tayyorlash, umumiy injenerlik tarmog'ini yaratish mumkin. Sanoat — turarjoy chegarasidan himoyalangan tezkor shahar yo'ilari yoki harakati uzluksiz shahar magistrallarini loyihalash mumkin. 3.16. Sanoat zonalarining ko‘cha-yo‘ l tarm oqlari
127
Katta hududga ega bo'lgan (50—60 ga) sanoat tumanlarini ko'chalar, yo'llar, kirish yo'ilari tizimlariga bo'lish lozim. Jamoat transportlari qatnaydigan shahar magistral ko'chalarini sanoat zonasi hududiga bekatlarni qulay ravishda sanoat obyektlari, jamoat binolari, madaniy-maishiy obyektlar oldilarida tashkil qilgan holda kiritish maqsadga muvofiqdir. Sanoat zonasi bilan turarjoylar orasidagi masofalar ishlab chiqarishning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ularning oralari sanitar-himoya zonalari bilan ajratiladi. Sanitar-himoya zonalarning kengligi ham ishlab chiqarish xususiyatiga bog'liq ravishda belgilanadi. Sanoat rnmani tarkibiga quyidagilar kiradi: — ishlab chiqarish jarayonlarini, injenerlik va xo'jalik xizmatlarini qamragan sanoat korxonalari; — ichki va tashqi transport aloqalarini ta’minlovchi ko'chalar, yo'llar, ichki yo'laklar; — transport va piyodalar bilan qulay aloqa imkoniyatga ega bo'lgan m a’muriy, injenerlik-texnik va madaniy-maishiy bino va inshootlarga ega jamoat markazlari; — jam oat transportlari bekatlari bilan qulay bog'langan ishlab chiqarish obyektlari oldidagi maydonlar, o'tish joylari; — avtomobillar uchun ajratilgan maydonlar va h.k.