvchi oqova suv tarmoqlari xizmat ko'rsatadi.
O'z oqimiga bo'ysinib faoliyat ko'rsatadigan tarmoqiar — oqova suv tarmoqlari
nomi bilan ataladi. Yer osti suvlari sathini pasaytiruvchi va sizot
suvlami o'ziga yig'ib olishga xizmat qiladigan quvurlar
drenaj quvurlari deb nomlanadi. Ayrim hollarda shahar hududida
imkoniyat topilmay qolganda, ya’ni yer osti sizot suvlari sathini
majburiy pasaytirishda va hududlarda hosil bo'lgan ko'lmak suvlari
shahar tashqarisiga olib chiqib ketish maqsadida ushbu quvurlar
silsilasining bosim ostida ishlaydigan maxsus turkumidan ham
foydalaniladi. Quvurlar yerga ko'milish holati bo'yicha chuqur yoki
sayoz ko'milgan ikki xilda bo'ladi.
Chuqur ko'milgan quvurlar turkumiga yeming nol darajasidan past, ya’ni muzlash qatlamidan
chuqurlikda joylashgan quvurlar tushuniladi. Bunday quvurlatga
ichimlik suv quvurlari, oqova suv quvurlari va boshqalar kiradi.
Sayoz ko ‘miladigan quvurlar turkumiga lozim topilganda muzlash
qatlamida ham ko'miladigan issiqlik tarm og'i quvurlari va kabel
silsilasi kiradi. Quvurlar, kanallar va kabellaming asosiy qismi
shahar ko'chasi maydonlari tagida joylashgan bo'lib, murakkab yer
osti injenerlik fazosini tashkil etadi. Shu sababdan ayrim turdagi
quvurlar shahar ko'chasining mashina qatnovi qismi tagida ham
joylashtiriladi.
Shahaming iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uning kengayib
borishiga va qayta-qayta ta ’mirlanishiga sababchi bo'lganligi tufayli
yer osti injenerlik tarm oqiar quw atini ham oshib borishini talab
qiladi. Natijada shahar ko'chalari yuqoridagi talablarni ta’minlash
maqsadida qayta-qayta kovlanib, unda yangi injenerlik tarmoqlarini
o'm atish ehtiyoji tuiladi. Yana bir katta m uam mo-bu injenerlik
tarmoqlarining turli talofotlari va muddati tugashi natijasida yana
shahar ko'chalarida ta ’mirlash ishlarini olib borishi shahar maishiy
xo'jaligi va obodonlashtirish silsilasida katta o'zgarishlarni keltirib
chiqaradi.
2.2. Shaharning injenerlik ta’minoti
Shahaming injenerlik ta ’minotini ichimlik suv tarm og'i, oqova
suv tarmog'i, issiq suv tarm og'i, elektr kabellari tarmog'i, gaz
33
tarm og'i va issiqlik ta’minoti tarmoqlari silsilasi tashkil qilib, ular
shaham ing doimiy faoliyat ko'rsatishiga va rivojlanishiga xizmat
ko'rsatuvchi asosiy elem entlam i tashkil etadi.